Mavzu: O'qituvchi nazorati va ta'lim oluvchilar faoiiyatini baholash- ning uyg'unligi 19/14 guruh talabasi



Download 0,51 Mb.
Sana20.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#682624
Bog'liq
Xoʻsinova Gulyor

Mavzu:O'qituvchi nazorati va ta'lim oluvchilar faoiiyatini baholash- ning uyg'unligi

19/14 guruh talabasi

Xoʻsinova Gulyor


O'zbekisiton Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2010-yil 25-avgustdagi 333-sonli buyrug'i bilan tasdiqlan-gan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'rsida»gi Nizomda shunday deb ta'kidlanadi: «Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta'lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o'zlashtirishida bo'shliqlar hosil bo'lishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.

Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

•talabalarda Davlat ta'lim standartlariga muvofiq tegishli bilim,

ko'nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va

tahlil qilib borish;

•talabalar bilim, ko'nikma va malakalarini baholashning asosiy

tamoyillari: Davlat ta'lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta'minlash;

•fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan

muddatlarda o'zlashtirilishini tashkii etish va tahlil qilish;

•talabalarda mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalarida samarali foydalanishni tashkii etish;

Nazorat (ta'lim jarayonida) ta'lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, o'lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o'lchash esa tekshirish deb ataladi.


Tekshirish - nazoratning tarkibiy qismi bo'lib, uning asosiy didaktik vazifasi ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilar o'rtasida aloqani ta'minlash, ta'lim beruvchi tomonidan o'quv materialini o'zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o'z vaqtida aniqlashdir. Ta'lim oluvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida 'ko'rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib boriladi: ta'lim oluvchi­larning bilim darajasini oldindan aniqlash; mavzuni o'zlashtirishni joriy tekshirish; bilim, ko'nikma va malakalarni egallanganJigi-ning takroriy tekshirish; yaxlit bo'lib yoki kursning alohida mavzu-si bo'yicha davriy tekshirish; ta'lim jarayonining barcha bosqichla-rida egatlangan bilim, ko'nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olish.

Bilimlarning natijalarini baholashda pedagogik testlarning roli Ta'lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.


Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir. Tashxissiz didaktik jarayonni samara-li boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Bunga sabab ta'lim olganlikni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta'lim olganlik ajratib olinadi. Tashxislash, nazorat, tekshirish, baholash, statistikma'lumotlar to'plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni (an'analarni) aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o'z ichiga oladi. Olimlarning ta'kidlashicha, demokratlashgan ta'lim tizimida yuzaki (formal) nazorat boimasligi lozim.
Ta'lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari
Pedagogikada ta'lim oluvchilarning ta'lim olganligini tashxislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolis (obyektiv)lik, tizimli (sistemali)lik, ko'rgazmali (oshkora)lik sanaladi. Xolis (obyektivjlik tashxis test (topshiriq, savol)lari, tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta'lim oluvchilarga do'stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko'rinishda belgilangan mezonlaridan iborat.
Tizimli (sistemali)lik tamoyilining talabi shundan iboratki, tash­xislash nazoratini ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida — bilimlarni boshlang'ich idrok etishdan to amalda qo'llashgacha boigan bos­qichlarida olib borish kerak.
Ko'rgazmali (oshkora)lik tamoyili avvalo barcha ta'lim oluvchilarni aynan bir xil mezonlar bo'yicha ochiq sinovdan o'tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir ta'lim oluvchi reytingi ko'rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e'lon qilish va motivatsiyalash-ni talab etadi. Ma'lumki, bugun ta'lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda.
Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash (tizimlashtirish, sinflash), bironta hodisani oldindan belgi­langan shkala bo'yicha baholash tushuniladi. Reyting nazorati ta'lim oluvchining ma'lum bir fandan reytingini aniqlaydi.

E'tiboringiz uchun rahmat.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish