Mavzu: O‘qituvchining pedagogik qobiliyati. Reja


Pedagogning shaxsiy qobiliyatlari



Download 260,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana26.09.2019
Hajmi260,51 Kb.
#22694
1   2
Bog'liq
oqituvchining pedagogik qobiliyati


Pedagogning shaxsiy qobiliyatlari. 

Interfaol  uslublarni  qo„llash  ta‟lim  beruvchi  va  ta‟lim  oluvchilarning 

hamkorligi g„oyasini amalga oshiradi, ularni konstruktiv harakatga o„rgatadi, 

ruhiy  iqlimini sog„lomlashtirishga  yordam  beradi, ishonchli sharoit  yaratadi. 

SHu  munosabat  bilan  pedagog  shaxsiga  u  yoki  bu  bilim  doirasidagi  tor 

mutaxassis  sifatida  emas,      balki  yuqori  ma‟naviy  sifatlar,  ziyrak  va 

tashabbuskor,  sodda  va  moslashuvchan,  hayotiy  tajribaga  ega  shaxs  sifatida 

kuchli e‟tibor qaratiladi.  

Pedagog  shaxsining  profeissional  sifatlarini  tuzilishida  ruhshunoslar  4 

ta etakchi blokni belgilaydi. 

Dunyoqarash,  ishonch  va  ideallar,  madaniyat  darajasi,  ya‟ni  aynan 

talabalarga  singdirish  va  ularda  rivojlanishi  zarur  bo„lgan  axloqiy 

xususiyatlar. 

Pedagogik  faoliyatga  ijobiy  munosabat,  shaxsning  pedagogik 

yo„nalganligi,  pedagogik  moyilliklar  boshqacha  aytganda  o„qituvchining 

pedagogik ishga o„zini baxshida etishga intilish va barqaror xohish bo„lishi. 

Profeissional pedagogik bilim va malaka ko„nikmalarni vosita, uslub va 

jihozlar jamlanmasi yordamida aqlli, yaxshi, abadiy etishga umid qildi. 

Pedagogik  qobiliyatlar  –  ya‟ni  ta‟lim  vositalari,  uslublari  va 

instrumentlaridan ta‟lim maqsadi va auditoriyaga muvofiq holda samaraliroq 

foydalanish. 

SHunday  qilib,  o„qitishdagi  muvafaqqiyat  o„qituvchi  shaxsining  ilg„or 

dunyoqarashi,  yuqori  axloqiy  sifatlari,yuksak  bilim  darajasi,  professional 

malaka  va  ko„nikmalari,  yuqori  darajali  ijtimoiy  madaniyati  va  pedagogik 

yo„nalganligiga bog„liq. Biroq bularning  o„zi o„qituvchiga etarli emas, aqliy 

doiraga  kiruvchi  shaxsning  ayrim  o„ziga  xos  ruhiy  xususiyatlari  ham 

emotsional  iroda  zarur  bo„ladi.  Bu  xususiyatlar  pedagogik  faoliyat  shaxsga 


qo„yilgan talablarga javob bo„lgani uchun ham uning muvafaqqiyatiga ta‟sir 

ko„rsatadi.  

SHaxsning ko„pchilik pedagogik faoliyat talablariga javob beruvchi va 

ushbu  faoliyatini  egallashdagi  muvafaqqiyatini  aniqlab  beruvchi  pedagogik 

qobiliyatdir. 

Pedagogik qobiliyatlarni shartli ravishda 3 guruhga bo„lish mumkin: 1. 

O„qituvchi  shaxsining  shaxsiy,  didaktik  va  tashkiliy  –  kommunikativ 

qobiliyatlari.  SHaxsiy  qobiliyatlarga:  a)  talabalarga  moyillik,  ya‟ni  talabalar 

bilan ishlash, muloqot qilish xohishi va intilish, ular bilan muloqotdan chuqur 

rohat  olish,  yaxshi  munosabatda  va  ziyrak  bo„lishlik.  SHu  munosabat  bilan 

A.M.Gorkiy  A.S.Makarenko    haqida    “U  bolalarga  muhabbat  alangasida 

yonardi  ”  –deydi.  V.A.Suxomlinskiy  “Bolalarga  yuragimni  beraman”  nomli 

kitob yozgan, kitobning nomini o„zidan gap nimada ekanligini bilish mumkin; 

b)  sabr-  toqat  o„zini  tutish  –  har  doim‚  har  qanday  sharoitda,  o„z  his- 

tuyg„ularini, temperament, boshqarish, axloqi  ustida nazoratni yo„qotmaslik; 

biroq bu o„z o„rnida jahl va xursandchilik talabalar axloqiga nisbatan e‟tirozni 

inkor  etmaydi.  Bundan  tashqari,  xotirjamlik  va  sabr  –  toqat,  befarqlik  va 

sovuqqonlikka aylanmasligi lozim. Bundan o„qituvchi topqirligi va vaziyatni 

boshqarishi katta ahamiyatga ega; v) o„z ruhiy holatini, kayfiyatini talabalar 

kayfiyati  va  ta‟lim  muvafaqqiyatini  boshqarishg  qobiliyatiga  bog„liq. 

O„qituvchini tetik, hayoidan xursand‚ lekin ortiqcha hayajonsiz ko„rish odatiy 

hol. 


Ta’limda didaktik, tashkilotchilik, bilish, anglash, 

konstruktiv, kommunokativ qobiliyatlar. 

Didaktik  qobiliyatlar  quyidagilarda  namoyon  bo„ladi:  a)  tushuntirish 

qobiliyati‚  ya‟ni  talabalarni  ko„zi  bilan  ko„rishi  va  eshitishi,  tushunarsiz 

atamalarni  tushunarli,  sodda  va  hammabop  qila  olishi;  b)  akademik 

qobiliyatlar,  boshqacha  aytganda  predmet,  fan  sohasini  bilishi,  eruditsiyasi, 

dunyoqarashni  keng  bo„lishi  o„z  ustida  ishlash  natijasi  sifatida  qaraladi;  v) 

nutq qobiliyatlari, o„z fikri va his tuyg„ularini nutq shaklida aniq va ravshan 


namoyon  qilish  qobiliyati,  nutqni  muloqotning  noverbal  vositalar,  ya‟ni 

mimika  va  pantomimika  bilan  birga qo„shib  olib borishi.  Bundan predmetni 

bilish,  o„zi  bayon  qilayotgan  so„zlarga  ishonishi  murakkab  frazeologik 

iboralardan  voz  kechish‚  qo„llanayotgan  atama  va  tushunchalarni  izohlash, 

nutq sur‟ati va balandligi. 

Tashkiliy  –  kommunikativ  qobiliyatlar  quyidagi  sifatlar  bilan 

tavsiflanadi:  

A)  tashkiliy  qobiliyatlar,  bunda  faoliyatning  2  yo„nalishini  belgilash 

zarur  –  birinchidan,  ta‟lim  oluvchilar  jamoasini  tashkil  qilish,  ikkinchidan‚ 

o„z ishini to„g„ri tashkillashtirish, rejalashtirish va o„z – o„zini nazorat qilish, 

o„quv  jarayonining  vaqt  jihatdan  chegaralanganligini  ijobatga  olgan  holda‚ 

bilimlarni etkazish uchun o„qituvchidan maksimum kuch talab etiladi; 

 B) kommunikativ qobiliyatlar – ta‟lim oluvchilar jamoa, alohida shaxs 

bilan  ularni  individual  va  yosh  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda‚  to„g„ri 

o„zaro  munosabat  o„rnatish;  buni  ikki  chegaraning  o„rtasida  –  sovuq 

begonalik va familyar munosabatlardan bilish lozim;  

S) pedagogik kuzatuv yoki a.s. Makarenko aytganidek‚ “YUzaga qarab 

o„qish  qobiliyati  ”,  ya‟ni  ta‟lim  oluvchining  ichki  dunyosiga  kira  olish, 

ziyraklik,  talaba  shaxsini  tushunish  va  uning  vaqtinchalik  ruhiy  holatlarini 

anglash.  Bularga‚  albatta,  tashqi  omillar,  talabaning  xulq-atvori  hamda 

pedagogik tajriba ham ta‟sir ko„rsatadi;  

D) pedagogik taktika – ya‟ni talabalarga ta‟sir ko„rsatishning maqsadga 

muvofiq  choralarni  topish  qobiliyati‚  ularning  individual  va  boshqa 

xususiyatlarini inobatga olgan holda‚ konkret vaziyatdan kelib chiqib‚ inson 

shaxsiyatiga tegmagan holda;  

E)  suggestiv  qobiliyat  –  talabalarga  emotsional  –  irodaviy  ta‟sir 

ko„rsatish qobiliyati, talab qo„yish va ularni bajarilishi, hech qanday bosim va 

zo„rlashsiz, shu bilan birga yumshoqlik va irodasizlik; 



F)  pedagogik    xayol,  o„z  harakatlarining  oqibatlarini  oldindan  ko„ra 

olish  qobiliyati,  ta‟lim  oluvchilar  shaxsini  tarbiyaviy  loyihalash,  ta‟lim 

oluvchining u yoki bu sifatlarini rivojlantirish oldindan ko„rish qobiliyati; 

G)  diqqatni  taqsimlash,  o„z  diqqatini  bir  nechta  ob‟ekt  va  faoliyatlar 

orasida taqsimlash, ya‟ni materialni bayon qilish, fikr rivojlanishini kuzatish, 

yuzaga kelgan savollarga o„z vaqtida javob berish, ta‟lim oluvchilar jamoasi 

xulq – atvorini nazorat qilish. 

Pedagogik  texnologiya  pedagoglarning  professional  ahamiyatli 

mahoratlari  tizimini  aniqlab  beradi.  Ta‟lim  oluvchiga  ta‟sir  ko„rsatishni 

tashkil  qilish  bo„yicha  pedagogik  faoliyatni  texnologikligini  anglash 

uslublarini taklif etadi. 

Har  bir  pedagog  ta‟lim  oluvchiga  ta‟sir  ko„rsatishni  ko„pgina 

parametrlarga ko„ra tuzadi. Emotsional – ruhiy holat, yoshga oid va madaniy 

rivojlanishning  umumiy  darajasi,  munosabatlarnining  shakllanganligi, 

ma‟naviy va intellektual rivojlanish va boshqalar. YAkunida tashqi namoyon 

asosida  talaba  shaxsi  har  bir  birlamchi  tasavvurda  shakllanadi.  Pedagogik 

ta‟sir Xarakterini ko„p jihatdan aniqlab beradi.  

Pedagogik  texnologiya  nuqtai  nazaridan  pedagogika  bilan  prinsipial 

talablarni  olimlar  pedagogik  ta‟sir  uslubini  qo„llashning  umumiy  qoidalarini 

belgilashdi: 

Talabalarga nisbatan talab va hurmatning uyg„unligi. 

Har qanday pedagogik ta‟sirning tayyorlanganligi. 

Ushbu ta‟sirni oxirigacha etkazish. 

Ta‟lim natijasi uchun mas‟uliyatni his qilish qobiliyati. 

Ushbu har bir nizomni olib chiqib, ta‟kidlash joizki, ularning hammasi 

ta‟lim  oluvchilarning  bilish  faoliyati hamda predmet  va  natijasiga qiziqishni 

rivojlantirishiga yo„naltirilgan.  

SHuni  unutmaslik  joizki,  ta‟lim  muvafaqqiyati  pedagog,  uning  yuqori 

professional mahorati, uning shaxsiy xususiyatlariga ko„p jihatdan bog„liq.  


Kasbiy  qobiliyat  -  odamning  shunday  psixologik  xususiyatlaridirki, 

bilim, malaka orttirish shu xususiyatlarga bog„lik bo‟ladi. 

Odamning  qobiliyatlari  bilim  va  ko‟nikmalarni  egallashda  muxim 

xisoblanadi.  Bu  bilim  va  ko‟nikmalar  egallandimi  yoki  yukmi  -  bularning 

xammasi, juda kup   sharoitlarga boglikdir.                               

Qobiliyat tarakkiy etmay, so‟lib ketishi ham mumkin. O‟quvchida xali 

zarur ko‟nikma va malakalar tizimi xamda mustaqil bilimlar va tarkib topgan 

ish uslublari yo‟qligiga asoslanab, jiddiy tekshirmay shoshilinch ravjida unda 

qobiliyatlar  yo‟q  deb  xulosa  chiqarish  pedagogning  jiddiy  xatosi  bo‟ladi. 

Qobiliyatlar  bilim,  malakalar,  ko‟nikmalarda  ko‟rinmaydi,  balki  ularni 

egallash  dinamikasida  namoyon  bo‟ladi,  ya‟ni  boshqacha  aytganda  mazkur 

faoliyat  uchun  muhim  bo‟lgan  bilim  va  ko‟nikmalarni  o‟zlashtirish  jarayoni 

turli  sharoitlarda  qanchalik  tez,  chuqur,  yengil  va  mustahkam  amalga 

oshirishingizda namoyon buladi. 

Demak,  qobiliyat  shaxsning  faoliyatini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish 

sharti  hisoblangan  va  bilim,  ko‟nikma  xamda  malakalarni  egallash 

dinamikasida  yuzaga  chiqadigan  farqlarda  namoyon  bo‟ladigan  indiviudal  -

psixologik xususiyatdir. Agar shaxsning ma‟lum sifatlari yig„indisi odamning 

pedagogik  jihatdan  asoslab  berilgan  vaqt  oraliqida  egallagan  faoliyati 

talablariga  javob  bersa,  bu  narsa  bizga,  unda  mazkur  faoliyatga  nisbatan 

qobiliyati bor deb xulosa chiqarishga asos bo‟ladi. 

Qobiliyatlar  taraqqiyotning  yuksak  bosqichiga  iste‟dod  deb  ataladi. 

Iste‟dod deb odamga  qandaydir  murakkab  mehnat  faoliyatini muvaffaqiyatli 

mustaqil  va  original  tarzda  bajarish  imkonini  beradigan  qobiliyatlar 

uyushmasiga  aytiladi.  Iste‟dod  mahoratning  dastlabki  sharti  bo‟lib,  lekin 

mahoratning  o‟zidan  ancha  uzoqdir.  Moxir  usta  bo‟lmoq  uchun  juda  ko‟p 

ishlash  kerak,  Iste‟dod  mehnatdan  ozod  qilmaydi,  katta  ijodiy  va  zo‟r 

mehnatni  taqazo  qiladi.  Iste‟dodli  kishilar  shubhasiz  meqnat  orqali  olamga 

mashhur bo‟lgan mahorat darajasiga erishganlar. 

 


«Ta‟lim  to„g‟risida»gi  Qonun  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  

ta‟lim  sohasida  amalga  oshiriladigan  ishlarning  maqsadi,  vazifalari  va 

yo„nalishlarini  belgilab  berdi.  Bu  vazifalarni  amalga  oshirish,  avvalo 

o„qituvchiga,  uning  bilimi  va  kasb  mahoratining  shakllanganlik  darajasiga 

bog‟liq. Zero, o„qituvchi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni nechog‟lik vijdon, 

aql  va  pedagogik  mahorat  bilan    bajarilishi  jamiyat  kelajagini  ta‟minlovchi 

muhim omildir. 

Pedagogik  mahorat  asoslari  fanining  paydo  bo„lishi  buyuk  pedagog 

A.S.Makarenko  (1889-1939)  nomi  bilan  bevosita  bog‟liq.  U  bolalar 

kalonnasidagi  faoliyatida,  ya‟ni  faqat  tarbiyasini  emas,  ma‟naviy  qiyofasini 

ham yo„qotgan bolalar bilan ishlab, ularning benihoya hurmati va ishonchiga 

sazovor  bo„ldi.  Shaxsiy  tarbiyaviy  usuli  bilan  butun  olamga  mashhur 

bo„lganligining  o„zi  ham  A.S.Makarenkoning  yuksak  pedagogik  mahorat 

cho„qqisiga  erishganligining  yaqqol  dalilidir.  YuNESKO  qarori  bilan  uning 

100 yilligiga 1988 yil - «Makarenko yili» deb e‟lon qilindi. 

A.S.Makarenko  bo„lajak  pedagog  talabalik  davridayoq  pedagogik 

mahorat sirlarini o„rganishi zarurligini ta‟kidlab, shunday deydi: «Tarbiyachi 

tashkil  etishni,  yurishni,  hazillashishni,  quvnoq,  jahldor  bo‘lishni  bilishi 

lozim,  u  o‘zini  shunday  tutishi  lozimki,  uning  har  bir  harakati 

tarbiyalasin.»

1

  

Buyuk  pedagogning  bu  fikriga  Ukraina  pedagogika  instituti  olimlari 

katta  mas‟uliyat  bilan  qarashdi.  Ular  bir  necha  yillar  davomida  Makarenko 

pedagogik mahorati maktabini, mavjud bo„lgan ilg‟or nazariya va amaliyotni 

atroflicha tahlil qilishdi. Natijada 1979 yili «Pedagogik mahorat asoslari» fani 

yaratildi va u barcha pedagogika oliy o„quv yurtlarida o„qitila boshlandi. Bu 

fanning  tuzilish  printsipining  o„ziga  xosligi  shundaki,  u  pedagogda  shaxs  va 

jamoaga  ta‟sir  eta  olishni  ta‟minlaydigan  va    turli  fanlarga  bog‟liq  bo„lgan 

bilimlarni  tanlab,  ularni  o„zida  mujassamlashtiradi.  Shuning  uchun  ham  fan 

                                                 

1

 Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновастион технологиялар. Тошкент, 



2008. -181 б. 146-бет.

 


dasturiga  pedagogik  mahorat  mohiyati,  o„quvchiga  ta‟sir  etish  vositalari  va 

usullari    kabi  pedagogik  mahoratning  odatdagi  masalalaridan  tashqari,  teatr 

pedagogikasi  va  notiqlik  san‟ati  haqidagi  ma‟lumotlar  ham  kiritilgan.  Bu 

fanni  o„rganish  pedagogika,  psixologiya,  metodika  va  boshqa  pedagogik 

fanlardan egallangan bilimlarga asoslanadi. 

Pedagogik  mahorat  -  bu  o„quv  jarayonining  barcha  shakllarini  eng 

qulay  va  samarali  holatda  tashkil  etish,  ularni  shaxs  kamoloti  maqsadlari 

tomon  yo„naltirish,  talabalarda  (o„quvchilarda)  dunyoqarash,  qobiliyatni 

shakllantirish,  ularda  jamiyat  uchun  zarur  bo„lgan  faoliyatga  moyillik 

uyg‟otishdir.  

Pedagogik  mahorat  yaxlit  tizim  sifatida  quyidagi  tarkibiy  qismlardan 

iborat bo„ladi:  

-  pedagog  shaxsini  insonparvarlik  yo„nalishiga  ega  bo„lishi,  uning 

qiziqishlari,  qadriyat  yo„nalishlari  va  ideallarining  oliy  maqsad-barkamol 

avlod tarbiyalashga yo„naltirilganligi; 

- mutaxassislik fanlari, o„qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan 

mukammal bilimga ega bo„lish; 

-  pedagogik  qobiliyatga  ega  bo„lish  (muloqotga  moyillik,  ishchanlik, 

kelajakni  tasavvur  qila  olish,  kasbiy  mustaqillik,  sensor  axborotlarni  tezlik 

bilan anglash (yuzidan uqib olish); 

-  pedagogik texnikani  egallash, ya‟ni  o„z-o„zini  boshqara  olish, o„zaro 

ta‟sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalash.  

Pedagogik  mahorat  o„z  ichiga  bolalar  haqidagi,  ularning  psixologiyasi 

to„g‟risidagi,  maktab  haqidagi,  ta‟lim-tarbiya  jarayonlarini  tashkil  etish  va 

uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar 

umumiy  pedagogik  madaniyatni  tashkil  etadi,  o„qituvchi,    tarbiyachi  bu 

madaniyatni  egallamasa,  hech  vaqt  o„z  ishining  chinakam  ustasi  bo„la 

olmaydi,  yomon,  eski  usuldan,  bir  qolipdagi  tayyor  andozalarni  ishlatishdan 

nariga o„tmaydi. 



Biroq,  zamonaviy  o„qituvchiga  birgina  umumiy  madaniyatning  o„zi 

kifoya  qilmaydi,  maxsus  bilimlar  va  malakalar  -  bolalarni  kuzatish,  ularning 

o„sishidagi  muhim  narsalarni  aniqlay  olish,  ularni  rivojlantirish  yo„llari  va 

usullarini  aniqlash,  turli  o„zaro  ta‟sirini  chuqur  tahlil  qilish,  pedagogik 

izlanishlar  va  yutuqlarni  ilmiy  jihatdan  bir  tizimga  solish  malakalari  zarur 

bo„ladi. 

Pedagogik  faoliyatning o„ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo„ladi. 

1. 


Inson  tabiatning  jonsiz  moddasi  emas,  balki  o„zining  alohida 

xususiyatlari, ro„y berayotgan voqealarni idrok qilishi va ularga o„zicha baho 

beradigan, 

takrorlanmaydigan 

faol 

mavjudotdir. 



Psixologiyada 

ta‟kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o„z 

maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo„lgan ishtirokchisi hamdir. 

2. 


Pedagog  doimo  o„sib-o„zgarib  boradigan    inson  bilan  ishlaydi. 

Ularga  yondashishda  bir  xil  qolip,  shakllanib  qolgan  xatti-harakatlardan 

foydalanish  mumkin  emas.  Bu  esa  pedagogdan  doimo  ijodiy  izlanib  turishni 

talab qiladi. 

3. 

O„quvchilarga pedagogdan tashqari, atrof-muhit, ota-ona, boshqa 



fan o„qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham ta‟sir etadi. 

Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o„zida jamiki ta‟sirlarga va 

o„quvchilarning  o„zida  paydo  bo„lgan  fikrlarga  tuzatishlar  kiritib  borishni 

nazarda tutadi. 

Pedagogik maqsadning o„ziga xosligini  quyidagilarda bilish mumkin: 

1. 


Pedagogik  faoliyatning  maqsadi  jamiyat  tomonidan  belgilanadi, 

ya‟ni  pedagog  faoliyatining  natijasi  jamiyat  manfaatlari  bilan  bog‟liqdir. 

