Mavzu: O‘qitish jarayoni. Reja



Download 124,21 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi124,21 Kb.
#272360
Bog'liq
03.07.2020 y (4 amaliy mashgulot) Mavzu O‘qitish jarayoni


Mavzu: O‘qitish jarayoni.

Reja:

1.O‘quv jarayonini tashkil etishning shakllari.

2.Ta’limda sinf-dars tizimining vujudga kelishi.

3.Dars – maktabda o‘quv ishlarini tashkil qilishning asosiy shakli.

4.Darsga qo‘yiladigan talablar.

Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qo’yilmoqda:



  1. Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik
    jihatdan to’g’riligi.

  2. Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik
    vazifalarining birligi va uzviyligi.

  3. O’qitishning yaxlit dars va uning ma’lum qismlari, vazifala-
    ri hamda mazmuniga muvafiq keladigan ta’lim oluvchilarning bilish
    faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi
    maqbul metodlarni tanlash.

  4. Mashg’ulotlarning turli shakllari: jamoa, guruhli va yakka tar­
    tibdagi shakllarini maqbul ravishda qo’shib olib borish.

  5. Ta’lim beruvchining rahbarlik vazifasi bilan ta’lim oluvchining
    faol bilish faoliyatini birga olib borish.

  6. Darslarning o’zaro uzviy va dialektik xususiyatga ega bo’lishiga
    erishish.

  7. Ta’lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini ino-
    batga olish.

  8. Darsda ta’lim oluvchilarni o’qitish va tarbiyalash uchun qulay
    shart-sharoit yaratish.

9.Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish.

10. Darsda ta’lim oluvchilar erkinligini ta’minlash.

5.4. Ma’ruza va seminar mashg’ulotlari (konsultatsiyalar, ekskursiyalar, praktikumlar)

Darsda bilimlarning o’zlashtirilishi, malaka va ko’nikmalarning hosil qilinishi murakkab dinamik jarayondir. O’quv materialini o’rganishning turli vazifalari, yo’llari, usullari va vositalari vujudga keladi. Buning natijasida darsning juda ko’p turlari, uning har xil vari-antlari paydo bo’ladi.

Ayni vaqtda ta’lim tizimida eng ko’p qo’llaniladigan dars turla­ri quyidagilardir:


  1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.

  2. O’tilgan materialni mustahkamlash darsi.

  1. Ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish darsi;

  1. Takroriy-umumlashtiruvchi dars.

  2. Aralash dars.

Muayyan dars turi asosida olib boriladigan mashg’ulotlarda ikkinchi, uchinchi bir dars running qismlari bo’lishi mumkin. Misol uchun ta’lim muassasalarida eng qo’llaniladigan dars turlaridan biri yangi bilimlarni bayon qilish darsida quyidagi holatlar amalga oshiri-lishi mumkin:

  • yangi bilimlarni bayon qilish;

  • yangi bilimlarni mustahkamlash;

  • yangi bilimlar ustida mashq o’tkazish;

  • yangi bilimlarga bog’liq holda uyga vazifalarini topshirish va
    hokazo.

Demak, dars umumiy jarayon davomida bir dars turi asosida tash­kil etilmaydi. Shunga qaramay darsning maqsadi ta’lim oluvchilarga yangi bilim berishga qaratilgan bo’lsa, butun didaktik usullar ana shunga bo’ysundiriladi. Shu sababli ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb ataladi. Muayyan dars turi bilan ish ko’rilayotganda boshqa bir dars turi unsurlarining asosiy dars tuzilishini tashkil qilishi mumkin. Didak­tik usullar ta’lim metodi bilan baholangandagina dars tuzilishining o’zgarishiga, ta’lim metodlarining o’zgarishi ham dars tuzilishining o’zgarishiga olib keladi. Dars jarayonining muayyan qismida dars shakli hamda metodlarining o’zgarishi darsning yangi bosqichini boshlaganligini anglatadi. Demak, dars tuzilishining biridan ikkinchisiga o’tishi va shu orqa-li darsning shakl va metodlarining o’zgarishi dars bosqichi deb yuri-tiladi.Bu boradaxulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, turli darsning shakl va metodlari hamda ular negizidagi dars tuzilishlariga bevosita bog’liqdir.

Umumlashtiruvchi dars — bu o’quv dasturining ma’lum bir qismi (bob, boiim yoki ayrim mavzu) o’tib bo’lganidan keyin o’tiladigan dars mashg’uloti.






Umumiy o’rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida ba’zi o’quv materiallarining ma’lum qismi yoki yirik mavzuni boshlashdan avval kirish dars ham olib boriladi. Bunday darslar, odatda, ijtimoiy fanlar bo’yicha o’tkaziladi.

Ma’ruza. Bugungi kunda zamonaviy o’quv muassasalari faoliyatida o’qitish shakllaridan biri bo’lish ma’ruzadan foydalanish keng tarqalgan. Maktab amaliyotida ma’ruzaning quyidagi turlaridan keng foyda-lanilmoqda:



  • ma’ruza-hikoya;

  • ma’ruza-suhbat;

  • ma’ruza-munozara;

  • ommaviy ma’ruza.

Fakultativ mashg’ulotlar — bu ta’lim oluvchining qiziqish va xohishlariga ko’ra muayyan fan, predmet yuzasidan beriladigan ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, ularda amaliy ko’nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim shaklidir. Fakultativ mashg’ulotlar ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashini oshirishga va ijtimoiy faoliyatini faollashtirishga, aqliy qobiliyatlarini takomillashtirishga xizmat qiladigan maxsus dastur asosida o’tkaziladi.

Seminar mashg’ulotlari. Ijtimoiy-gumanitar yo’nalishidagi predmetlar bo’yicha seminar mashg’ulotlarini tashkil qilish keng qo’llaniladi. Seminar mashg’ulotlarini tashkil etishdan asosiy maqsad ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlarini yanada rivojlantirish, ayrim mavzular yuzasidan keng va chuqur ma’lumot bera oladigan manbalar ustida ishlay olishlari hamda shu asosda kelajakdagi kasbiy faoli-yatlarida zarur adabiyotlardan foydalana olish ko’nikma va malakalariga ega qilishdan iboratdir. Seminar mashg’uloti ta’lim beruvchi rahbarligida o’tkaziladi.

Ekskursiyalar. Noan’anaviy dars shakllaridan biri hisoblangan ekskursiyalar sinf-dars tizimi, shuningdek, amaliy mashg’ulotlardan tubdan farq qiladi. Bu farqlar quyidagilardan iborat bo’ladi:


  • ta’lim oluvchi rejalashtirilgan va o’tkaziladigan barcha ekskursi
    yalarga rahbarlik qilsa ham, u ekskursiya obyektlarining barcha detallarini yaxshi bilmasligi mumkin, bunday hollarda maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan ekskursovod ish olib boradi;

  • ekskurtsiya muddati turlicha bo’lib, unda doimiy o’quv jadvali
    talablariga amal qilish mas’uliyati mavjud;

  • ta’lim beruvchi yoki ekskursovodning rahbarlik usuli va ta’lim
    oluvchilar faoliyati turlicha bo’lishi mumkin.

Ekskursiyalar quyidagidek to’rt yo’nalishda uyushtiriladi (2-shakl).

2-shakl. Ekskursiyani uyushtirish yo’nalishlari. Ekskursiya jarayonlari quyidagi tarkibiy tuzilishlarga ega (3-shakl).



3-shakl. Ekskursiyaning tarkibiy tuzilishi.

Ekskursiya davomida ta’lim oluvchilardan intizomga qat’iy rioya qilish talab etiladi. Ta’limnining noan’anaviy shakli siaftida tashkil etiladigan bahs-munozara, davra suhbati, matbuot konferensiyasi, telekonferensiyalar muayyan predmet (yo’nalish)ning muhim mavzulari yuzasidan tash­kil etilib, ular ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, o’z fikrini ilgari surish, uni asoslash hamda himoya qilish qobiliyatini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Bu kabi darslarning tashkil etilishida maqsadning aniqligi, shuningdek, ta’lim oluvchining faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. «Viktorina», «Mo’jizalar maydoni», «Zakovat» va shu kabi shakl-da o’tkazilayotgan darslar bellashuv xususiyatiga ega bo’lib, ular ta’lim oluvchilarni faollikka undaydi.

Yuqoridagi bildirilgan fikr-mulohazalarga asoslanib quyidagi xulosani keltirish mumkin:



  • ta’limning shakli muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda
    tashkil etiladigan faoliyatning tashqi ifodasi boiib, ta’lim jarayonida
    yetakchi o’rin tutadi;

  • ta’lim jarayonini samarasini ta’minlash uchun ta’lim metodlari-
    dan o’rinli va unumli foydalanishga bog’liq;

  • ta’lim metodi ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluv-
    chilarning aniq maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat-
    larining usullari hisoblanadi;

  • ta’lim vositalari ta’lim metodlarining ta’limiy ta’sirchanligini
    oshirishga xizmat qiladi.

Download 124,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish