Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar.
Asosi paketlarni kommutatsiyalash bо„lgan tarmoqlar nisbattan yoshdir, ular birinchi global tarmoqlar ustida olib borilgan tajribalar natijasida 60 yillar oxirida paydo bо„lgan.
Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar xuddi kanallarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlar kabi jismoniy aloqa yо„llari bilan ulangan kommutatorlardan tashkil topgandir. Biroq bu tarmoqlarda axborotlarni uzatish butunlay boshqacha amalga oshiriladi. Masalan, u axborotlarni uzatish uchun bu axborotlar uzatiladigan yо„l bо„ylab aloqa yо„lini zaxiralash xaqida qayg„urmasdan va ta‟lab etilgan о„tkazish xususiyatini kafolatlamasdan xam axborotni qabul qila oladi. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar о„z abonenlari uchun oldindan aloxida, faqat ular uchun ajratilgan aloqa kanallarini yaratmaydi. Axborotlar ushlanishi mumkun va xatto yо„lda yо„qolishi xam mumkun. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar bundek tartibsizlikda va noaniqlikda qanday qilib axborotlarni uzatishdek muxum vazifani bajara oladilar?
Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarni ishlashining muxum tamoili, tarmoqdan uzatiladigan axborotni bir – biridan ajratilgan axborotlar bо„lagida xavola qilishdan iborat, uni paketlar (shu bilan bir qatorda ularni yana “kadr”, “freym”, “yacheyka” atamasi bilan xam nomlanadi) deb nomlanadi.
Paket sarlovxa bilan ta‟minlangan, unda borishi kerak bо„lgan manzil va boshqa qabul qiluvchiga yetqazish uchun ishlatiladigan yordamchi axborotlardan (axborotlar maydonining uzunligi, nazorat yig„indisi va xokazolar) tashkil topgan bо„ladi.
Paketlarni kommutatsiyalash texnologiyasining aniq bir muxitga joriy etilishiga qarab paketlar qayd qilingan yoki о„zgaruvchan uzunlikka ega bо„lishi mumkun, shuningdek paket sarlovxasida joylashgan axborot tarkibi xam о„zgarishi mumkun. Masalan, ATM texnologiyasida paketlar (unda yacheyka deb ataladi) qayd qilingan uzunlikka ega, Ethernet texnologiyasida esa paketni (kadrni) faqat minimal va maksimal bо„lishi mumkun bо„lgan uzunligi о„rnatilgan.
Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda axborot oqimi bо„lib, umumiy belgilar tо„plami bilan birlashgan, ularni umumiy tarmoq trafigidan ajratib turuvchi paketlar jamlamasiga aytiladi. Kо„pincha oqim belgisi sifatida axborotni jо„natiladigan manzili xizmat qiladi. Shundek qilib, bitta manzilga yо„naltiriladigan barcha paketlar oqimni tashkil qiladi.
Kanallarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlaridagi kabi paketlarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda xam xar bir oqim uchun qо„lda yoki avtomatik ravishda yо„nalish aniqlashtiriladi, ular kommutatorlarda saqlanuvchi ulanishlar jadvalida qayd qilinadi. Paketlar kommutatorlarga kelgach, sarlovxasidagi axborotga asosan va ulanishlar jadvaliga asosan ishlov beriladi va u yoki bu yо„nalish bо„yicha yо„naltiriladi (1.29-chizma).
2 Коммутациялаш тармоғи
7
3
1.29-chizma. Tarmoqda axborotlarni paket kо„rinishida uzatish.
Bitta oqimga yoki boshqa turli axborot oqimlariga tegishli bо„lgan paketlar tarmoqdan uzatilayotganda о„zaro “aralashib” ketishi mumkun, navbatlar xosil qilishi mumkun va bir-birini “tormozlashi” mumkun. Paketlarning yо„lida turli о„tqazish xususiyatga ega bо„lgan aloqa yо„llari uchrashi mumkun. Bir kun va tun davomida aloqa yо„lining yuklanganlik darajasi xam о„zgarishi mumkun. Bunday sharoitda bitta oqimga tegishli bо„lgan paketlar tarmoq bо„ylab turli tezlikda xarakatlanadigan xol bо„lib qolishi mumkun va xatto belgilangan joyga paketlar jо„natilgan tartibda kelmasligi xam mumkun.
Axborotlarni paketlarga ajratish tekis bо„lmagan kompyuter trafigini kanallarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlarga qaraganda ancha samarali uzatishi mumkun. Bu quyidagicha tushuntiriladi, aloxoda kompyuterlardagi trafikni tebranishi tasodifiy xolat bо„lib va ular vaqt bо„yicha taqsimlanganda chо„qqilari qо„pincha bir-biriga duch kelmaydi. Shuning uchun aloqa yо„li kо„p sonli oxirgi tugun trafigini uzatayotganda, jamlangan oqimda tebranishlar tekislashadi va uning о„tkazish xususiyati ancha samarali ishlatiladi, uzoq vaqt bо„sh turib qolmasdan. Bu jaroyon 1.30-chizmada namoyish etilgan, unda tarmoqqa 3, 4 va
10 oxirgi tugunlardan kelayotgan bir xil bо„lmagan paketlar oqimi kо„rsatilgan (1.29-chizmaga qaralsin). Faraz qilaylik, bu oqimlar 8 kommutator yо„nalishi bо„yicha uzatilmoqda deb, demak, 5 va 8 kommutatorlari о„rtasidagi aloqa yо„lidan oqimlar о„tishida bir-biri bilan ustma-ust tushadi. Natijada xosil bо„ladigan jamlangan oqim uni tashkil etuvchi aloxida oqimlarga qaraganda ancha bir tekisda bоladi.
тугундан оқим 5- коммутатор томонга
тугундан оқим 5- коммутатор томонга
10- тугундан оқим 5- коммутатор томонга
5- коммутатордан жамланган оқим 8- коммутатор томонга
1.30-chizma. Paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlarida trafikni tekislash.
Do'stlaringiz bilan baham: |