Mavzu: O`quvchilarni aqliy va axloqiy tarbiyalashda sinf rahbarining roli. Reja: kirish i-bob o`quvchilarni aqliy va axloqiy tarbiyalashda sinf rahbarining roli



Download 103,5 Kb.
bet1/7
Sana13.04.2022
Hajmi103,5 Kb.
#547819
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
25-chi O`quvchilarni aqliy va axloqiy tarbiyalashda sinf rahbarining roli


Mavzu: O`quvchilarni aqliy va axloqiy tarbiyalashda
sinf rahbarining roli.

Reja:
KIRISH


I-BOB O`QUVCHILARNI AQLIY VA AXLOQIY TARBIYALASHDA SINF RAHBARINING ROLI.
1.1. O`quvchilarni aqliy va axloqiy tarbiyalashda sinf rahbarining roli
1.2. Sinf rahbarining faoliyatiga qo’yiladigan pedagogik va psixologik talablar.


II-BOB SINF RAHBARINING O’QUVCHI SHAXSI VA JAMOANI O’RGANISHDAGI MAHORATI.
2.1. Sinf rahbarining o’quvchi shaxsi va jamoani o’rganishdagi mahorati.
2.2. Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining shakl va metodlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishda milliy umuminsoniy qadriyatlar Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib boorish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunga xalq og’zaki ijodi, pedogogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq-odobga doir g’oyalarini o’rgatib komil insonni ishlari amalga oshmoqda.”Kelajak bugundan boshlanadi”-deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko’rsatuvchi ruhiy va ma’naviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish ta’limni ilg’or tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogic tajribalar asosida olib boorish ayniqsa muhimdir.Xalq musiqasi og’zaki ijodiyoti, an’analari,urf-odatlari asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish ularni ko’proq o’z millatini sevishga g’ururlanishga shorqano g’oya va ta’limotlarni o’rganib ularni kelajakka tadbiq etishga zamin yaratiladi.Mustaqil Respublikamizda milliy madaniyatimizni o’ziga xosligini tiklash, umumta’lim maktablarida o’quvchilarni badiiy, axloqiy tarbiyalash va kamol toptirish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Ma’naviy yetuk millat qadriyatlarini to’g’ri baholashga va uni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Demak, jamiyat ma’naviyatining o’sishi qadriyatlardan keng foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratib,qadriyatlarni yanada rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Qadriyatlar ta’rifidan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar-millat uchun muhim axamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq holdagi qadriyat shaklidir. Umuminsoniy qadriyatlar millatning tarixini yashash tarsi, ma’naviyati, madaniyati orqali namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi.
Sinf rahbarining pedagogik faoliyati va ma horati o’quv faoliyatida ham, o’qishdan tashqari faoliyatda ham zarur bo’lgan umumiy pedgogik malakalar majmuidan tashkil topadi. Xo’sh, tarbiyachining pedagogik mahorati,texnikasi qanday malakalarni o’z ichiga oladi? Ularning pedagogik ta’sir ko’rsatishdagi roli qanday?
Avvalo, pedagogik texnikaning tarkibiy qismi sifatida pedagogning nutq malakalarini, ya’ni savodli gapirish, o’z fikr va his tuyg’ularini so’zda aniq ifodalash malakalarini aytib o’tish mumkin.
Pedagogik texnikaning boshqa tarkibiy qismi sinf rahbarining mimik va pantomimik ifodaliligidir. Aniq imo – ishora, maxnoli qarash, rag’batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum pedgogik ta’sir ko’rsatishda ko’p so’zli tushuntirish yoki e’tiroz bildirishga qaraganda ancha samarali muomala vositalari bo’ladi.
Pedagogik o’zaro ta’sir ko’rsatishda sinf rahbarining o’z hissiy holatini boshqarish, o’zida eng qulay hissiy jiddiylik darajasini va umidbaxshlik, xayrixohlik kayfiyatini saqlash, o’zining hissiy dam olishini tashkil etish mahorati muhim rolь o’ynaydi. Bu mahorat pedagogning kasbiy jihatdan o’z – o’zini nazorat qilishni ta’minlaydi. Ko’p yillar davomida sog’lom asab sistemasini saqlab qolish, asabiy buzilishlardan, hissiy va aqliy zo’riqishdan o’zini tiyishga yordam beradi. Samarali o’zaro ta’sir ko’rsatishni tashkil tish uchun pedagog aktyorlik va rejissyorlik mahorati tarkibiy qismlarini egallashi zarur, ular pedagogga tarbiyalanuvchilar bilan muomala qilishda tarbiyalanuvchilarning aql –idorkigagina emas, balki ularning his tuyg’ulariga ham ta’sir ko’rsatishga yordamlashadi.
SHunday qilib, sinf rahbarining pedagogik texnikasi – bu shunday bir malakalar yig’indisidirki, u sinf rahbariga tarbiyalanuvchilar ko’rib va eshitib turgan narsalar orqali ulaga o’z fikrlari va qalbini yetkazish imkonini beradi. A.S.Makarenko shularni nazarda tutib, «Tarabiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo’lishni bilishi lozim, u o’zini shunday tutishi kerakki, uning har biri harakati tarbiyalasin”, deb yozgan edi. Pedagogik texnikaninegallashning asosiy yo’llari pedagog rahbarligidagi mashg’ulotlar (pedagogik texnikani o’rganish) va mustaqil ishlash (kasbiy jihatdan o’z – o’zini tarbiyalash) dir. Pedagogik texnika malakalarining individual – shaxsiy tusda ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda va uni takomillashtirishda kasbiynjihatdan o’z – o’zini tarbiyalash, ya’ni o’qituvchining o’zida mohir pedagogliknshaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat yetakchi rolь o’ynaydi deb aytish mumkin.
Sinf shaxsning o’z – o’zini bilish va o’z – o’zini tarbiyalash labaratoriyasi, pedagogik vazifalarni hal qilishning Yangi usullari tekshirib ko’riladigan, nazariy masalalar muhokama qilinadigan tajriba maydoni bo’lib qolishi mumkin.



Download 103,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish