Mavzu: O`rta asrlarda Sharq mamlakatlari davlati va huquqi reja: I. Kirish


Ijtimoiy va davlat tuzimi xususiyatlari



Download 16,85 Kb.
bet3/4
Sana31.12.2021
Hajmi16,85 Kb.
#227030
1   2   3   4
Bog'liq
2 5271611029107772888 dht referat

Ijtimoiy va davlat tuzimi xususiyatlari. Arab xalifaligi ijtimoiy munosabatlarning o`ziga xos tomoni shunda ediki, unda Yevropa mamlakatlari kabi tabaqaviy tuzim o`rnatilmadi. Bu yerda aholi turli guruhlari huquqiy holatidagi o`ziga xos belgi, avvalo, musulmonlar va nomusulmonlar , arablar va boshqa xalqlarning huquqlari noteng va har xil ekanligi edi.

Shariat bo`yicha kishining huquqiy layoqati va muomala layoqati islomga e`toqod qilishiga qarab belgilanadi. Musulmonlar musulmon bo`lmaganlar oldida imtiyozli hisoblanadi. Hatto qul musulmonlar nomusulmonlarga qaraganda imtiyozli huquqlardan foydalangan.Shariat bo`yicha faqat musulmonlar to`la huquqiy layoqatiga ega.Boshqa dindagilar- zimmiylar to`la huquqiy layoqatga ega emas, deb hisoblangan. Arab xalifaligida ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi qullarning huqqiy holatiga huquqiy ta`sir ko`rsatdi. Islom huquqi bo`yicha qullar huquq subyekti bo`lmagan, lekin ular o`z xo`jayinlarining roziligi asosida erkin kishilar bilan shartnoma tuzishi va mulkka egalik qilishi mumkin edi. Musulmon qulni erkinlikka qo`yib yuborish savobli ish hisoblangan.

Arab xalifaligi davlat tuzumi o`zgarib turgan. Arab xalifaligining birinchi davrida hali davlat tuzumidaharbiy demokratiya qoldiqlari saqlanib qolgan bo`lsa, Umaviylar va Abbosiylar davrida xalifalik despotik davlatga aylangan.

Muhammad (s.a.v) Makkadagi muhojir sheriklari va madinalik tarafdorlari bilan birgalikda o`zining “Umma” nomli diniy-siyosiy jamoasini tuzadi. Muhammad (s.a.v) payg`ambar, Allohning qonun-qoiadalarini dindorlarga uning so`zlari bilan e`lon qilgan va ularni o`zi va boshqalar oldida muvaffaqiyatli himoya qila olgan edi.Shu bilan birga Muhammad (s.a.v) qavmlari uchun mutlaq qonun chiqarish hokimiyatini o`zida saqlab qoldi. Bundan tashqari u oliy sudya , cheklanmagan ijroiya va harbiy hokimiyatga ham ega edi.Muhammad (s.a.v) harbiy boshliqlar, soliq yig`uvchilar, harbiy boylikni saqlovchilarni, shuningdek ,hujjatlar, soliq holatlarini qayd etuvchilarni, soliq tushumlarini baholash,xatlar yuborishni tartibga solish uchun kotiblar ham tayinlardi.

Arabcha “xalifa” so`zi merosxo`r yoki o`rinbosar ma`nosini bildiradi. Shuni ham aytib o`tish kerakki , xalifalar diniy vazifa bilan birga dunyoviy vazifalarni ham bajargan. Shu tariqa ular hukumat va davlat boshlig`i, shunungdek, musulmonlar ommaviy ibodatlarning ma`naviy rahbari edilar.

Arab xalifaligining birinchi davrida xalifa saylanib qo`yilardi. Umaviylar va Abbosiylar davrida xalifa lavozimi nasldan-naslga meros bo`lib o`tadigan bo`lgan. Xalifa cheklanmagan hokimiyatga ega bo`ldi.Umaviylar va Abbosiylar davrida ancha keng va nisbatan markazlashgan byurokratik apparat tashkil etildi. Xalifa huzurida kengash (shura) mavjud bo`lib, muhim ishlarni hal etgan. Xalifaning bevosita maslahatchisi va o`rinbosari, davlatda oliy mansabdor shaxs buyuk vazir bo`lgan. Vazir so`zi arabcha so`z bo`lib “og`irliklarni ko`taruvchi” degan ma`noni bildiradi. Buyuk vazir juda katta vakolatlarga ega edi. U xalifa nomidan davlatning daromad va xarajatlarni nazorat qilardi, amirlar va sultonlarni tayinlardi.U xalifa devonxonasi boshlig`i hisoblangan.

Saroyda xalifaning shaxsiy qo`riqchilari boshlig`i, politsiya boshlig`i, mansabdor shaxslarni nazorat qiluvchi maxsus chinovnik kabi amaldorlar bo`lgan.

Davlat boshqaruvining markaziy organlari devonlar deb atalardi. Arab xalifaligida quyidagi devonlar bo`lgan:

Al-xiroj-ichki ishlar devoni moliyaviy ishlarga rahbarlik qilgan.Al-xatim-xalifa kotibiyati hisoblangan, yashirin funksiyani ham bajargan.Al-Rasoil-pochta va aloqa devoni bo`lgan.U pochtalarni va davlat yuklarini yetkazib bergan, yo`llarni, karvonsaroylarni, quduqlarni qurilishiga rahbarlik qilgan.Al-mustaqilat-harbiylarni hisobga olish, armiyani ta`minlab turish vazifasini bajargan. Ushbu ko`rsatilgan to`rtta devon Umaviylar davrida tashkil topgan bo`lsa, Abbosiylar davrida devonlarning soni 10taga yetdi. Devonlarning boshida xalifa tomonidan tayinlanadigan vazir, ya`ni rais-ul-devon turardi.Yuqoridagilardan tashqari, davlat xazinasi-bayt-al-mol ham bo`lib, u zakot solig`ini undirish ishlarini yuritgan.

Sud hokimiyati ma`muriy hokimiyatdan ajratilgan edi. Mahalliy hokimiyatdan ajratilgan edi.Mahalliy hokimiyatlar sudyalarning qaroriga aralashish huquqiga ega bo`lmagan.

Islom huquqining asosiy belgilari. Shariatning vujudga kelishida Muhammad (s.a.v) va dastlabki to`rtta xalifaning o`rni juda katta.Aynan ularning hukmronligi davrida musulmonlarning muqaddas kitoblari- Quroni Karim va Sunna dunyoga kelgan.

Shariat eng boshidan qat`iy huquq sifatida dunyoga keldi va rivojlandi. U islom ilohiyati bilan uzviy qo`shilib ketdi. Uning diniy axloqiy tasavvurlarini mujassam etdi. Islom ta`limoti bo`yicha diniy qoiadalar yagona Alloh tomonidan o`rnatilgan tartib va qonunlarning bir qismi bo`lib, ular bilan butun dunyo boshqariladi.

Shariatda barcha xatti-harakatlar dastlab ikki turga-xarom va halolga ajratilgan. Keyinchalik shariat shakllanib tugallangan davrda beshta toifa vujudga kelgan. Bular farz-bajarilishi qat`iy majburiy qat`iy hisoblangan xatti-harakatlar; mandub(sunnat)-majburiy emas, lekin ma`qul, lozim deb hisoblangan normalar; muboh-ixtiyoriy normalar; makruh-noma`qul normalar; xarom-qat`iy ravishda taqiqlangan normalar. Bular ham huquqiy , ham axloqiy diniy mazmunga ega bo`lib, majburlovchi, tavsiya qiluvchi, yo`l quyuvchi, lekin jazo qo`llanilmaydigan , taqiqlovchi va jazoga loyiq xarakterdadir


Download 16,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish