Mavzu: O’qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi.
Takt va pedagogic takt haqida tushuncha.
Mavzu rejasi:
1. O‘quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy xususiyatlarini o‘rganish.
2. Shaxsiy muloqotda ro‘y beradigan kamchiliklarni darhol bartaraf etish.
3.Takt va taktika haqida tushuncha.
4.Pedagogoik taktning qo’llash shartlari
BAJARDI: Shamsiyeva Zarina
Pedagogik muloqotning o'ziga xos xususiyatlari va funksiyalar I Muloqot - yunoncha so'z boiib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o'zaro fikr alraashuv ma'nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so'zlashuvida paydo bo'ladi. Inson muloqot jarayonida ijti-moiy tajriba, ta'lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me'yorlar g'oya va mafkura omillari ta'sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida ka-molotga yetadi. Kishilar o'rtasidagi o'zaro muloqot pedagogik-psixo-logik fanlarning asosiy kategoriyalaridan bin hisoblanib, u o;z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma'noda tushuniladi hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o'zaro ta'sir va o'zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi.
Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘p jihatdan o‘qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tish lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to‘g‘ri tanlangan, o‘qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi: birinchidan, muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik sinf jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi; ikkinchidan, har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga “kirib borish”ga yo‘l ochadi; uchinchidan, pedagogik muloqotda o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini va xotirjamligini ta’minlaydi.
Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida o‘quvchilar bilan muloqot madaniyatini shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur.
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi va o‘quvchilarning bevosita o‘zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo‘naltiruvchi kuchdir. Bu o‘rinda o‘qituvchi quyidagi vaziyatlarni e’tiborga olishni alohida ta’kidlash lozim:
- o‘qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya qilishi, bu jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so‘z ohangiga e’tibor, an’anaviy muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zlashtirishi;
- muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o‘quvchilar hatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab chiqib baho berish;
- o‘z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so‘z, ovozdagi yoqimli ohang, hulq-atvorni vujudga keltirish;
Pedagogik takt - o'qituvchi kasbiy mahoratining asosi. Takt ahloqiy tushuncha bo'lib, u insonlarning o'zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish, tartibga solish, insonparvarlik g'oyalariga asoslangan bo'lib, andishali xulq, har qanday ziddiyatli vaziyatlarda ham inson hurmati saqlanib qolishini talab qiladi. Har bir insondan, ayniqsa o'qituvchidan andishali bo'lish talab qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik takt bu o'qituvchining talabalar oldida o'zini tutishni bilishi, bolaning holatini, intilishlari, qiziqishlarini tushuna olishi va eng samarali ta'sir yo'lini topa olishidir. Shunday qilib, pedagogik takt bu o'qituvchining talabalarga nisbatan amalga oshiradigan ta'sirining mezonidir. ТАKT VA TAKTIKA Taktika tanlash turli vaziyatlarda turli rollarni bajarish bilan bog'liq. Bu haqida ma'lumotni psixolog A. B. Dobrovich kitoblaridan olish mumkin. Bu to'rtta pozisiya bo'lib, ular quyidagicha: «yuqoridan pastga», «pastdan yuqoriga», «yonma-yon» va «aralashmaslik pozisiyasi». «Yuqoridan pastga» pozisiyasi o'qituvchi mustaqilligini, barcha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishini namoyish etadi. Bu pozisiya "ota" pozisiyasi ham deb ataladi. «Pastdan yuqoriga» pozisiyasida o'ziga ishonmaydigan, tobe' shaxs bo'ladi. A. B. Dobrovich so'zi bilan aytganda, bu "bola" pozisiyasi.
- Pedagogik taktni shakllantirish omillari. Insonparvarlik g'oyalariga asoslangan pedagogikada pedagog quyidagi tamoyillarga amal qilishi lozim, deyiladi: Tarbiyalanuvchilarga mehrli bo'lish, mehrini ko'rsata olisbi; Talabalar hatti-harakatlarining "ichki prajinalarini" ko'ra olish; Vaziyatni to'g'ri baholay olish; Maqsadga muvofiq ta'sir usulini tanlash; Talabalar bilan samarali muloqot qura olish.
- Maqsadga muvofiq ta'sir usulini tanlash; Talabalar bilan samarali muloqot qura olish. Pedagog va talaba pozisiyalarining to'g'ri kelmasligi ko'p konfliktlarga sabab bo'ladi, shuning uchun konflikt vaziyatlarda qo'llaniladigan sinalgan QOID ALARM bilish kerak. Birinchi qoida. Konflikt vaziyatini o'z qo'liga olish bu emosional taranglikni bartaraf etishni anglatadi. Buning uchun ortiqcha jismoniy zo'riqishdan, ortiqcha hatti-harakatlardan halos bo'lish. Mimika, poza, jestlar faqatgina odamning ichki kechinmalarini ifodalab qolmay, unga ta'sir ham ko'rsatadi. Shunday qilib, tashqi vazminlik va hotirjamlik! Ikkinchi qoida. O'z hatti-harakatlari bilan sherigiga ta'sir ko'rsatish. Bunda ishtirokchining yuzini diqqat bilan o'rganib chiqish yordam beradi, fikrni jamlaydi va uning holatini aniqlashga imkon yaratadi
- Pеdаgоg оdоbi umuminsоniy vа milliy ахlоqning qоnuniyatlаri, vаzifаlаri, tаmоyillаri, tushunchаlаri, tаlаblаri, mеzоnlаrini tа’lim-tаrbiya jаrаyonidа оydinlаshtirib, pеdаgоgning tа’lim оluvchilаr, kаsbdоshlаri, оtа-оnаlаr, tа’lim muаssаsаsi rаhbаrlаri bilаn munоsаbаtlаridа nаmоyon bo’lаdigаn kаsbiy-ахlоqiy хususiyatlаri yig’indisidir.
- Pеdаgоg оdоbi eng аvvаlо, tаrbiyachi vа tаrbiyalаnuvchilаrning o’zаrо munоsаbаtlаridа nаmоyon bo’lаdi. Birоq bundаy yondаshuv bir qаdаr chеklаngаn nuqtаi nаzаr ekаnligini tа’kidlаsh jоiz. Zеrо, tаrbiyachining kаsbiy ахlоqi fаqаt tаrbiyalаnuvchilаr bilаn mulоqоti jаrаyonidаginа nаmоyon bo’lmаydi, bаlki uning butun fаоliyati dаvоmidа birinchi dаrаjаli ehtiyoj sifаtidа ifоdаlаnаdi. Bоshqаchа аytgаndа, pеdаgоg оdоbi tushunchаsi tаrbiyachi dunyoqаrаshining hаyotiy tizimini аnglаtаdi. Pеdаgоg оdоbi tushunchаsining mаzmuni ахlоqiylik bilаn birgа iqtisоdiy, siyosiy, huquqiy jihаtlаrni hаm o’z ichigа qаmrаb оlаdi.
- Ахlоqiy tа’lim-tаrbiyaning tаrkibiy qismi sifаtidа pеdаgоg оdоbi fаzilаtlаrini shаkllаntirishdа ikki yo’nаlishdаgi аlоqаdоr tushunchаlаrni tаhlil qilish mаqsаdgа muvоfiqdir: birinchisi – jаmiyatning o’qituvchi shахsigа munоsаbаti; ikkinchisi – o’qituvchi shахsining jаmiyatgа munоsаbаti.
- O’qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muhim bo’lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlar barcha kishilar, hamma kasb egalari, jumladan, o’qituvchi-tarbiyachilar uchun ham juda zarurdir.
- Muomala odobi bevosita baho beruvchanlik xususiyatiga ham ega. Axloqiy baho esa kishilarning xulqini, xatti-harakatlarini nazorat qiladi, tartibga soladi. Muomala-munosabatlar kishi o’z xulqi va faoliyatida axloqiy printsiplar, qoidalar, talablar, an‘analarga, urf-odatlarga qay darajada amal qilayotganiga qarab baholanadi.
- Pedagogik jarayonda sodir bo’ladigan muomala odobida muallimning axloqiy madaniyati, tarbiyalanganlik darajasida aks etadi. Muallimning pedagogik kasb egasi sifatida o’ziga, o’z kasbiga, o’quvchilarga, kasbdoshlariga, ota–onalariga muamolasini belgilovchi asosiy qoidalar, talablar mavjud. Bu mezonlar jamiyat, davlat o’qituvchiga, ta‘lim–tarbiya ishlariga nisbatan qo’yayotgan axloqiy talablariga, pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri va xususiyatlariga asoslanadi. Pedagogik jarayonda muomila odobi o’qituvchining faoliyatida namoyon bo’ladi. O’qituvchilik faoliyatida qo’yiladigan axloqiy talablar, o’z navbatida, O’zbekiston Respublikasi rahbariyati yosh avlodni umuminsoniy va milliy–an‘anaviy, madaniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash sohasida kun tartibiga qo’yayotgan vazifalariga bog’liq. Ular pedagogik jarayondagi muomala odobida, unda qatnashayotgan kishilaning xulqi, xatti-harakatlarida ifodalanadi. Bu xatti- harakatlar pedagogik jarayon qatnashchilarining ta‘lim-tarbiya maqsadi, vazifalari, usul va vositalarini, axloqiy qadriyatlarni qay darajada qabul qilishlari shaklida namoyon bo’ladi.
Adabiyotlar:
1. Xodjayev B.X.Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik-T.:SANO_STANDART,2017.
2. Xodjayev B.X., Choriyev A., Saliyeva Z.T. Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi. Darslik.-T.: IQTISODIYOT DUNYOSI, 2018.
3. Ro’ziyeva D.I.,Tolipov O’.Q. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.-T.:INNOVATSIYA-ZIYO,2019.
4. Yo’ldoshev O’.J.Umumiy pedagogika.O’quv qo’llanma-T.:Fan va texnologiya, 2017.
5.Hasanboyev J., To’raqulov X., Ilqarov I., Usmonov N. Umumiy pedagogika. Darslik-Noshir,2011
6.Roziqov O., Adizov B., Najmiddinova G.Pedagogika. O’quv qo’llanma- B.: Durdona,2012.
Do'stlaringiz bilan baham: |