“Otamdan qolgan dalalar” romani 1994- yilda Sharq nishriyot-matbaa konsernining bosh taxririyati tomonidan 75000 nusxada chop etilgan. Romanda qayd qilinishicha muallif uni 1986-1991- yillar oralig‘ida yozib tugallagan. Kitobning ilk sahifasidagi bag‘ishlovda muallif tilidan qayd qilingan tubandagi yozuvni o‘qiymiz: “Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zosi – Ozod O‘zbekiston uchun bitdim”. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish irodasi va taklifiga ko‘ra 1992- yil 2- martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot bo‘lgan BMTga qabul qilingan. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, 1991- yil roman qo‘lyozmasining yozib tugallangan sanasini anglatadi. Romanning umumiy hajmi 263 sahifadan iborat. U o‘nta bob va 273 ta turli hajmdagi fasllardan tarkib topgan. Shuningdek, asarga “Men” sarlavhasi ostida muallifning hayot va ijod yo‘li haqidagi o‘ziga xos ma’lumotnomasi ham ilova qilingan. - “Otamdan qolgan dalalar” romani 1994- yilda Sharq nishriyot-matbaa konsernining bosh taxririyati tomonidan 75000 nusxada chop etilgan. Romanda qayd qilinishicha muallif uni 1986-1991- yillar oralig‘ida yozib tugallagan. Kitobning ilk sahifasidagi bag‘ishlovda muallif tilidan qayd qilingan tubandagi yozuvni o‘qiymiz: “Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zosi – Ozod O‘zbekiston uchun bitdim”. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish irodasi va taklifiga ko‘ra 1992- yil 2- martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot bo‘lgan BMTga qabul qilingan. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, 1991- yil roman qo‘lyozmasining yozib tugallangan sanasini anglatadi. Romanning umumiy hajmi 263 sahifadan iborat. U o‘nta bob va 273 ta turli hajmdagi fasllardan tarkib topgan. Shuningdek, asarga “Men” sarlavhasi ostida muallifning hayot va ijod yo‘li haqidagi o‘ziga xos ma’lumotnomasi ham ilova qilingan.
- “Otamdan qolgan dalalar” romani uchun Tog‘ay Murod O‘zbekiston Respublikasi Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotini olishga musharraf bo‘ldi. Iste’dodli romannavis Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani ijtimoiy hayotdagi qarama-qarshiliklarni Dehqonqul obrazi orqali haqqoniy ko‘rsatib bergan. Mustamlaka davrida o‘zbek xalqining qiyinchiliklarga, hatto ustma-ust fojialarga duchor qilingani ham moddiy va ma’naviy jihatdan ezilganligini ko‘rsatish “Otamdan qolgan dalalar” romanining asosiy g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi. Asarda xalqimizning 130 yillik tarixi mustamlakachilik siyosati ayovsiz fosh etilgan va keskin qoralangan.
Demak, bu roman mustaqillik sharofati tufayli yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy roman. Asarda hayot haqiqati haqqoniy yoritib berilgan.
Asarning bosh qahramoni Dehqonqul o‘zbek xalqining timsoli sifatida tasvirlangan. Asarda uch avlod vakillari Jaloliddin Ketmon, uning o‘g‘li Aqrab va uning farzandi Dehqonqul obrazi orqali hayotimizning fojiali qirralarini mahorat bilan yoritib bergan. Bolalikdan qullik, zulmga ko‘nikkan, hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilgan Dehqonqul uchun dalalari va paxtasi muhim. Uning uchun dalalarining yaxshi saqlanishi, mo‘l hosil berishigina saodat. Dehqonqul shu tashvishlar bilan band bo‘lib oilasiga, farzandlariga ham e’tibor bermaydi. Markazdan keluvchi mehmonlarga atab bozor qiladi, biroq bolalariga kelganda kambag‘alligiga ko‘nadi.
-
- Siyosatdan yiroq bo‘lgan bo‘lsa-da, asar yakunida “Paxta ishi” sababli qamaladi. Shuncha yil qul bo‘lib yashagan Dehqonqulning ko‘zi shunda ochiladi. Hayotidagi barcha fojialarni ana o‘shanda anglaydi. Dehqonqul obrazi orqali Sovet dehqoni qiyofasi tasvirlangan.
E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!! Foydalanilgan adabiyotlar: - Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. – T.: - Sharq, 2007.2. Mirzayev S. XX asr o‘zbek adabiyoti. – T.: - Yangi asr avlodi. 2005.
- 3. Alimbekov A. Yulduzning besh qirrasi. – T.: Muharrir. 2012.
- 4. A’zam E. Shovqin. – T.: O‘zbekiston. 2011.
- 5. Jo‘raqulov U. Hududsiz jilva. – T.: Fan. 2006.
Do'stlaringiz bilan baham: |