Qishloq xoʻjaligi
[
tahrir
]
Ekin ekiladigan yer kamligi sababli qishloq xoʻjaligi unchalik rivojlanmagan va mamlakatning oziq-
ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat hududining 20% ga ekin ekiladi. Asosan, shahar
axoliyey uchun sabzavot va meva, ziravor, tamaki, kokos palmasi yetishtiriladi. Choʻchqa va parranda
boqiladi. Baliq ovlash va dengiz ovchiligi bilan shugullaniladi. Transport yoʻli uzunligi —83 km,
avtomobil yoʻllari — 3 ming km. Dengiz portlari — Singapur, Jurong. Singapur shahri yaqinida xalqaro
aeroport bor. Tashqi savdosida qayta eksport qilish katta oʻrin olgan. Xorijiy sayyoxdik rivojlangan.
Chetga mashina va asbobuskuna (tashkiliy texnika, teleradioapparatlar), neft mahsulotlari va boshqa
chiqaradi. Chetdan turli xom ashyo, oziq ovqat keltiradi. AQSH, Malayziya, Yaponiya, Oʻzbekiston bilan
savdo qiladi (2002 yilda Oʻzbekiston bilan tovar aylanmasi hajmi 13,6 mln. AQSH dollarini tashkil qildi).
Pul birligi — Singapur dollari. Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy-maʼrifiy muassasalari va madaniyati. S.da
davlatga karashli tibbiy muassasalar bilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. Vrach va farmatsevtlar
universitetning tibbiyot, stomatologiya va farmatsevtika ftlarida tayyorlanadi. 6 yoshdan 14 yoshgacha
boʻlgan bolalarning oʻqishi majburiy. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 i., oʻrta maktabda 6 yil
(3+3). Maktablarning bir qismi davlatga qarashli, qolgan qismi xususiy boʻlib, davlat oʻrta maktablarida
pul toʻlab oʻqiladi. Dare, asosan, ingliz tilida olib boriladi, xitoy, malayya, tamil tillari ham oʻqitiladi.
Turli kasblarni oʻrgatuvchi hunartexnika taʼlimi tizimi mavjud. 1980 yilda Nanyan va Singapur
universitetlari negizida Milliy universitet tashkil etildi. Politexnika instituti, texnika va ped. kollejlari ham
bor. Kutubxonalari: Milliy kutubxona, S. Milliy universiteti kutubxonasi, Texnika kolleji kutubxonasi;
Milliy muzey (1848—49), Badiiy muzey va galereya (1955) mavjud. Ilmiy ishlar oliy oʻquv yurtlari
huzuridagi jamiyatlarda, mintaqaviy ilmiy tadqiqot muassasalarida, Dengiz jonivorlari biol.sini oʻrganish
markazida, Janubi-Sharqiy Osiyoni oʻrganish institutida olib boriladi. Singapur shahrida 19-asrga xos
eklektika inshootlari koʻproq uchraydi. Uning yevropacha qismida zamonaviy meʼmorlik namunalari,
Xitoy dahasida tor koʻchalar va kam qavatli uylar, Malayya dahasida qoziqlar ustiga oʻrnatilgan turar joy
va machitlar bor. S. musiqiy madaniyatida malayyalarnnt anʼanaviy sanʼati (dondang sayeng ashula
uslubi, jotet raqsi va boshqalar) bilan bir qatorda hind va xitoy qushiqraqs uslublari ham urf boʻlgan. 60
yillar oxiridan buyen sanʼat festivallari oʻtkazib kelinadi. Musiqa arboblari orasida — skripkachi va
pedagog Go Sun Te, anʼanaviy musika kompozitorlari Navarro Xoo, Nikolas Sat, Toni Leong va boshqa
bor.
Singapur, siyosatchi va iqtisodchilarning fikricha, fuqarolari uchun yuksak turmush darajasini qisqa davr
ichida yaratib bera olgan jahonning eng muvaffaqiyatli davlati. Xo‘sh, qanday qilib tabiiy boyliklardan
mosuvo bu kichik davlat qisqa fursat ichida «Osiyo yo‘lbarsi»ga aylandi? Ushbu savolga javob topish
uchun bu xalqning yaqin tarixida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga nazar solishga kirishib ketdim.
Oziq-ovqat, uy-joy, salomatlik, ta’lim hamda bo‘sh ish o‘rinlari azaldan inson ehtiyojining bosh omillari
hisoblangan. Singapur 1965-yilda Malayziya tarkibidan ajralib chiqqanida uning aholi jon boshiga to‘g‘ri
keladigan daromadlarining o‘rtacha miqdori 500 AQSh dollarini tashkil qilgan. O‘sha davrda Afrikaning
Gana davlati ham Singapur kabi uchinchi dunyo mamlakati hisoblangan. Bu o‘ta past daraja bo‘lmasa-da,
fuqarolar turmushi to‘kin-sochinlikdan yiroq edi. O‘sha yillarda hukumat tashabbusi bilan oziq-ovqat
dasturlari amalga oshirilgan, jumladan, maktab va bog‘chalarda Singapur bolalariga bepul sut
mahsulotlari ulashilgan.
Kichik va kamsonli aholiga ega, tabiiy boyliklar tugul, tayinli o‘tmishi mavjud bo‘lmagan davlatning
taqdiri, garchi mustaqillikdan so‘ng mavhum ko‘ringan esa-da, mamlakat tezda oyoqqa tura boshlaydi.
Buni jamiyatshunoslar quyidagi omillar bilan bog‘lashadi: qulay geografik joylashuv, halol hukumat (!!!)
hamda xorijiy tadbirkorlar bilan yaqin hamkorlik.
Bunda Singapur Respublikasining birinchi Bosh vaziri Li Kuan Yuning xizmatlari beqiyos. Uning
«Uchinchi dunyo mamlakatidan Birinchisiga!» shiori ostida o‘tkazilgan islohotlarini ko‘p o‘tmasdan har
bir fuqaro his qila boshlaydi.
Bugungi kunga kelib, Singapur davlatining yillik daromadi har bir fuqaroga 55000 AQSh dollarini tashkil
qiladi. Buni iqtisodchilar «iqtisodiy mo‘jiza» deb atashadi. Bugun singapurliklarning 90 foizi shaxsiy uy-
joyiga ega. Daromadi 20 foizdan kam bo‘lgan oilalarning ham 80 foizi shaxsiy uylariga egalik qilishi
ularning yuqori turmush tarzidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |