Savol va topshiriqlar
1.Tilning lug'at tarkibi qanday boyib boradi?
2.So'z yasalishi deganda nimani tushunasiz?
3.Temirchi, dutorchi, xizmatchi so'zlarini ma'noli qismlarga bo'lib, bu
So'zlar uchun umumiy bo'lgan qismni toping va ma'nosini tushuntiring.
4.So’z yasash qolipi nima?
5.So’z yasash qolipi qanday aniqlanadi?
6.Affiksatsion usul deb nimaga aytiladi?
7.Kompozitsion usul deb nimaga aytiladi?
-23-
11-DARS. Qo’shimchalar qo’shib so’z yasash jarayonida
yasashga asos qismda ro’y beradigan o’zgarishlar
Reja:
1.So’z yasash jarayonida tovush tushishi
2. So’z yasash jarayonida tovush almashishi
Topshiriq. Yuma la, sayra, qayna so'zlariga -q yoki -qi qo'shimchasi qo'sriilganda asosda qanday tovush o'zgarishi sodir bo'ladi?
Turkiy, jumladan, o'zbek tili morfologik jihatdan agglutinativ tillar qatoriga kiradi. Agglutinativ tillar quyidagi xususiyatlari bilan flektiv tillardan ajralib turadi: 1) nechta grammatik ma'no bo'lsa, ularni ifodalovchi shuncha grammatik shakl qo'llaniladi. Masalan, yoz-ma-say-di-m;
2) grammatik shakllarning chegarasi bir-biridan aniq ajralib turadi;
3) grammatik ma'noning ko'payishi bilan, so'zning grammatik shakllari ham chapdan o'ngga qarab cho'zilib boradi;
4) grammatik qo'shim-chalarning qo'shilishi asos qismning fonetik tuzilishini o'zgartirmaydi.
O'zbek tilida so'z yasalish jarayonida so'z yasash asosiga yasovchi qismning qo'shilishi natijasida asos qismning tovush tarkibida ba'zan o'zgarish ro'y berishining guvohi bo'lamiz. Ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Sust, patf singari so'zlarga -ay yasovchi vositasi qo'shilganda, yasashga asos qismda mavjud bo'lgan oxirgi «t» undoshi tushib qoladi. Masalan, susay, pasay kabi.
2. Qizil, sana kabi ikki bo'g'inli so'zlardan -ar, -ay yasovchi vositalari yordamida yangi so'z yasalganda, yasashga asos qism bo'lgan qismi va sariq ning ikkinchi bo'g'indagi «i» unlisi tushib qoladi. Masalan, qizil+ar — qizar, sariq+ay — sarg'ay kabi.
-24-
3. So'ra, say la, quvna, to'qi, o'qi kabi ikkinchi bo'g'ini «a» bilan tugagan so'zlarga -q,-v yasovchi qo'shimchalari qo'shilganda, yasashga asos qism
oxiridagi «a» unlisi «o» unlisiga, «i» unlisi «u» unlisiga aylanadi. Masalan, so'ra+q — so'roq, sayla+v — saylov, quvna+q — quvnoq, to 'qi+v — to 'quv, о 'qi+v — о 'quv kabi.
4. Oyin, qiyin kabi ikki bo'g'inli so'zlarga -a yasovchi qo'shimchasi qo'shilganda, yasashga asos qismning ikkinchi bo'g'inidagi «i» unlisi tushib qoladi. Masalan, oyin+a — o'yna, qiyin+a — qiyna kabi.
5. Son, yosh, ong kabi so'zlarga fe'l yasovchi -a yoki -la qo'shimchasi qo'shilganda, asos qismda tovush o'zgarishi ro'y beradi: Masalan, sana, yasha angla kabi.
Shu ko'rsatilgan o'zgarishlarning o'ziyoq o'zbek tilida ba'zi hollarda fuziya (fleksiya) elementlari ham mavjud ekanligini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |