Mavzu: O‘simliklarning ko‘payishi reja


O'simlik o'sishi uchun boshqa muhim omillar



Download 489,73 Kb.
bet7/7
Sana24.06.2022
Hajmi489,73 Kb.
#701065
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘SIMLIKLARNING KO‘PAYISHI

O'simlik o'sishi uchun boshqa muhim omillar


Sabzavot ekinlarining o'sishi va rivojlanishi uchun tuproqning tabiati ham, uning ozuqa moddalariga to'yinganligi ham muhim ahamiyatga ega. Ammo bu omillar bog'ni rejalashtirishga bevosita ta'sir qilmaydi, shuning uchun ularning ahamiyatini kamaytirmasdan, biz ularni batafsil ko'rib chiqmasdan, faqat ular haqida eslatib o'tamiz.


Oogamiya. Jinsiy ko‘payishning bu shakli oogamiya bo‘lib, grekcha “oog” tuxum, “gomeo”-nikohlanaman degan ma’noni bildiradi. Oogamiyada urg‘ochi gameta yirik va qo‘zg‘almas, erkak gameta esa juda mayda hamda harakatchan bo‘ladi. Urg‘ochi gametaning xivchini bo‘lmaydi, u tuxum hujayra deb ataladi. Spermatozoid yoki sperma deb ataladigan erkak gametaning esa xivchini bo‘ladi. Oogamiya yashil suv o‘tlarida hamda qo‘ng‘ir suv o‘tlaridan fikusda uchraydi. Ko‘pchilik tuban o‘simliklar va barcha yuksak o‘simliklar oogamiya yo‘li bilan ko‘payadi. Urug’li o‘simliklarda erkaklik gametalari harakatchanlik xususiyatini yo’qotgan, shuning uchun ular spermiylar deyiladi.
O‘simliklarda gametaning hosil bo‘ladigan joyi gametangiya deyiladi. Tuban o’simliklarda tuxum hujayra hosil bo’ladigan gametangiy bir hujayrali bo‘lib oogoniy, yuksak o’simliklarda esa ko‘p hujayrali bo‘lib arxegoniy deb ataladi. Erkak gametangiylar har ikkala guruhdagi o’simliklarda ham anteridiy deyiladi.
Agar jinssiz ko‘payishda yangi organizm o‘z irsiy belgilarini bir hujayra (spora) bilan tiklasa, jinsiy ko‘payishda irsiy belgilar ikkita (otalik va onalik) hujayra asosida ifodalaydi. Shuning uchun ham jinsiy hujayralarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan organizm ikkita moslashuvchi nasliy belgilarga ega bo‘ladi. Bunday organizm noqulay sharoitlarga chidamlidir. Bu uning yer yuzining ko‘pchilik hududlariga tarqalishga sabab bo‘lgan.


NASLLARNING NAVBATLASHISHI YOKI GALLANISHI

Yuksak o’simliklar tuban o’simliklardan farqlanib, ularning zigotasi ko’p hujayrali murtakni hosil qiladi. Ayrim o‘simliklar faqat jinssiz, ayrimlar esa jinsiy, lekin uchinchi xil o‘simliklar borki, ular ham jinsiy, ham jinssiz ko‘payadi.


Nasllarning gallanishi organizmning yashash davrida ikki xil nasl paydo bo‘lishi va ikki xil yo‘l bilan ko‘payishidir. Bu ularning biri jinsiy, ikkinchisi esa jinssiz ko‘payishdir. Jinsiy nasl gametofit, jinssiz nasl esa sporafit deb ataladi.
Sporalarning o‘sishidan hosil bo‘lgan nasl - gametofit gaploid (n) xromosomlidir, chunki ular meyoz yo‘li bilan bo‘linib, hujayralar hosil qiladi. Biroq, gametofitda keyingi bo‘ladigan jinsiy jarayonda ikkita jinsiy hujayra - gametaning qo‘shilishi natijasida diploid (2n) xromosomali zigota hosil bo‘ladi (67-rasm).
Zigotaning o‘sishidan hosil bo‘lgan jinssiz nasl - sporofit ham diploidli, lekin ular hosil qilgan sporalar yana gaploidli bo‘ladi. Shunday qilib, o‘simliklarda dastlab jinsiy ko‘payish, keyinroq jinssiz ko‘payish sodir bo‘ladi. Demak, yil davomida ana shunday ikki xil ko‘payishni gallanib (navbatlashib) ko‘payish deyiladi. Gallanib ko‘payishni yo‘sintoifalar, plauntoifalar, qirqbo‘g‘imtoifalar va qirqquloqtoifalarda uchratamiz.



67-rasm. O’rmon qirqqulog’ining (Dryopteris filix mas) taraqqiyot davrlari:
A – umumiy ko’rinishi; B – barg bo’lagining ostidagi soruslarini ko’rinishi; C – sorusning ko’ndalang kesimi; D- sporaning o’sishi; E – ikki jinsli gametofit o’simtaning ostki tamoni; F – arxegoniy; J – anteridiy, chiqayotgan ko’p xivchinli spermatozoidlar; H- yosh o’simlik: 1 – soruslar; 2 – sporangiyalar; 3 – platsenta; 4 – induziy pardasi; 5 – rizoidlar; 6 – arxegoniy; 7 – anteridiy.
Urug‘ yordamida ko‘payish. Urug‘li o‘simliklar sporali o‘simliklardan farqlanib, spora yordamida emas, balki urug‘ yordamida ko‘payadi. Urug‘ sporaga nisbatan bir necha afzalliklarga ega. Sporali o‘simliklarda spora bitta, uncha yaxshi himoyalanmagan hujayradir. U qulay sharoitga tushgandagina o‘sib gametofit rivojlanadi. Urug‘ esa bu ko‘p hujayrali murakkab tuzilishdagi ona o‘simlikda rivojlanadigan ma’lum miqdorda zahira oziq moddalar va qalin po‘stga ega. Urug‘dan murakkab tuzilishdagi yangi o‘simlik, ya’ni sporofit rivojlanadi. Urug‘ning kelib chiqishi o‘simliklar dunyosining evolyutsiyasida muhim davr hisoblanadi. Urug‘ o‘simlik murtagini uzoq vaqtlargacha noqulay sharoitlardan himoya qilish imkonini yaratadi. Urug‘li o‘simliklar gametofit naslning yanada reduksiyalanishi va sporofitni esa murakkablashishi kuzatiladi. Gametofit nasl o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. Endi u tuproqda emas, balki sporofit naslda rivojlanadi. Urug‘lanish jarayoni ham suv muhitiga muhtoj emas. Erkak gametalar harakatchanligini yo‘qotadi va urg‘ochi gametaga chang yo‘li orqali yetib boradi. Urug‘li o‘simliklarni har xil sporali o‘simliklarga kiritiladi. Sporofit naslda meyoz bo‘linish natijasida meyosporalar bilan birga mikro- va megasporalar hosil bo‘ladi. Ammo mikro-megasporalar tashqariga sochilmaydi, aksincha sporangiylar ichida o‘sadi. Shunday qilib, erkak va urg‘ochi gametalarning rivojlanishi mikro-va megasporangiyalar ichida boradi. Urug‘ urug‘kurtakdan kelib chiqadi. Urug‘kurtak shakli o‘zgargan megasporangiydir. Uning ichida esa urg‘ochi gametofit rivojlanadi va urug‘lanish jarayoni sodir bo‘ladi. Keyinchalik zigota va yangi sporofit naslning murtagi shakllanadi. Urug‘lanishdan so‘ng urug‘kurtak urug‘ga, uning tashqi qobiqlari urug‘ yetilgan vaqtda urug‘ po‘stiga aylanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Gofman P. , Kadashnikov. Biologiya bilan umumiy genetika. Toshkent, 1970 y.
2. Yoziyev L. H. Botanika. Qarshi, 2003 y.
3. Maqsudov Z. Yu. Umumiy genetika. Toshkent, 1976 y.
4. Pratov O’. Botanika. 5, 6 sinflar uchun darslik. Toshkent, 2003 y.
5. To’raqulov Yo. H. va boshqalar. Umumiy biologiya. Toshkent, 1996 y.
6. Hamdamov I. H. va boshqalar. Tabiiy fanlar zamonaviy konsepsiyasi. Toshkent, 2007 y.
Download 489,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish