Oltinchi bosqichda-har bir muayan holatda kompyuterga qanday matematik amallar yuklatilishi va kompyuter beradigan javob qanday shaklda bo’lishi aniqlanadi; intellektual yadro loyihalanadi va amalga oshiriladi; matematik masalalarni yechishda intellektual yadodan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar ishlab chiqiladi.
Natijada talaba va o’qituvchilar uchun muhim va kerakli bo’lgan elektron o’quv uslubiy majmua yaratiladi. Intellektual yadroni shunday yaratish kerakki uni quvvatli kompyuter paketlari masalan Derive, Reduse, Maple, Matlab va h.k. larga almashtirish mumkin bo’lsin. Shu tarzda elektron o’quv uslubiy majmua multimedia vositalari yordamida takomillashtirishga tayyor holga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |