Mavzu: O’quvchi yoshlarda mediasavodxonlikni shakllantirishning pedagogik asoslari
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………2
I BOB. O’smirlarda media savodxonlikni shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari
1.1. Media savodxonlik mazmun-mohiyati va uning asosiy kategoriyalari........................................................................................................7
1.2. Media savodxonlikining mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati………………………………………………………………………14
1.3. Media savodxonligi yordamida senzurani bartaraf etish, o’quvchi-yoshlarning mustaqil, tanqidiy fikrlash erkinligini ta’minlash…………………22
II BOB. O’smirlarda media savodxonlikni shakllantirishning pedogogik va psixologik asoslari
2.1. Media-ta’lim hozirgi davrda shaxsning ommaviy axborot vositalari orqali rivojlanish jarayonining o’rgatish usul va vositalari……………………………………………………………..…………34
2.2. O’quvchilarning media va axborot savodxonligi sohasidagi kompetentsiyalarni shakllantirish………………………………………………44
2.3. O’quvchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishning pedagogik modeli………………………………………………………………………......56
2.4. Tajriba va natijalar tahlili.............................................................................72
Xulosa va tavsiyalar...........................................................................................81
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati......................................................................83
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamon taraqqiyoti jamiyatda axborot almashinuvini taʼminlashda medialarning soni kun sayin ortib bormoqda. XXI asr fuqarosi endilikda barcha texnik imkoniyatlardan toʼliq foydalana oladi, turli manbalarga tayanib ish yuritadi, unda axborotlarni bir-biri bilan solishtirish kabi malakalarga ega boʼlishi talab etiladi. Tezkor axborotlarni yetkazish barobarida oʼquvchilarning mavzuga doir fikrini bilishda yetakchi ommaviy axborot vositalaridan biri veb-saytlardir. 2018-yilning yanvar oyida “Ommaviy axborot vositalari toʼgʼrisida” Oʼzbekiston Respublikasi qonunining yangi tahriri qabul qilinib, unga birinchi marta gazeta, jurnal, radio va televidenie bilan bir qatorda umumiy foydalanishdagi kommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlarga nisbatan ham OАV maqomini beruvchi modda kiritildi.
Innovasion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish uchun o’qituvchi nafaqat axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasiga ega bo’lishi, balki, axborot uzatish va qayta ishlash mahoratini to’la egallashi, ayni paytda ta’lim oluvchilarda axborot madaniyatini shakllantira olishi lozim. Hozirgi kunda yangi ta’lim paradigmasi ta’lim muassasalari o’qituvchilari bilim, ko’nikma va malakalarini o’qitishning axborot berish darajasidan shaxs shakllanishidagi rivojlanishini boshqarish darajasiga ko’tarishdan iborat bo’ladi. Demak, bu jarayonda axborot texnologiyalarining alohida o’rni bo’lib, u ta’lim tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishda yetakchi vosita hisoblanadi hamda davlat va jamiyat ehtiyojlariga mos tarzda javob beradi.
Bu maqsadga erishishning samarali vositalaridan biri «o’qitishning ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o’quv jarayoniga joriy etish»dan iborat. Bu o’zgarishlar ko’p jihatdan ta’lim berishning an’anaviy sur’ati va yangi bilimlarning muntazam ortib borishi tendensiyasi o’rtasidagi jiddiy ziddiyatlarni hal etish zarurati bilan bog’liq.
Hozirgi davrdagi texnika va texnologiyalar taraqqiyoti OAV, axborot manbalari va axborot yetkazib beruvchilar (kutubxonalar, arxivlar, Internet) faoliyatining beqiyos kengayishiga olib kelib, fuqarolarga uning ulkan hajmidan foydalanish va almashinish imkonini yaratdi. Natijada, fuqarolar ushbu axborotning ishonchli ekanligini baholash, o’z fikrini erkin aytish borasidagi huquqlarini to’laqonli amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Shuning uchun, ham talabalarning media va axborot savodxonligini ta’minlashdek dolzarb masala ko’ndalang qo’yilmoqda.
Davrimiz taraqqiyotiga hamohang ravishda ilm xazinasi yanada boyib, yoshlarning intellektual salohiyati ortib bormoqda. Axborotlashtirish jarayonida chinakam axborot jamiyati vujudga kelganini izohlashga hojat qolmagan. Shunga yarasha media-texnologiyalar soni o’sib bormoqda. Bunda tasvir, ovoz va matn tom ma’noda uyg’unlashib, audiovizual madaniyati o’ziga xos ravishda takomillashib bormoqda. Globallashuvning ijobiy jihatlari ko’p, axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha hududlaridagi odamlarning o’zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniyat boyliklarini o’zlashtirish uchun, ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayon hisoblanadi. Globallashuv jarayonlarida ana shu axborot texnologiyalaridan ba’zi yovuz kuchlar g’arazli maqsadlarda foydalanayotganlaridan ham ko’z yumib bo’lmaydi. Ular o’z sa’y-harakatlari bilan kishilarning tinch-farovon hayotiga raxna solayotganlari tashvishli holdir. Internet orqali uyushtirilayotgan axborot xurujlari yoshlar ongini zaharlashi ularning kelajagiga bolta urishdan boshqa narsa emas. Shunday sharoitda biz bu zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan ko’proq ijobiy maqsadlarda foydalanish yo’llarini topishimiz maqsadga muvofiqdir. Ana shunday samarali yo’llardan biri – ta’lim sohasini media texnologiyalari bilan yanada takomillashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |