Mavzu: O’rta osiyoga zardushtiylik va buddaviylik dininingtarqalishi mundarija: kirish I bob zardushtiylik dinining vujudga kelishi va tarqalishi



Download 67,83 Kb.
bet5/7
Sana20.04.2022
Hajmi67,83 Kb.
#566563
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
buddaviylik va zardushtiylik

hinayana oqimi (sanskrit tilida hinayana – kichik arava degan ma’noni anglatadi) xalos bo‘lishning tor yo‘li bo‘lib, mazkur yo‘lni tanlagan dindorlarning dunyoviy hayotdan voz kechishlari va rohiblikni qabul qilishlari talab qilinadi. Rohiblar xalos bo‘lish va nirvanaga erishishning individual yo‘lidan borib, arxatlar (sanskrit tilida arhat – avliyo odam degan ma’noni anglatadi) darajasiga erishadilar. Arxatlar nirvanaga erishgan, ya’ni ma’naviy poklik va haqiqatni bilishi orqali iztiroblardan xalos bo‘lgan hamda ruhning qayta tug‘ilishini to‘xtatgan avliyolardir. Hinayana kishining rohiblikni qabul qilmasdan samoviy rohat-farog‘atga erishishini inkor etmaydi. Lekin bunday holat vaqtinchalik deb hisoblanadi. Nirvanaga erishishi uchun uning ruhi qayta tug‘ilib, rohiblik turmush tarzini qabul qilishiga to‘g‘ri keladi;

  • mahayana (sanskrit tilida mahayana – katta arava, buyuk yo‘l degan ma’nolarni anglatadi) xalos bo‘lishning keng yo‘lidir. Mahayanada bodxisatvaning (sanskrit tilida – uning mohiyati bilimdir degan ma’noni anglatadi) murabbiyligida dunyoviy kishi ma’naviy poklanish qoidalariga amal qilsa, nirvanaga erishishi mumkin degan g‘oya mavjud. Bu yo‘lni tanlagan odam quyidagi axloq qoidalariga amal qilishi lozim:

    1. jonzodlarni o‘ldirmaslik;

    2. o‘g‘rilik qilmaslik;

    3. zino qilmaslik;

    4. yolg‘on gapirmaslik;

    5. ehtiroslarni qo‘zg‘atadigan ichimliklarni iste’mol qilmaslik. Mahayanada kishidan xulq-atvor qoidalari va juda ko‘p diniy ma-

    rosimlarni bajarish talab qilinadi. Mahayana arxatlik g‘oyasini odamlarga xos xudbinlikning bir ko‘rinishi deb baholab, bodxisatvaning ruhiy mukammallik qoidalariga amal qilish orqali nirvanaga to‘liq erishishi mumkinligini targ‘ib qiladi. Bodxisatvalar rohiblar yoki dunyoviy kishilarning nirvanaga erishishlariga yordam berar ekan, bundan biron-bir manfaat ko‘zlamaydi. Ular iztiroblardan xalos bo‘lib, ilohiy mukammallik darajasiga yetgan va ruhining qayta tug‘ilishini to‘xtata olgan bo‘lsalar ham, bu yo‘ldan yana ko‘proq kishilarni o‘tkazish maqsadida yana qayta tug‘ilaveradilar. Bodxisatvalar odamlar tarafida turib, ularning zimmasidagi yumushlarni yengillashtirish, iltijolarining bajarilishiga ko‘maklashish kabi g‘ayritabiiy kuchga ega avliyolar sifatida ulug‘lanadilar. Shuning uchun mahayanada diniy marosim va urf-odatlarga katta e’tibor beriladi.
    Buddaviylikda kundalik, davriy va kishi hayotining muhim voqealari bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlar mavjud.
    Kundalik marosimlarga har kuni bajariladigan ibodat, rohiblarga oziq-ovqat ulashish va boshqalar kiradi. Buddaviylar kundalik ibodatni ikki marta – ertalab va kechqurun bajaradilar. Ertalabki va kechqurungi ibodat ibodatxonada, uyda yoki bunday ish uchun mos keladigan boshqa joylarda bajariladi. Ibodat vaqtida Budda haykali yoki uning ramziy belgilari oldida muqaddas yozuvlardan sutralar (sanskrit tilida – ip, kalava degan ma’nolarni anglatadi; diniy- falsafiy ta’limotlarning qisqacha bayoni) ifodali o‘qiladi, unga ta’zim bajo keltiriladi. Budda haykali gullar bilan bezatiladi, sham yoqilib, xushbo‘y hidli isiriqlar tutatiladi. Gullar ibodat ishtirokchilariga hayotning o‘zgaruvchanligini, muattar isiriq hidlari esa ularga munosib yashash kelajakdagi shirin onlarning garovi ekanligini eslatib turadi. Sham ilohiy haqiqatga erishishning ramziy belgisidir. Kundalik marosimlarga rohiblarga oziq-ovqat ulashish ham kiradi. Ularga moddiy yordam berish savob hisoblanadi.
    Davriy marosimlarga bir oyda ikki marta ehtiyojlarni cheklash marosimini misol keltirishimiz mumkin. Marosim e’tiqodning mus- tahkamligini, intizomni va ma’naviy yetuklik darajasini sinashga yo‘naltirilgan. Bunday kunlarda rohiblar intizom to‘g‘risidagi nizom qoidalarini targ‘ib qiladilar, bu qoidalarga sodiq ekanliklarini shaxsiy hayotlari bilan namoyish etadilar. Ruhoniylar shaxsiy xizmatlari va savoblarini odamlar bilan bo‘lishish maqsadida ularga suv sepadilar. Odamlar yaxshiliklarini ajdodlari bilan baham ko‘rish maqsadida yerga suv sepadilar.
    Kishi hayotining muhim voqealari bilan bog‘liq marosimlarga tug‘ilgan kun, balog‘at yoshi, oila qurish, yangi uyga ko‘chish, vafot etgan kunni nishonlash kabilarni misol keltirish mumkin. Bunday marosimlar ruhoniylar rahbarligida o‘tkaziladi.
    Buddaviylarning asosiy bayramlari – yangi yil kirgan, ilohiy haqiqat ayon bo‘lgan, Budda tug‘ilgan va vafot etgan kunlardir. Buddaviylikda yangi yil kishining shaxsiy karmasida o‘tgan yil davomida qanday o‘zgarishlar bo‘lganligini sarhisob qilish, poklanish va yangi ezgu maqsadlarni rejalashtirish bilan bog‘liq bayram deb qaraladi.

    Download 67,83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish