Mavzu: Oʻtkazgich materiallar. Metallarning elektr oʻtkazuvchanligi



Download 9,04 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi9,04 Kb.
#359983
Bog'liq
Maʼruza No 3. Atrabotka


Maʼruza No_3

Mavzu: Oʻtkazgich materiallar. Metallarning elektr oʻtkazuvchanligi

Reja:

1.Oʻtkazgich materiallar



2.Metallarning elektr oʻtkazuvchanligi

Elektr oʻtkazuvchanlik — tashki elektr maydon taʼsirida moddada elektr zaryadlarning koʻchishini ifodalaydigan tushuncha; jismning elektr tokini oʻtkazish xususiyati va bu xususiyatni miqdoran ifodalaydigan fizik kattalik. Elektr tokini oʻtkazadigan jismlarni oʻtkazgichlar deyiladi. Oʻtkazgichlarda doimo erkin zaryad eltuvchilar — elektronlar va ionlar boʻladi (ana shularning tartibli yoʻnalgan harakatlari elektr toki hisoblanadi). Elektr oʻtkazuvchanlik miqdor jihatdan oʻtkazgichdagi elektr maydon kuchlanganligi bir birlik boʻlganda undan oʻtayotgan tok zichligi bilan aniklanadi.

va dielektriklarda elektronlarning zonalarda energetik sathlar boʻyicha joylashishi bir xil, lekin taqiqlangan zonaning kengliligi dielektriklarda kattaroq. Yarimoʻtkazgichlarda elektronlar issiqlik energiyasi hisobiga taqiqlangan zona orqali boʻsh zonaga oʻta oladi.

Temperatura ortishi bilan bunday oʻtishlar ehtimoli ortadi. Oʻtgan elektronlar metallarda oʻtkazuvchanlik elektronlari turgan sharoitga oʻxshash boʻlgan sharoitda boʻladi va oʻtkazuvchanlikda ishtirok etadi. Dielektriklarda bunday natijaga ancha yuqori trada erishish mumkin. Shunday qilib, yarimoʻtkazgichlar va dielektriklarda temperatura koʻtarilgan sari Elektr oʻtkazuvchanlik ortib boradi.



Elektr toki o’tkazgichlari sifatida qattiq jismlar, suyuqliklar va ma’lum sharoitlarda esa gaz ham qo’llanilishi mumkin. Elektr texnikada qo’llaniladigan aksariyat qattiq o’tkazuvchi materiallarga metall va uning qotishmalari kiradi.

Qattiq va suyuq holatdagi metallardan elektr toki o’tish jarayoni elektr maydoni ta’sirida ozod elektronlarning tartibli haroratiga asoslanadi. Shu sababli, metallar elektronli elektr o’tkazgich yoki birinchi darajali elektr o’tkazgich yoki elektrolitlarga kislota, ishqor va tuzli eritmalar kiradi. Mazkur moddalardan tok o’tishi, Faradey qonuniga asosan, elektr zaryadlari bilan birgalikda ionlarning siljishi bilan tushuntiriladi. Tok uzluksiz o’tishi jarayonida bunday elektrolit tarkibi asta-sekin o’zgara boradi va elektrodlarda elektroliz mahsulotlari to’plana boradi. Erigan holatdagi ion kristallari ham ikkinchi darajali o’tkazgichlarga kiradi. Gaz yoki metall bug’i kuchsiz elektr maydonida o’zidan elektr tokini o’tkazmaydi. Agar elektr maydon kuchlanganligi o’zining urilish va fotoionlashish sodir qiladigan keskin qiymatidan o’tsa, gazlar elektronli va ionli elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’ladi. Qattiq o’tkazgich ion panjarali kristall sistema ko’rinishida bo’lib, ichki qismida ozod elektronlar joylashgan deb faraz qilinadi. Odatda, bu elektronlar issiqlik ta’sirida betartib, elektr maydoni ta’sirida esa aniq yo’nalish bo’yicha harakatlanadi. Elektronlar harakat davomida kristall panjara tugunlari bilan to’qnashishi natijasida ajralib chiqadigan energiya o’tkazgichning metall asosiga Joul-Lens qonuni keltirib chiqarilgan, ya’ni metallarda elektr o’tkazuvchanlik va elektr energiya isrofi tushuntirib berilgan. Bundan tashqari, mazkur qonun metallarning elektr va issiqlik o’tkazuvchanliklari orasidagi bog’lanishni ham izohlaydi.
Download 9,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish