6. Moslashuvchanlik tamoyili: o’quv jarayonida elektron o’quv uslubiy majmua muayan foydalanuvchining ehtiyojlariga moslashish imkoniyatiga ega bo’lishi, o’rganilayotgan materiallarning chuqurligi va murakkabligini o’zgartirishga imkon berishi, foydalanuvchining ehtiyojlariga mos ravishda qo’shimcha ko’rgazmali materiallarni yuzaga keltirishi, o’rganilayotgan tushunchalar va masalalar natijalarini grafik va geometrik interpretatsiyasini taqdim etishi kerak.
7. Kompyuterli yordam tamoyili: o’quvchi ixtiyoriy paytda uni zerikarli ishlardan ozod etuvchi va o’rganilayotgam materialning mohiyatiga e’tiborini qaratishga, ko’proq misollarni ko’rish va yechishga imkon beradigan kompyuter yordamidan foydalanishi mumkin. Bunda kompyuter nafaqat qo’pol almashtirishlarni, har xil hisoblashlarni va grafiklarni qurishni bajaradi, balki ixtyoriy qiyinlik darajasidagi matematik amallarni bajaradi, shuningdek ixtiyoriy bosqichda olingan natijalarni tekshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |