3.O’rnatilgan tizimlarda axborotni kiritish/chiqarish Xar bir MK bir qancha kiritish-chiqarish liniyalariga ega bo‘lib,ular ko‘p razryadli(8-razryadli)parallel kiritish chiqarish portlariga ulangan.MK xotirasida xar bir kiritish-chiqarish portlari o‘z adreslariga ega.Kiritish-chiqarish portlari ma’lumot registrlariga murojaat komandalari xotira ma’lumotlariga beriladigan komandalar asosida beriladi.
Undan tashqari ko‘pchilik MK larda aloxida port razryadlarini tekshirish va ularga murojaat qilish imkoniyatlari xam mavjud.
Funksiyalardan foydalanishga qarab quyidagi parallel portlarni ajratish mumkin:
1. Bir yo‘nalishli portlar,ma’lumotlarni faqat kiritish yoki faqat chiqarish uchun ;
2.Ikki yo‘nalishli portlar,MK ni initsializatsiya qilish davrida aniqlanadigan kiritish yoki chiqarish ;
3. Multipleks portlar.Portlarning aloxida liniyalari MK ning biriktirilgan pereferiya qurilmalari bilan birga ,bulardan taymer,ASP,ketma-ket interfeys kontrollerlari ishlatiladi ;.
4. Kiritish-chiqarish bufer sxemotexnik boshqaruv dasturlanuvchi portlari
Portlarning vazifasi vaqtinchalik MK larni ma’lum ob’ekt bilan aloqa o‘rnatish uchun foydalaniladi.
Parallel portlar asosida MK va tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashish algoritmi 3 ta tip algoritmiga ajratiladi:
1. Oddiy dasturiy kiritish-chiqarish;
2. Strobli kiritish-chiqarish;
3. Ma’lumot almashishni to‘liq tasdiqlovchi kiritish-chiqarish rejimlari;
Namunaviy va kristalga eng ko‘p integratsiyalanadigan periferiya qurilmalarining mikrokontrolleriga quyidagi bloklar kiradi:
- mantiqiy signallar ko‘rinishida keltirilgan ma’lumotlar almashinuvini amalga oshiradigan kiritish-chiqarish parallel raqamli portlar;
- vaqtli integrallar shakllantirilishini amalga oshiradigan va mantiqiy hodisalarni hisoblashni bajaradigan taymer-hisoblagichlar;
- vaqt bo‘yicha bog‘liq bo‘lgan hodisalarni apparatli qayta ishlash uzellari;
- uzluksiz signallarni chiqarish va kiritishni amalga oshiradigan raqamli-analog va analog-raqamli o‘zgartirgichlar;
- taqsimlanadigan tizimlarda ma’lumotlar almashinuvini amalga oshiradigan kiritish-chiqarishning ketma-ket portlari;
- uziluvchi hodisalarga xizmat ko‘rsatish bloklari;
- ishlash ishonchliligini oshirish vositalari.
MK har bir periferiya uzeli maxsus funksiyalar registri deb ataladigan uzelning dasturiy qulay bo‘lgan konfiguratsion regisrida boshqariladigan kodlarni yozish yordamida rostlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Rostlash qurilmaning (masalan, taymer va parallel porti razryadlaridagi ma’lumotlarni uzatish yo‘nalishlarining razryadliligini va boshqalarni talab etadigan) ishlash rejimini tanlashni amalga oshirish imkonini beradi.
MKda joylashgan periferiya bloklarining tarkibi qurilmaning maqsadli vazifasiga bog‘liq bo‘ladi va ushbu turkumning mikrokontrollerida amalga oshiriladigan namunaviy vazifalari asosida ishlab chiqaruvchilari tomonidan aniqlanadi.
Shuni inobatga olish kerakki,ma’lumotlarni kiritishda trigger tarkibidagi ma’lumotlar emas,balki tashqi chiqishdagi signallar miqdori sanaladi.Agar MK chiqishlari turli tashqi qurilmalarga ulangan bo‘lsa,ular kutilayotgan trigger qiymatlari bilan birga olinadi yoki(kvaziikki yo‘nalishli) deb ataladi.Bunday tashkillashtirish «montajlangan I»qurilma sxemasi shinalari xosil qiladi.