Mavzu: O’rta ta’limda olingan bilimlarni takrorlash hozirgi o'zbek adabiy tili ta'limi asoslari


Fonologiya uchun faqat bir tovushni ikkinchi tovushga taqqoslanganda ularni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilarigina



Download 0,56 Mb.
bet10/57
Sana08.01.2022
Hajmi0,56 Mb.
#333400
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57
Bog'liq
Reja Dunyo tillar tizimida o’zbek tilining tutgan o’rni Hozirgi

Fonologiya uchun faqat bir tovushni ikkinchi tovushga taqqoslanganda ularni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilarigina ahamiyatli boiadi.

Bizning bilish faoliyatimizning asosini qiyoslash tashkil etadi. Bilish jarayonimizda yangi bilayotgan narsamizni oidin biigan narsaga qiyoslaymiz, zidlaymiz va ular o'rtasidagi o'xshash va farqli tomonlarni topishga harakat qilamiz. Shu­rling uchun bilish faoliyatida zidlashlarning ahamiyati katta.Faraz qilingki, oldingizda ikkita egizak bola. Ular bir-biriga

-13-

nihoyatda o'xshash. Faqat bittasining chap yuzida kichkina xoli bor. Ana shu xol ikkisini bir-biridan farqlovchi belgi sanaladi. Qolgan belgilari esa har ikkisida bir xil. Bu ikki boladan birining ismi Hasan, ikkinchisiniki esa Husan. Qarangki, ismlarning tovush tarkibi ham bir-biriga naqadar o'xshash. Faqat birinchi bo'g'in unlisi bittasida a, ik-kinchisida u ekanligi bilan farqlanadi. Demak, yuqoridagi ikki so'z birinchi bo'g'indagi unlilar bilan bir-biridan farq qiladi. Qolgan tovushlar esa har ikkisida bir xil. Zidlanayot-gan ikki birlikni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilar farqlovchi belgilar, ulaming har ikkisida takror-lanadigan, ikkisi uchun ham umumiy bo'lgan belgilar birlashtiruvchi belgilar sanaladi.



Masaian, t va d tovushlarini olaylik. Birinchi tovush til oldilik, portlovchilik, jarangsizlik belgilariga, ikkinchisi esa til oldilik, portlovchilik, jaranglilik belgilariga ega. Bu ikki tovushning yuqoridagi belgilarini bir-biriga qiyoslasak, dastlabki ikki belgi, (til oldilik, portlovchilik belgilari) har ikkisida takrorlanadi. Uchinchi belgi (jarangli-jarangsizlik belgisi) bilan esa ular bir-biridan farqlanadi. Shunga ko'ra, birinchi va ikkinchi belgilar ular o'rtasidagi birlashtiruvchi belgilar, uchinchi belgi esa farqlovchi belgi hisoblanadi.

Fonemalarni belgilashda yaqin, o'zaro o'xshash tovush-larni bir-biriga zidlash va ular o'rtasidagi farqlovchi va birlashtiruvchi belgilarni aniqlash katta ahamiyatga ega bo'ladi.

Tilshunoslik fanida tovush va fonema tushunchalari bir-biridan farqlanadi. Bu farqlanish fan uchun juda muhim bo'lgan xususiylik va umumiylik munosabatini aks ettiradi. Biz bevosita kuzatishda xususiyliklarni sezgi a'zolarimiz bilan his etamiz. Bir xususiylikni boshqa xususiylikka solishtiramiz. Solishtirilayotgan xususiyliklar o'rtasida qanday o'xshash va

farqli tomonlar mavjud ekanligini aniqlaymiz. O'xshash jihatlari asosida har qaysi xususiylikni ma'lum umumiy-likka — sinfga birlashtiramiz. Masalan, sumkani olaylik. Sin-fingizda nechta o'quvchi bo'lsa, o'shancha sumka bor. Bu sumkalar rangi, hajmi yoki materiali yoxud shakli jihatidan bir-biridan farq qiladi. Sinfingizda nechta sumkani ko'rsangiz, shuncha xususiyliklarni ko'rgan bo'lasiz. Lekin shu xususiy-liklarning hammasida takrorlanadigan

-14-

umumiy belgi bor. Bu belgi sumkalik belgisidir. Ya'ni o'quv qurollari solish uchun moijallangan, ko'tarib yuriladigan, charm va boshqa har xil materiallardan tikilgan anjom. Ana shu belgilar xilma-xil sumkalarni bir sinfga, bir umumiylikka birlashtirishga asos bo'ladi.Xuddi shuningdek, biz nutqiy jarayonda bevosita to-vushlarni eshitamiz. Masalan, i tovushini olaylik. U, avvalo, har bir shaxsning o'ziga xos talaffuzini o'zida namoyon qiladi. Shu bilan birga, so'zlarning tarkibida Fonemalar so'zlarning tarkibida muayyan tartibda ke-lib, ularni moddiy tomondan shakllantiradi. Bunda so'z tarkibidagi fonemalarning joylashish tartibi katta rol o'ynaydi.



Loto o'yinini ko'z oldingizga keltiring. Unda sanoqli donalar bor. Lekin shu donalarni turli tartibda joylashtirish orqali xilma-xil shakllar yasaysiz. Xuddi shunga o'xshash, fonemalar ham sanoqli, lekin uni xilma-xil tartibda joylash­tirish orqali cheksiz so'zlar hosil qilinadi. Sut, tus, ust so'zlarining tovush tomoniga e'tibor bering. Ularning ham-masi uchta bir xil tovushlarning turlicha ketma-ket joylashu-vidan tashkil topgan. Garchi yuqoridagi so'zlarning tovush tarkibi bir xil bo'lsa ham, lekin ular turli tartibda joylashib uchta so'zning ifoda tomonini hosil qiladi.

Ko'rinadiki, so'zlarning moddiy tomoni uchun uning nechta fonemadan tashkil topganigina emas, balki ularning qanday tartibda joylashuvi ham katta ahamiyatga ega.



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish