Kavkaz xalqlarining lingvistik klassifikatsiyasi. - Kavkaz xalqlari lingvistik jihatdan asosan, uch til turkumiga- kavkaz yoki iberokavkaz, hind-yevropa (eroniy) va oltoy (turkiy) tillariga mansub. Shulardan eng yirigi kavkaz til turkumi bo'lib, unga gruzinlar, adigeylar, cherkezlar, chechenlar, kabardinlar, ingushlar, dog'istonlik ozarlar, darg'inlar, lezginlar, laklar, tabasarin va boshqa elatlar kiradi.
- Turkiy tillarda ozarbayjonlar, no'g'aylar, qumiklar, bolqar va qorachoyevlar so'zlashadilar.
- Armanlar esa hind-yevropa til oilasiga mansub o'ziga xos mustaqil tilga ega. Kavkazda oz sonli greklar, ossuriylar va boshqa mayda millatlar ham yashashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |