O’qituvchining dars o’tishdagi asosiy vazifasi o’quvchilarga nazariy bilim berish bilan birga ularda amaliy ko’nikma va malaka hamda ijodiy qobiliyatni, shu bilan birga mustaqil fikrlash va o’z fikrini bayon etish hamda uni himoya qila olish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Bu vazifalarni bajarishda o’quv jarayonida mustaqil ishlarni tashkil etish bilan ham ijobiy natijalarga erishiladi. Shu o’rta maktablarda o’quvchilar mustaqil ishlarini tashkil etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |