O‘zbekiston Respublikasi Informatsion Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
“Optik aloqa tizimlari” fanidan
5-Amaliy ish
Mavzu: OPTIK TOLADA SIGNALNING DISPERSIYASINI HISOBLASH
Bajardi: 414-18 guruh
Ergashev Iskandar
Tekshirdi: Komilov R
Toshkent 2021
5 – amaliy mashg‘ulot
OPTIK TOLADA SIGNALNING DISPERSIYASINI HISOBLASH
5.1. Mashg‘ulotning maqsadi
Optik tolaning dispersiya parametrlarini o‘rganish, dispersiyani hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish.
5.1-jadval. Topshiriq variantlari
n
|
Optik tolaning
turi
|
Ltr, km
|
,
mkm
|
ΔLD,
nm
|
Qiymatlari aniqlanadigan parametrlar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
7
|
6
|
pog‘onali, bir modali
|
70
|
1,55
|
0,3
|
τmat, τtu, τpr, τxr, ΔF
|
4.1-jadvalni tuzishda quyidagi belgilashlardan foydalanildi: Ltr – trassa, aloqa masofasining uzunligi; λ–uzatiladigan to‘lqin uzunligi; ΔλLD –LD nurlanish manbaining nurlanishining spektr kengligi; τmat – material dispersiyasi; τtu – to‘lqin uzatish bilan bog‘liq dispersiya; τpr – profil dispersiyasi; τxr – xromatik dispersiya; ΔF – optik tolaning o‘tkazish polosasi kengligini.
5.3. Nazorat savollari:
5.3.1. Optik tolada yuz beradigan dispersiya hodisasiga ta’rif bering. Uning qanday turlari mavjud? Natijaviy dispersiya qanday munosabat bilan aniqlanadi?
Optik tolali kabellar bo‘ylab juda ham ko‘plab kanallarni uzoq masofalarga uzatish mumkin, lekin bunday uzatuvlar bir qancha cheklanishlardan holi emas. Aloqa liniyalarida optik tolalarni qo‘llash nuqtai nazaridan oladigan bo‘lsak, signallarni uzatishda cheklanishlardan biri dispersiya hisoblanadi. Dispersiya – spektral muhitda uzatilayotgan impulsni qabul qilgich tomonda vaqt bo‘yicha yoki optik impulsning moda tashkil etuvchilarining yoyilib ketishi, bu esa butun uzunlikdagi optik tola bo‘ylab xarakatlanuvchi uning davomiyligi kengligining oshishga olib keladi.
Liniyaga yuborilgan signal qabul qiluvchi tomoniga o‘zgargan va kengaygan holda yetib boradigan bo‘lsa uzatilayotgan signal qabul qiluvchi tomoniga shunchalik ravishda kengaygan holda yetib boradi (5.1-rasm). Bunday holat dispersiya deb yuritiladi va u optik tola bo‘ylab xarakatlanuvchi impulslarning chastota bo‘yicha tashkil etuvchilarining turli tezlikda xarakatlanishi va yorug‘lik nurlanish manbai spektrining kengligi hisobiga hosil bo‘ladi.
Dispersiya – τ deganda optik kabel bo‘ylab xarakatlanuvchi impulsning kengayishi tushuniladi. Dispersiya qiymati optik kabeldagi optik tolalardan chiqqan va qabul qiluvchi tomonga tushgan impulslar davomiyligi kvadratining ayirmasi orqali aniqlanadi:
(5.6.9)
bu formuladagi tchiq va tkir ─ optik kabeldan chiquvchi va optik kabelga kiritiluvchi impulslarning yarim amplituda satxidagi vaqti yoki impuls kengligi.
Dispersiya xolati raqamli signaldagi to‘g‘ri burchakli impulslar ketma-ketligi ma’lum bir uzunlikdagi optik tola bo‘ylab xarakatlanishida impulslar kengayib boradi, natijada ikkita qo‘shni impulslarni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi va oxir oqibatda signallar uzatuvida xatoliklar ro‘y beradi. Shunday qilib, dispersiya tolali optik uzatish tizimining o‘tkazish qobiliyati yoki polosa kengligini va aloqa masofasini cheklaydigan asosiy faktorlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |