MAVZU: O’RTA OSIYOGA ZARDUSHTIYLIK VA BUDDAVIYLIK DINININGTARQALISHI MUNDARIJA: KIRISH ……………………………………………………………………………3 I BOB ZARDUSHTIYLIK DININING VUJUDGA KELISHI VA TARQALISHI…………………………………………………………………..4-9 Zardushtiylik dinining vujudga kelishi va tarqalishi……………......……4-9
Zardushtiylik ta’limoti …………………………………………………10-18
II BOB O’RTA OSIYODA BUDDAVIYLIK DININING TARQALISHI.19-27 Buddaviylikning vujudga kelishi va tarqalishi………………...………19-27
KIRISH O‘zbekiston ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali davlat. Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari emin-erkin o‘z urf-odatlarini davom ettirib, dinlariga e'tiqod qilib yashamoqdalar. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda1 O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishi ham aynan dinlararo bag‘rikenglik masalasiga bag‘ishlangan. Mazkur dasrlik quyi sinflarda olgan bilimlaringizni mustahkamlaydi va boyitadi.
O’zbekiston Xitoy, Hinditon, Eron kabi kuchli iqtisodiy-madaniy maskanlarni bog’lovchi hudud sanaladi. Bu esa o’z navbatida turli madaniyatlar va dinlar qorishuviga olib kelgan. Bu qorishuv esa Surxon vohasi (Shimoliy Baqtrya) hududida yana ham taraqqiy etgan. Jumladan bu hududda Islom dini kirib kelgunicha ham Zardushtiylik, Buddaviylik, qadimgi yunon dini, Moniylik kabi dinlarga sig’inuvchilar tinch totuv istiqomat qilishgan.
Vohamizda turli din vakillari tinch va totuv yashaganligining yana bir namunasi Surxondaryo viloyatining Uzun tumanidan topilgan ko’plab mozor sag’analardir, Eng davt avval aniqlanganlaridan biri bu Bittepa mozorotlari sanaladi. 1979-yilning noyabr oylarida akademik Rtveladze E.V va Kozlovskiy V.A tomonidan topib tadqiq etilgan bu mozorotlar dastlab o’z dafn uslublari bilan o’sha davr qabrlaridan tubdan farq qilar ediBu sag’analar soy tubidan 15-20 m balandliklardagi qum tepalarga o’yib ishlangan bo’lib jami 7 ta sag’ana topilgan.
O’zbekiston jumladan Surxondaryo hududidan zardushtiy va buddaviy yodgorliklari va majmualarini ko’plab topib o’rganilishi yurtimiz ayniqsa vohamiz aholisi ma’naviy va ma’daniy hayotida bu dinlarni naqadar katta ahamiyat kasb etganidan dalolat beradi. Buddaviy san’atning tarqalishi mahalliy san’at tarixiga katta hissa qo’shgan, natijada ikki san’at qorishuvini Qoratepa va Fayoztepa kabi obidalarda yaqqol ko’zga tashlanishini ko’rishimi mumkun.