Uning  mehnati  yoshlar  shaxsini  har  tomonlama  kamol  toptirishga 

yo„naltirilgan.  Pedagogik  faoliyat  avlodning  ijtimoiy  uzviyligi  (ketma-

ketligi)ni  ta‟minlaydi.  Bir  avlod  tajribasini,  ikkinchi  avlodga  o„tkazadi, 

ijtimoiy  tajriba  orttirish  uchun  insondagi  tabiiy  imkoniyatlarni  ro„yobga 

chiqaradi.  


2. 

Pedagog  faoliyati  doimo  shaxs  faoliyatini  boshqarish  bilan 

bog‟liq.  Bunda  pedagogik  maqsad  o„quvchi  maqsadiga  aylanishi  muhimdir. 

Pedagog  o„z  faoliyati  maqsadini  va  unga  erishish  yo„llarini  aniq  tasavvur 

qilishi va bu maqsadga erishish o„quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini 

ularga  anglata  olishi  zarur.  Gyote  ta‟kidlaganidek:  «Ishonch  bilan  gapir,  ana 

shunda  so„z  ham,  tinglovchilarni  mahliyo  qilish  ham  o„z-o„zidan 

kelaveradi»

2



3. 



Pedagogik  (ta‟lim-tarbiya)  jarayonda  o„quvchi  faoliyatini 

boshqarish  shuning  uchun  ham  murakkabki,  pedagog  maqsadi  doimo 

o„quvchi  kelajagi  tomon  yo„naltirilgan  bo„ladi.  Buni  anglagan  holda,  mohir 

pedagoglar o„z  faoliyatini  mantiqan  o„quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda 

loyihalaydilar.  Hamkorlik  pedagogikasining    tub  mohiyati  ham  ana  shundan 

iborat. 


Shunday  qilib,  pedagogik  faoliyat  maqsadining  o„ziga  xosligi 

o„qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:   

-  jamiyatning  ijtimoiy  vazifalarini  to„la  anglab,  o„z  shaxsiga  qabul 

qilishi.  Jamiyat  maqsadlarini  «o„sib»  uning  pedagogik  nuqtai    nazariga 

aylanishi; 

- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi; 

-  o„quvchilar  qiziqishlarini  e‟tiborga  olish,  ularni  pedagogik 

faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish; 

O„quvchi  shaxsiga  doimo  ijobiy-axloqiy  ta‟sir  ko„rsata  oladigan 

kishigina  haqiqiy  tarbiyachidir.  Bunga  erishish  uchun  pedagog  o„zining 

axloqiy sifatlarini  doimo takomillashtirib borishi zarur.  

O„quvchilarni  mehnat,  muloqot,  o„yin,  o„qish  kabi  faoliyat  turlarida 

ishtirok    etishlari  tarbiyaning  asosiy  vositasi  hisoblanadi.  Har  bir  mohir 

pedagog o„zining individual pedagogik tizimiga ega bo„lishi kerak. 

                                                 

2

 Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновастион технологиялар. Тошкент, 



2008. -181 б.  



Ayrim  pedagoglar    kasbiy  mahorat  sirlarini  egallash  uchun,  avvalo 

ta‟lim-tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki 

aynan metodlar yordamida pedagog o„z o„quvchilarini turli o„quv faoliyatiga  

jalb  qiladi.  Shu  bilan  birga  o„quvchilarni  bilim  olishga  qiziqtirishda 

o„qituvchi  tomonidan  tanlangan  metodlar,  usullar  va  topshiriqlardan  boshqa 

sabablar  ham  ta‟sir  etadi.    Pedagog  faoliyatining    muvaffaqiyatli    kechishi 

uning  shaxsi,  xarakteri,  o„quvchilar  bilan  muomalasiga  ham  ko„p  jihatdan 

bog‟liq  bo„ladi.  Odatda  bularning  ta‟lim-tarbiya  jarayoniga  ta‟siri 

ahamiyatsizdek  tuyuladi.  Ammo  tajribali  pedagog,  uning  xatti-harakati 

o„quvchilarga    qanday  ta‟sir  ko„rsatayotganligiga  ahamiyat  berib,  unga 

kerakli  tuzatishlar  kiritib,  takomillashtirib  boradi.  Shuning  uchun  ham 

pedagogik mahoratni o„qituvchi shaxsi sifatlarini majmui sifatida qaralib, uni 

o„qituvchi  yuqori  darajada  psixologik-pedagogik  tayyorgarlikka  ega  bo„lishi 

bilan bog‟liq bo„lishini unutmaslik lozim. 

Shunday qilib, pedagog-muallim o„z mahoratiga quyidagi bosqichlarda 

erishishi mumkin: 

1.  Pedagogika-psixologiya fanlarini chuqur o„rganish. 

2.  Maxsus fanlar, ularni o„qitish metodikasini chuqur bilish. 

3.  Pedagogik amaliyotda faol ishtirok etish va uni samarali o„tkazish. 

4.  O„z  faoliyatini    doimo  tahlil  qilib,  unga  nisbatan  tanqidiy 

munosabatda bo„lish. 

5.  O„z ustida mustaqil ishlash, malaka oshirish kurslarida o„qib borish. 

O„qituvchilik – inson jamiyati tarixi boshlangandan e‟tiboran davom 

etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e‟tiborga 

loyiq e‟zozlab kelingan kasbdir. 

 “…O„qituvchi, – deydi Al Forobiy, - aql-farosatga, chiroylik nutqqa 

ega bo„lishi va o„quvchilarga aytmoqchi bo„lgan fikrlarini to„la va aniq 

ifodalay olishni bilmog‟i zarur.” U o„z fikrini davom ettirib: “O„qituvchi va 

rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o„xshaydi, shu sababli 

o„qituvchi eshitgan va ko„rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, 



chiroyli nutqqa ega bo„lishi, o„quvchilarga aytmoqchi bo„lgan fikrlarini to„la 

va aniq ifodalab berishni bilmog‟i lozim. Shu bilan birga o„z or-nomusini 

qadrlashi, adolatli bo„lmog‟i lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak 

darajasiga ega bo„ladi va baxt cho„qqisiga erishadi”

3

,- deb ta‟kidlaydi.  



Abu Ali ibn Sinoning fikricha “…O„qituvchi matonatli, sof vijdonli, 

rostgo„y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan 

odam bo„lmog‟i lozim. O„qituvchi o„quvchining butun ichki va tashqi 

dunyosini o„rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‟i lozim”

4



       Nosiriddin Tusiy o„zining “O„qituvchilarni tarbiyalash to„g‟risida” 



degan asarida shunday deydi: “…O„qituvchi munozaralarni olib borishni, rad 

etib bo„lmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, o„z fikrlarining 

to„g‟riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy 

ifodalanadigan bo„lishi lozim… O„qituvchi nutqi hech qachon va hech 

qayerda zaharxandali, qo„pol yoki qattiq bo„lishi mumkin emas. Dars paytida 

o„qituvchining o„zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin…”

5

 

       Qoshg‟ariy: “…Men a‟zolar kasalligini davolashdan oldin 



odamlarning ruhiyatini davolashni zarur deb topdim. Bunga men o„qituvchilik 

yo„li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a‟zolar 

kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar xalok bo„lsalar, nodonlik, 

bilimsizlik tufayli o„n ming va yuz minglarcha odamlar xalok bo„ladilar…”. 

       Ulug‟ shoirimiz Alisher Navoiy ham o„qituvchi mehnatini xolisona 

baholab: “Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq 

qilsa arziydi”, “Haq yo„lida kim senga bir harf o„rgatmish ranj ila” kabi 

satrlar bitgan.  

                                                 

   


3

 

Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. Тошкент: Халқ мероси, 1999. – 224 б. 



 

4

 



Абу Али ибн Сино. Зийнат. Тошкент: Шарқ , 1992. 

 

5



 

Ўрта  Осиёда  педагогик  фикр  тараққиётидан  лавҳалар.  (Тузувчи-муаллифлар:  А.Зуннунов  (раҳбар), 

М.Ҳайруллаев, Н.Хотамов, Д.Шодиев). Тошкент: Фан, 1997. – 352 б. 

 


Hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotini buyuk allomalarimiz yaratgan bir 

necha qimmatli asarlarsiz tasavvur qilib bo„lmaydi. Bu nodir asarlar bir necha 

asrlar ilgari yaratilgan bo„lsada, o„z qimmatini yo„qotmagan. 

O„qituvchining o„rni va uning vazifalari o„sib kelayotgan yosh avlodni 

tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e‟tibor qaratilishining 

naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi. 

Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tatbiq 

etish jarayonida o„qituvchining yosh avlodga ta‟lim va tarbiya berishda 

jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi. 

Zamonaviy maktab o„qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O„qituvchi – 

sinfdagi o„quv jarayoni tashkilotchisidir. O„qituvchi o„quvchilar uchun dars 

payti, qo„shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari paytlarda ham 

kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko„pchilik 

o„qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari 

bo„lib hisoblanadilar. 

Zamonaviy o„qituvchi ijtimoiy psixolog bo„lmasligi mumkin emas. 

Shuning uchun ham u o„quvchilar o„rtasidagi o„zaro munosabatlarni yo„lga 

sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan 

foydalanishni bilishi zarur. 

Ma‟lumki, pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab 

sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidan qo„yiladigan talablaridan eng muhimi 

o„qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog‟liq xislatlarga qaratilgan. 

O„qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari quyidagilar: 

-o„qituvchining o„z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni 

insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o„z yurti, ona tili, o„z xalqining tarixi 

va uning madaniyatini sevishi, davlatning mustaqilligi g‟oyasida yashashidan 

iboratdir; 

-ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi; 



    -olijanobligi, aql-farosatli, ma‟naviy pok – ma‟naviyat va ma‟rifat 

bo„yicha yuksak maqsadlarga mos kelishi, bunday xislatlarni jamiyat xohishi 

bo„yicha bolalarga singdirib borishi;  

   -  o„zini qo„lga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir. 

Jamiyatning o„qituvchilik kasbiga qo„yadigan asosiy talablari 

kuyidagichadir: 

   - shaxsni ma‟naviy va ma‟rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy 

uyg‟onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini 

bilishi, bolalarni mustaqillik g‟oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, 

o„z  Vatani, tabiatga va oilasiga bo„lgan muhabbati; 

   -   keng bilim saviyasiga ega bo„lishi, turli bilimlardan xabardor 

bo„lishi; 

   - yosh pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, 

yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega 

bo„lishi; 

   -  o„zi dars beradigan fan bo„yicha mustahkam bilimga ega bo„lib, o„z 

kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan 

xabardor bo„lishi; 

ta‟lim va tarbiya metodikasini egallashi; 



o„z ishiga ijodiy yondashishi; 

bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi; 



   -    pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta‟limning ifodali vositalari) 

va pedagogik taktga ega bo„lishi; 

   -  o„qituvchining o„z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda 

oshirib borishi. 

       Har bir o„qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan 

bo„lishiga intilishi kerak.  



 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 

1.  Karimov  I.A.  O„zbekiston  demokratik  taraqqiyotning  yangi 

bosqichida. Toshkent: O„zbekiston, 2005.  

2.  Karimov  I.A.  Yuksak  ma‟naviyat  –  yengilmas  kuch.  Toshkent: 

Ma‟naviyat, 2008. -176 b. 130-bet 

3.  O„zbekiston  Respublikasining  “Ta‟lim  to„g‟risida”gi  Qonuni. 

Toshkent: Sharq, 1997. 

4.  Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Toshkent: Sharq, 1997. 

5.  Abu Ali ibn Sino. Ziynat. Toshkent: Sharq , 1992. 

6.  Abu  Nasr  Forobiy.  Fozil  odamlar  shahri.  Toshkent:  Xalq  merosi, 

1999. – 224 b.  

7.  Ajdodlar  o„giti.  Hikmatlar,  hikoyatlar,  tamsillar.  //  To„plovchi 

B.Ahmedov. Toshkent: Cho„lpon, 1991. 

8.  Azarov Yu.I. Bolalarni sevish san‟ati. Toshkent: O„qituvchi, 1992.  

9.  Azizxo‟jayeva  N.N.  Pedagogik  texnologiyalar  va  pedagogik 

mahorat. Toskent, 2006. 

10.  Asqarova  O„.  Qoraboyeva  Z.  Pedagogik  mahorat  asoslari. 

Muammoli ma‟ruzalar matni. Namangan, 2005. 

11.  Ishmuhamedov  R.,  Abduqodirov  A.,  Pardayev  A.  Ta‟limda 

innovatsion texnologiyalar. Toshkent, 2008. -181 b. 146-bet. 

12.  Nishonova  S.  Sharq  Uyg‟onish  davri  pedagogik  fikr  tarixida 

barkamol inson tarbiyasi: Ped.fan.dokt. ... diss.  Toshkent, 1998. – 288 b. 

13.  Ochil M. Yangi pedagogik texnologiyalar.  Toshkent, 2000. 

14.  Saidahmedov  N.  Pedagogik  mahorat  va  pedagogik  texnologiya. 

Toshkent, 2000. 

15.  O„rta  Osiyoda  pedagogik  fikr  taraqqiyotidan  lavhalar.  (Tuzuvchi-

mualliflar:  A.Zunnunov  (rahbar),  M.Hayrullayev,  N.Xotamov,  D.Shodiyev). 

Toshkent: Fan, 1997. – 352 b. 



16.  Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. Toshkent: O„qituvchi, 1993. 

Download 260,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish