Mavzu: O’quvchi yoshlarda mediasavodxonlikni shakllantirishning pedagogik asoslari


II BOB. O’smirlarda media savodxonlikni shakllantirishning pedogogik va psixologik asoslari



Download 354 Kb.
bet7/13
Sana13.06.2022
Hajmi354 Kb.
#662286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
dissertatsiya

II BOB. O’smirlarda media savodxonlikni shakllantirishning pedogogik va psixologik asoslari
2.1. Media-ta’lim hozirgi davrda shaxs­ning ommaviy axborot vositalari orqali rivojlanish jarayonining o’rgatish usul va vositalari

Kompyuter multimedialarining paydo bo’lishi bilan mediata’lim sohasida axborot texnologiyalaridan foydalanish vujudga keldi. Mediata’lim pedagoglar uchun birinchi o’rinda bu ommaviy axborot vositalari (OAV)dan dars tahlili materiali sifatida foydalanish va o’z xabar-mediamatnlarini yaratish orqali fan tarkibini o’rganishdir. Mediata’lim tanqidiy fikrlash, ma’lumot bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirib, bir vaqtning o’zida fanni anglash va o’quvchilarning axborot madaniyatini shakllantiruvchi vositasidir. Mediata’lim texnologiyasi amaliy ish hisoblanib, ta’lim jarayonida alohida o’quv kurslari va fanlarni birgalikda o’qitishga yordam beradi. Chunki, mediata’limning asosiy vazifasi xalqaro kommunikasiya olamida umumiy axborot ko’nikmalari, ma’lumotlar bilan ishlash madaniyati, muloqot etikasi va estetikasini shakllantirishdan iborat. Mediata’limning o’ziga xosligi pedagogik nuqtai nazaridan quyidagilardan tashkil topgan:


- Mediata’lim pedagogik zaruriyat sifatida axborotni erkin talqin va idrok qilish natijasida paydo bo’ladi.
- Mediata’lim pedogogik paradigmani tashkil qildi. Pedagog va o’quvchi qabul qilinayotgan ma’lumot asosida teng huquqlidir. Pedagog o’rgatmaydi, ammo olingan ma’lumotni anglashning turli qatlamlarida, olamni anglashga yordam beradi.
- Mediata’lim o’qituvchisida zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalanishning yuqori madaniyati shakllangan bo’lishi kerak.
- O’quvchi zamonaviy mass-medianing mexanik aspektlarida o’qituvchidan ko’ra ko’proq bilimga ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun pedagog ta’limni jadallashtirish va uning samarasini oshirish uchun undan foydalanishni bilishi kerak.
Zamonaviy ta’limning o’zgarib borayotganligini aniqlaydigan asosiy omillardan biri bu tashqi mediamuhit ta’sirining oshib borayotganligidir. Hozirgi kunda informasion ta’lim muhitining muhim tomonlaridan biri mediakomunikasiyadir (ommaviy nashr, radio, kinomotograf, televideniya, radio, kompyuter, multimedia texnikalari). Mass-media – bu ommaviy axborot vositasidir. Og’zaki, ovozli va vizual ma’lumotlarni uzatish va markazlashgan holda tarqatishning tashkiliy-texnik majmui. Mass-media vositalariga matbuot, kino va televideniya kiradi. Zamonaviy o’quvchining hayotidagi mass-medianing rolini ko’rib chiqadigan bo’lsak, shuni ta’kidlash kerakki, zamonaviy mediakommunikasiya o’smir uchun nafaqat ta’limiy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumot manbai, balki uning dunyoqarashining shakllanishiga xizmat qiladigan omillardan biridir. Bu nafaqat turli mediamatnlarni passiv anglash orqali yuz beradi, balki birinchi navbatda ommaviy kommunikasiya tilidan foydalanib, o’zining matnlarini yaratish harakatida bo’lganda ma’lum bo’ladi1.
O’quvchi har kuni mediamatnlarga duch keladi. Ularni o’zlashtirish, tushunish, xususiy matn yaratish ularning informasion madaniyatining mavjudligidan darak beradi. Biroq informasion madaniyatning shakllanishi faqatgina o’qituvchi va o’quvchining aniq bir maqsadga qaratilgan ishida vujudga keladi. Shu yerda zamonaviy ta’lim jarayonida mediata’limning texnologiyalarni keng spektridan foydalanish va ishlab chiqishga bo’lgan talabi kelib chiqadi. Postindustrial jamiyatda informasion madaniyatga ega bo’lish bu kompyuter tarmoqlarida, kutubxonalarda mediatekalarda yo’nalishga va amaliy bilimlarga ega bo’lishdir. Informasion madaniyatning mavjudligi shuningdek maxsus qidirish, yetkazib berish, ma’lumotni qayta ko’rib chiqish va tahlil qilish metodi va texnologiyalarga ega bo’lishni bildiradi. Mediata’lim zamonaviy metodika va texnologiyalardan foydalanishga imkon beradi. Informasion madaniyatning shakllanishi va rivojlanishi, pedagogik kompleksning ishlab chiqilishi va amalda qo’llanishi zamonaviy maktablarning dolzarb masalasidir.
Maktablarda mediata’lim texnologiyalarining ishlab chiqilishi va qo’llanilishi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bo’lishi mumkin:
– Integrasiyalashgan mediata’lim, ya’ni maxsus fanlardan mediata’limni
integrasiyalash maqsadida mediamatnlardan foydalanib, tanqidiy fikrlashni shakllantirish; - Zamonaviy mediaamaliyotni o’rganish – maktab bosma nashrlari ustida ishlash,
- Maktablardagi kino va telestudiyadagi montaj va videos’yomka negizini o’rganish.
Bu yo’nalishlarning uyg’unligi kompleks mediata’limni tashkil etadi, ya’ni mediatexnologiyaning butun bir ta’lim jarayoniga aktivlashtirish uchun ishlatiladi. Integrasiyalashgan mediata’lim o’quvchilarning tanqidiy fikrlashi shakllanishini batafsil ko’rib chiqamiz. Zamonaviy media materiallarni o’quv jarayonida qo’llash uchun ma’lumotni yig’ishdan va tekshirishdan tashqari tanqidiy fikr rivojlanishi uchun tahlil qilishni, berilgan xatolardan tipikni belgilashni va xulosa qilishni, ma’lumotlarga bo’lgan individual darajali ishonchni ishlab chiqishni, maxfiy mazmundagi informasiyalarning tanqidiy fikrlashlarining rivojlanish jarayonida ishga bo’lgan faoliyatini aniqlab beradi. Masalan, ekran obrazining sintetik xarakteri turli xil tipdagi ma’lumotlarni cheksiz imkonini bevosita darslarda yoki o’quv mashg’ulotlarida taqdim qiladi.
Bu yerda mediata’limning asosiy maqsadini bevosita amalga oshirishimiz mumkin, ya’ni o’quvchilarni hayotga, zamonaviy jamiyatga informasion loyihalar asosida tayyorlash, bu pedagogika fanlari doktori L.S.Zaznobinaning konsepsiyasi bo’yicha mediata’limning asosiy mazmunidir. Ta’lim jarayonining didaktik maqsadi nazaridan mediata’lim texnologiyalarini qullash bu shaxsning ijodiy potensialini amalga oshirish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga imkon beruvchi universial jarayonidir. Ammo shuni unitmaslik kerakki pedagogik faoliyatning mavjudligi an’anaviy ta’lim jarayonidan farq qiladi.
1. O’qituvchi faoliyati sezilarli darajada o’zgarsada u nafaqat multimediya texnologiyasi borasida maxsus bilimlardan birinchi bo’lishi kerak, balki o’kuvchilarning shaxsiy ijodkorligini rag’batlantiruvchi maxsus pedagogik usullarni qo’llashi kerak.
2. O’quv tarbiya jarayonini ma’lum qismi o’quvchilarga bog’liq, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri uning faolligiga va shaxsiy qiziqishlariga tayanadi. Bu shaxslardan o’quv materiali, o’qituvchi va o’quvchidan faol munosabatni talab etadi. Dars o’tkazish texnologiyasini mustahkamlashda o’qituvchi bir vaqtning o’zida ma’lumotni berish, ta’limni multimedia turlaridan foydalanishni nazorat qilish va sinf xonasida kichik o’zgarishlarga ham e’tibor berishni talab qiladi. Masalan, badiiy filmlarning natijasi bilan ishlashda quyidagilar aniqlandi:
1. Hayotiy darajani o’zlashtirish (Syujetning hayotiy motirovkalari bilan chegaralangan, personajlarning xalq-atvori).
2. Sosium darajasi (Personajlarning psixologiyasi, xarakteri, ijtimoiy darajasi haqida chuqurroq ta’rif berilgan fan)
3. Badiiy obraz darajasi (Ekran obrazi va uni tashkil etuvchi: ekran ko’rinishining xuddi matn tarzida ayrim ma’noli joylarini ajratib hikoya qilish, ularning o’zaro ta’siri haqida xarakteristika, aktyor, kadr, s’yomka xarakteri, yorug’lik, rang, montaj tanlash jarayonida qaratilgan alohida diqqat haqida to’liq xarakteristika berilgan)
4. Muallif konsepsiyasini tushinish darajasi (muallif qanday fikrni olg’a surmoqchi ekanligi haqida xulosani bera olish).
5. Muallif tomonidan yuzaga chiqarilayotgan muammolar va ekran asari asosida muallif konsepsiyasi bilan munozarali muloqot haqida shaxsiy konsepsiyasini vujudga kelish darajasi.
Filmni muhokama qilish uni xoxlagan darajasida bo’lishi mumkin-estetik ma’lumotning xususiyati shundaki, uni yeng yuqori darajada anglash ko’pincha osonroq, chunki ular idrokning azaliy xususiyatlari hali aniq bo’lmagan mifologlar, epik obrazlar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Har bir o’smir ishning lo’nda natijasi o’zlashtirish yo’li bilan, idrokining rivojlanishiga olib keladi, bu estetik yo’l bilan isbotlangan. Pedagog uchun darslarda illyustrativ videomateriallarini to’g’ri tanlash katta ahamiyatga ega. Bu yerda bir nechta aniq maslahat berishimiz mumkin, imkon boricha material tomoshobinda qiziqish uyg’otishi kerak (masalan, bolalar hali ko’rishmagan yoki eslaridan chiqarilgan film). Ammo ko’p hollarda fikr va qiziqishi turliligi sababli bir fikrga kelish mushkul shu joyda biz tushunish bilan bog’liq maxsus tushunish qurilmasiga ehtiyoj sezamiz. Tushunish qurilmasining 2 ta asosiy maqsadi bor: auditoriyani badiiy tushunishga yo’naltirish va kelajakda ko’rib chiqilmoqchi bo’lgan filmga maxsus kontekst topshirishi, ijodiy ishni quyidagicha tayyorlash uchun aniq mavzu berish:janrni aniqlash, taklif qilinayotgan fragmentni u yoki bu xususiyatlarni aniqlash, syujetning xususiyatlari, personojlarning xulq-atvori va h.k1.
Anglashni o’rganish bilan ishlash kommunikasion to’siqlarni yechish bilan uzviy bog’liq. Kommunikasion to’siqlarning vujudga kelishi haqida gapirsak, shuni bilishimiz kerakki, vujudga kelishi sohasini ko’pincha quyidagilar tashkil etadi: Audiovizual informasiyani qabul qilish; o’zaro muloqotlar – “o’qituvchi-o’quvchi” va “o’quvchi-o’quvchi”. Kommunikasion to’siqning tipologiyasi haqida gapirilganda, quyidagilarni eslatish lozim: anglash to’sig’i: tez va to’g’ri anglash, e’tiborning konsentrat davomiyligi kabilar bilan aniqlanadi.
Fiziologik yengib o’tish turlari: Tushunish to’sig’i (axborotni ko’rib chiqishning dastlabki harakatini anglash, tassavur, fikr va tushunish). Yengib o’tish usullari: analog bo’yicha harakatlanish va mustaqil ijodiy harakatlanish. Tanishni va taqqoslashni, tajriba yig’ishni qayta ishlab berish ro’y beradi. Agarda yetarli bilimga va keng assosiativ maydonga ega bo’lsa analog bo’yicha harakatlanishdan ijodiy harakatlanishga o’tish mumkin.
O’zaro-shaxsiy kommunikasiya to’sig’i (pedagog bayonidagi badiiy topshiriqni tushunmaslik, taqdim qilingan talablarni kompleksi). Yengib o’tish usullari: kommunikasiya nazorati, axborotni mukammalashtirishning turli usullari, adresat aniqligi. Bu to’siqlarni yengib o’tishning quyidagi mashq turlarini taklif qilish lozim: kommunikasiya aspektlarini ajratish va qayta ishlash; axborotni boshqa shaklda taqdim qilish, turli kontekstlardan o’z dalillarini ajratish; axborotning hajmini va belgilar sistemasini o’zgartirish; turli manbalardan axborot izlash; uzoq muddatli axborotni izlash va uni qisqa mazmunda taqdim qilish. Anglashning tahlili o’quvchini mediamatnni tushunish va o’z konsepsiyasini ishlab chiqishga undaydi.
Hozirgi kunda mediamatn tahlilini ko’rib chiqishning ko’plab imkoniyatlari mavjud, ammo amaliyotda tahlil doim kompleks bo’ladi. Bilimning turli sohalariga nisbatan turli shaklga ega bo’lsa ham, axborot bilan ishlash qobiliyati rivoji epizodik xarakterga ega bo’lmasligi lozim. Bu ayniqsa axborotni qabul qilish, qayta ishlash sistemasi shakllanayotgan,boshlang’ich va o’rta maktablarda muhim ahamiyatga ega. Yuqori sinflarda mantiqiy fikrlash rivoji ko’p kuzatiladi. Bu yoshda dunyo katta sinf o’quvchilari qarshisida ko’plab axborot aloqalarida namoyon bo’ladi, ya’ni uni solishtirish, tahlil qilish, o’z nuqtai-nazarini asoslash kabilardir. Bu yuqori sinf o’quvchilari uchun nafaqat ijtimoiy hayotga ko’nikishi,balki professional yo’nalishda ham o’z o’rnini topishga yordam beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, informasion madaniyatning to’liq shakllanishi uchun axborotni dars vaqtida va darsdan tashqarida anglash va tahlil qilishning maxsus mashqlari zarur. Shu joyda esa mantiqiy fikrlashning axborot tahlili va ishlanmasi, imkoniyatni baholash o’z fikrini ifoda etish kabilarsiz tasavvur etib bo’lmaydi1.
Bu esa bizning diqqatimizni bolalar jurnalistikasiga qaratish zaruriyatini beradi. Bunda o’smir o’zi ko’rib turgan ommaviy axborot vositasini ko’chiribgina qolmay balki o’zi yangilik yaratish va dunyoga bo’lgan nazarini shakllantirish imkonini beradi. Televideniya sohasida bolalar jurnalistikasi kelajak kasbini tanlash, atrof-muhit haqidagi bilimlar, informasion qobiliyat kabilarni muhim integrasion nuqtasi bo’lib boryapti. Bu yerda mediata’lim kursi ham elektiv, ham shunchaki rivojlantiradigan qo’shimcha ta’lim kursi bo’lishi mumkin, ya’ni tanqidiy fikrlashning rivojlanishini aniqlaydigan kurs. Bunday kurs uchun ish faoliyati va kummunikativ munosabatlar birikuvi o’quv jarayoniga xos. Agar multimedia texnologiyalarini rivojlantirishni ko’rib o’tadigan bo’lsak, ekran obrazi va uning rivojlanish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Ammo bu o’quvchilar ijodining eng kam o’rganilgan sohasidir. Yuqorida sanab o’tganlarimiz multimedia texnologiyalari asosida bo’lgan badiiy imkoniyat o’quv jarayonini nihoyatda boyitadi, ammo ko’pgina qo’shimcha mashaqqatni talab etadi, mehnat, vaqt, kuch va qo’yilgan talablarga javob beradigan baza ham kerak. Bunda esa ham pedagog, ham o’quvchidan ko’p vaqt talab qilinadi, afsuski ko’p hollarda multimediada avdiovizual uchun ko’p vaqt ketganligi hyech kim tomonidan hisobga olinmaydi. Bizning sharoitimizda quyidagi asosiy tarbiyaviy maqsadlarni ko’rsatish mumkin: Individual yondashish –o’quvchilar ijodining potensialini amalga oshirish; O’quvchilarning amaldagi badiiy ijodiy harakatlarini amalga oshirish; O’quvchilar ijtimoiy moslashuvini tezlashtiruvchi pedagogik texnologiyalarni o’rganish;
O’quvchilarning vatanparvarlik ruhi va fuqarolik shaxsiyatini shakllantirish hozirgi kunda o’quv loyihasi va o’qishdan tashqari axborot mediata’lim texnologiyalarini o’rganish ta’lim va tarbiya samaradorligini oshirishni tub manbasi bo’lib qolmoqda. Mediata’lim texnologiyalari fanlarini o’rganishning samarali usullaridan biri bu har bir o’quv muassasasida mediata’lim o’quv predmedlaridan tashkil qilishdan tashqari badiiy loyihalarni tayyorlash va asrash o’quvchilarni kelajakda o’z kasbini tanlash va oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imkoniyatlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Pedagogik faoliyatning loyihaviy shakli faqatgina ta’lim va tarbiyani matnning umumiy konsepsiyasidan samarali bo’ladi. O’quv jarayonida loyihaviy faoliyatning roli quyidagi faktorlar bilan aniqlanadi.
1-O’quv yo’nalishining individualizasiyasi,
2-O’quvchilarga defferensial yondashuv,
3-Zamonaviy axborot texnologiyalarini bilish (o’rganish),
4-Dunyoni emosional va intelektual anglash barkamol muvozanatni shakllantirish,
5-O’smirning badiiy ijodiy potensiallarini oshirish
6-Bilimlar maktabidan harakat maktabiga o’tish.
Multimedia loyihasini bajarish faoliyat tizimi pedagogik amaliyotda qo’llanadigan harakatlar asosida qurilgan bo’lishi kerak. Maktab ta’lim bilan bazaviy va qo’shimcha ta’lim bog’liqligi modelini, to’garaklar va boshqa bolalar ijodiyotini quyidagi sxemada ko’rishimiz mumkin. Asosiy va qo’shimcha ta’limning o’zaro bog’liqligi. Videoproyektni bajarishni – mediata’lim texnologiyalarini o’rganishni xususiy model sifatida qarab chiqamiz. Amaliyotning eng yaxshi turlaridan biri – bu boshqa fan o’quv materiallariga asoslangan syujetni tasvirga olishdir. Bu o’quvchi uchun video tasvirga olish uchun zarur bo’lgan qo’shimcha materiallarni yig’ish va ishlab chiqish kabi ortiqcha yukdan ozod qiladi. Shundan qilib, biz bolani mustaqil ijodi bilan bajarilgan telestudio proyektlarini bajarishiga o’tishimiz mumkin. Videofilm yaratish uchun butun jamoani tartibga solingan mehnati kerak bo’ladi. Bunday jarayon aqliy hujum metodi orqali amalga oshiriladi. Ya’ni video tasvirga olishdan boshlab videomantaj, matn yozish, ovoz berish va uni real audiotoriyaga namoyish qilishgacha. Bunda har bir bosqich markazida bitta o’quvchi yoki bir guruh o’smirlar turishi mumkin. Informasion savodxonlik masalalariga ham katta e’tibor qaratiladi. Ya’ni, ommaviy kommunikasiya vositalari tilini tushunish va olingan axborotni to’liq talqin qilish, ommaviy kommunikasiya tilida savodli ma’lumotlarni yuborish va aloqa o’rnatish qobiliyati1.
Shunday qilib, mediata’lim texnologiyalari zamonaviy ta’lim muhitida mantiqiy fragmentga aylanadi. Tanqidiy fikrlash ham shaxsiyatning badiiy-ijodiy potensialini amalga oshirish, ham zamonaviy maktabni o’zgartirish bazasining oqimida joylashgan. Shuni aytib o’tish joizki, ikkilamchi fan standartlari asosida oldindan mediata’lim spektrlari mavjud. Ikkinchi avlodning standartlari qabul qilinishi bilan mediata’lim texnologiyalarining roli o’quv jarayonida o’sib boradi, endi ularni qanchalik amalga oshishiga imkon berish faqat bizga bog’liq. Funksional yuklamani inobatga olgan holda elektron medialar quyidagi pedagogik vositalar sifatida foydalanilishi mumkin:
1. An’anaviy vazifalarni maxsus shaklda qayta ishlash vositasi. Avvalo, bu gipermatnli ishlov berish sohasini qamrab oladi. Masalan, xabarlarni, hisobotlarni, multimedia taqdimotlarni tayyorlash va hokazo.
2. O’qitishda yordamchi: muayyan fanlardan elektron lug’atlar, ensiklopediyalar, internet-portallar bilan ishlash. Ta’lim materiallari taqdimotida ommaviy axborot vositalarining turli-xilligi sababli, muayyan ob’ektni ko’zdan kechirish vositasi sifatida ulardan foydalanish usullari kengaymoqda.
3. Aloqa vositasi (elektron media aloqa vositalari sayt yoki butun dunyo bo’ylab, ko’pincha elektron pochta yoki video-konferensiya shaklida ta’minlanadi, bu yerda bolalar va o’qituvchilar muloqot qilishi mumkin. Bundan tashqari, axborot vositalari axborotni internet orqali olish va foydalanishni ta’minlash, ya’ni bir vaqtning o’zida iste’mol qilish va axborotni ishlab chiqarishni nazarda tutadi.
4. Raqobatni modellashtirish vositasi, oddiy kuzatish orqali idrok etish qiyin bo’lgan munosabatlarni aniqlay olish imkonini beradi. Sun’iy olamlarni qurish orqali elektron media yangi pedagogik tadqiqotlarni qamrab oladi. O’quv materiallarini qayta ishlashda elektron mediadan foydalanishni Power Point taqdimoti orqali ko’rsatish mumkin. Bu topshiriqlar, hisobotlar, xabarlar va boshqalarni namiyish etishning zamonaviy shakllaridan biri bo’lib, Power Point yordamida vizual ta’limning didaktik tamoyilini amalga oshiradi. O’qituvchi tayyorlagan o’quv, psixologik trening, dizayn va taqdimotga muvofiq talabalar bu resurslardan qanday foydalanish bo’yicha tajribaga ega bo’ladilar. Elektron prezentatsiyalar ko’rinishida taqdim etilgan ma’lumotlar audio va video, musiqiy va animatsion effektlardan foydalanish orqali an’anaviy darsliklarning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Kompyuter bilan ishlash jarayonida talabalar qabul qilishning eshitish va vizual kanallaridan foydalanishadi, bu esa qabul qilingan ma’lumotlarning faqat hajmini emas, balki tushunarli bo’lishi va uzoq vaqt yodda saqlanishiga imkon yaratadi.
Elektron medialardan foydalanishning ikkinchi usuli – ma’lum bir ko’nikma va malakalarni o’rgatishga mo’ljallangan maxsus kompyuter dasturlaridan foydalanishdir. Bunda turli mavzularda keng materiallar taqdim etadigan internet portallari, maxsus saytlar va portallarga qo’shimcha ravishda treningda muhim va qiziqarli yordamchi videofilmlar, badiiy va hujjatli filmlar, videolardan foydalaniladi. Aloqa vositasi sifatida zamonaviy texnika vositalari elektron pochta, video konferentsiyalar va hokazolar asosida xalqaro loyihalarni tashkil qilish uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Umumiy telekommunikatsion loyihalar bilan bir qatorda, talabalar o’zlari tanlagan sohada o’z bilimlarini takomillashtirish ustida ishlashlari mumkin. Shu maqsadda tarmoqlarda mustaqil ta’lim olish uchunnyoki o’qituvchining rahbarligi (masofaviy kurslar) bo’yicha turli toifadagi talabalar uchun turli xil kurslar mavjud1.
Elektron medianing modellashtirish orqali taqdim etilgan dasturiy vositalari uyda, maktabda yoki oliy ta’lim muassasasida turib turli shahar va mamlakatlarga virtual sayohat qilish, xalqlarning an’analari va madaniyati bilan tanishish, asosiy diqqatga sazovor joylarni o’rganish imkonini beradi. Zamonaviy texnik qurilmalar talabalarga berilayotgan ma’lumotlarni ta’minlab berish bilan birga undan samarali va xohlagan sharoitda doydalanish imkoniyatini beradi, masalan shovqinsiz joyda, uyda, axborot-resusrs markazida. Media shaxsga yo’naltirilgan ta’limning muhim vositasi sifatida ko’rilmoqda.
Bunday vositalar («cognitive tools» - «kognitiv vositalar») quyidagilarni bajarishga imkon beradi:
– ta’lim mazmuni, uni ko’rib chiqish jihatlari bo’yicha turli nuqtai nazarlar;
– alohida vazifalar va ularni amalga oshirish usullarini tayyorlash;
– muayyan muammolarni hal qilish uchun talabalarni rag’batlantirish;
– muayyan vaziyatlarda real talablarni bajarish;
– guruhlarda hamkorlikni o’rganish;
– o’rganuvchiga o’qishni boshqarish va nazorat qilish imkonini beradi.



Download 354 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish