2-§. «Buxgalteriya hisobi» fanini o'rganishda hujjatlashtirish, hisob yuritish qoidalari va fanni o‘rganishda ularning tutgan o‘rni
Buxgalteriya hisobi fanining boshqa fanlardan ajralib turuvchi, xususiyati bu xo‘jalik yurituvchi subyektlaming barcha muomala- larini hujjatlarda aks ettirishdir. Aynan ana shu hujjatlashtirish orqali uzluksiz hisobga olish ta’minlanadi. Barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar sodir etgan xo'jalik muomalalari, ular orasidagi hamda yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob- kitoblar, ya’ni axborotlar hujjatlarda aks etadi. Buxgalteriya hisobida hujjat xo‘jalik muomalasi to'g'risidagi yozma guvohlik bo'lib, u buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga yuridik kuch bag‘islilaydi.
Shuning uchun, birinchidan, hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi fanining predmetini o'rganish metodlari orasida asosiy metod sifatida ko'riladi. Boshqa metodlar ham hujjatlashtirishga tayanadi.
Ikkinchidan, hujjatlashtirish uzluksiz olib boriladi. Shu asosida xo'jalik muomalalari ishonchliligi ta’minlanadi.
Uchinchidan, hujjatlar yuridik kuchga ega bo'lar ekan, demak, ular belgilangan ma’lum qonun-qoidalar asosida yuritilishini bildiradi. O'zbekistonda buxgalteriya hisobini yuritishni tartibga soluvchi huquqiy, me’yoriy hujjatlar to'rt darajali tiz n orqali amalga oshiriladi:
«Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi qonun hamda qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarning boshqa me’yoriy hujjatlari.
Buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish funksiyasi yuk- latilgan 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa or- ganlari tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standartlari.
Moliya vazirligi va boshqa organlar tomonidan amaldagi qonunlarga mos ravishda va tegishli obyektlarning hisobini tashkil qilishga doir metodik ko'rsatmalari va tavsiyanomalari, yo‘riqnomalari.
Korxonaga bevosita tegishli operatsiyalar va faoliyatga tegishli hisobga doir ishchi yo‘riqnomalar va ko'rsatmalar, ya’ni korxonalar hisob siyosatini aniqlaydigan hujjatlar. Korxonaning o‘zini buxgalteriya hisobini olib borishdagi birlamchi, ishchi hujjat- lari.
Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi va hisobotni tashkil etish hamda yuritish O'zbekiston Respublikasining 30. 08. 1996-yil qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajat- larining tarkibini hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to'g'risida Nizomni tasdiqlash to'g'risida»gi Qarori, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BXMS) va «Xo'jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo'jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi» asosida amalga oshiradi. Ushbu me’yoriy hujjatlar buxgalteriya hisobi va hisobotni tashkil qilish hamda olib borishning umumiy tartiblarini belgilaydi.
Ayniqsa, «Xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliya xo'jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi va uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma» nomli 21 - sonli «Buxgalteriya hisobi milliy standartlari»ning ishlab chiqilishi, buxgalteriya hisobi sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy bosqichlaridan biri bo'ldi. 2000-yil 30-martda Moliya vazirligining 37-sonli qarori bilan tasdiqlangan va 1-iyun 2000-yili Moliya vazirligida 430-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan bu standart buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga mos ravishda ishlab chiqilgan.
Respublikamizda buxgalteriya hisobini yuritish, hujjatlarni rasmiylashtirish davlat tomonidan o'rnatilgan buxgalteriya qoidalari asosida yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotga doir qonun hujjatlari buxgalteriya hisobining yagona huquqiy va metodologik asoslarini, uning tashkiliy qismlarini, buxgalteriya faoliyati va moliyaviy hisobot
tuzishning asosiy yo'nalishlarini, shuningdek, xo'jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot taqdim qilishi- ning asosini belgilaydi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya . hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan.
Buxgalteriya hisobi yuritishning asosini hujjatlashtirish tashkil qilishini hisobga olgan holda «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunda alohida ahamiyat berilgan.
Hujjatlashtirish, eng awalo, boshlang'ich hujjatlashtirishni to'g'ri va bexato olib borish muhim rol o'ynashi, boshqa hujjatlar ham ular asosida shakllantirilishini hisobga olib, qonunda ularni yuritish qanday tarzda rasmiylashtirilishi belgilab berilgan. Qonun- ning 9-moddasi boshlang'ich hisob hujjatlariga bag'ishlangan. Xo'jalik operatsiyalari o'tkazish uchun buxgalteriya hisobi operatsi- yalarini amalga oshirilganligini qayd etuvchi boshlang'ich hisob hujjatlari va ulami o'tkazishga doir farmoyishlar asos bo'Iadi.
Boshlang'ich hisob hujjatlari operatsiyalari amalga oshirilayot- gan vaqtda yoki operatsiyalar amalga oshirilib bo'lgandan keyin tuziladi.
Hisobot davriga tegishli bo'lgan xo'jalik operatsiyalari, agar ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo'lsa, tegishli boshlang'ich hujjat rasmiylashtirib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Boshlang'ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyida- gilar:
korxona (muassasa)ning nomi;
hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy;
xo'jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va miqdor o'lchovi (natura holida va pulda ifodalangan holida);
mas'ul shaxslaming shaxsiy imzolari.
Boshlang'ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ularni o'z vaqtida to'g'ri va aniq tuzilishi, shuningdek, buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga javobgardirlar.
Boshlang'ich hisob hujjatlariga xo'jalik operatsiyasi qatnashchilari tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi. Bank va kassa pul hujjatlarida tuzatishlar va o'chirib yozishlarga yo'l qo'yilmaydi.
Hujjadar o'z vaqtida tuzilishi.
To‘liq va ishonarli bo'lishi lozim.
Hujjatlarga asoslangan holda xo'jalik faoliyati ustidan dastlabki va joriy nazoratlami olib borish yo'lga qo'yiladi.
Buxgalteriya hisobi olib borish uchun yuritiladigan hujjatlar nihoyatda xilma-xil. Ularni turli mezonlarga ko'ra guruhlarga ajratish mumkin. Odatda ular tuzilgan joyi, aks ettirilgan xo'jalik muomala- larining soni, hajmi, qamrab olish usuli, maqsadiga ko'ra guruhlarga ajratiladi (hujjatlar tarkibi, sxemaga qarang).
Buxgalteruya hisobi hujjatlarida yo'l qo'yilgan xatoni tuzatish qoidalariga qat'iy amal qilinadi. Xatolarni tuzatish uch usul: kor- rektura, qo'shimcha provodka, «qizil storno» asosida amalga oshiriladi.
Buxgalterya hisobini to'g'ri yuritishning qoidalari ishlab chiqilgan va ular «Buxgalterya hisobi to'g'risida»gi qonunda o'z aksini topgan.
Qonunning 6-moddasida buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari ko'rsatilgan. Ular quyidagilar:
buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish;
uzluksizlik;
xo'jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarni pulda baholash;
aniqlik;
hisoblash;
oldindan ko'ra bilish (ehtiyotkorlik);
mazmunni shakldan ustunligi;
ko'rsatkichlaming qiyoslanuvchanligi;
moliyaviy hisobotning betarafligi;
hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;
aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
Shunday qilib, «Buxgalteriya hisobi» fanining yana bir muhim