Midiya inqirozga uchragandan keyin uning xarobalarida Atropaten davlati paydo boMadi. Ehtimol ozarbay jon etnonimi ham mazkur davlat nomidan kelib chiqqandir. III-IV asrlarda Atropaten va Albaniya sosoniylar Eroniga qo‘shiladi. Keyingi asrlarda bu yerga turkiy qabilalar kela boshlaydi. XI-XIII asrlarda yangi turkiy to’lqin, ayniqsa, saljuqiy turklar Ozarbayjonni bosib oladi. O‘sha davrdan boshlab turkiylashtirish jarayoni ancha kuchayadi va oqibatda mo‘g‘ullar istilosidan keyin turk tili hukmronlik qilib, Ozarbayjon xalqining shakllanishi asosan, tu- gaydi. Ba’zi olimlarning Ozarbayjon xalqi mo‘g‘ul istilosi arafasi da shakllangan degan fikrlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |