Bitiruv-malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Ushbu bitiruv-malakaviy ishda o’qish darslarini tabiatshunoslik darslari bilan bog’lab o’tish orqali yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi o’rni muammosini o’rganish masalasi asosiy maqsad qilib qo’yildi. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirildi:
O’qish darslarini tabiatshunoslik darslari bilan bog’lab o’tishning nazariy asoslari;
O’qish darslarini tabiatshunoslik darslari bilan bog’lab o’tishga oid ishlar tahlili;
O’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalashda o’qish va tabiatshunoslik darslarining o’rni va ahamiyatini aniqlash;
O’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalashda prezident asarlari va farmonlaridan foydalanish holatini yanada takomillashtirish;