Mavzu: Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarni davolash. Operatsiyadan keyingi davrni saqlash


-BOB. EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARShI KURAShISh SOHASIDAGI DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALIShLARI



Download 4,71 Mb.
bet60/69
Sana01.07.2022
Hajmi4,71 Mb.
#721866
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69
Bog'liq
1-kurs referat (Автосохраненный)

2-BOB. EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARShI KURAShISh SOHASIDAGI DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALIShLARI
1-§. Ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishining oldini olish maqsadida vatanparvarlik, an’anaviy qadriyatlar va bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilish
Yoshlar huquqlari bo‘yicha BMTning Xalqaro Konvensiyasini ishlab chiqish hamda Bosh Assambleyaning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi ilgari surilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning BMTning Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi ma’ruzasi ekstremizm va terrorizmning yuzaga kelish sabablarini, shuningdek, ularning oldini olish yo‘llarini tushunishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Amalga oshirilayotgan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirishni, shu jumladan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirishni nazarda tutadi.
Aholi, ayniqsa yoshlar orasida ekstremizm va terrorizmning buzg‘unchi g‘oyalariga nisbatan murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishning muhim sharti — bu ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoyalanganlik, yuksak bilim darajasi, xususan, milliy o‘zlikning sof qadriyatlari mohiyatini va diniy konfessiyalarning birgalikda tinch-totuv hayot kechirishi g‘oyasini anglab yetishdir.
O‘zbekistonda xalq ma’rifatini oshirish, yanada kuchli, asoslangan va ilmiy isbotlangan mafkuraga tayangan holda ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini yo‘q qilishda sezilarli hissa qo‘shayotgan O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy va Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil qilingan va faol ish olib bormoqda.
Davlat va jamoat institutlarining diniy asoslar sababli buzg‘unchi mafkuralar ta’siriga tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy va diniy reabilitatsiya qilishga qaratilgan ishlari faol davom etmoqda.
So‘nggi 4 yil davomida ekstremizm va terrorizmga aloqadorligi sababli ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tayotgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan 2 ming nafardan ortiq shaxslar afv etildi va 1,5 ming nafardan ziyod shaxslar jazoni o‘tash joylaridan ozod qilindi.
2017-2018-yillar davomida radikal diniy oqimlarning tarafdorlari deb hisoblangan yoki ularning ta’siri ostiga tushib qolgan 20 ming nafardan ortiq shaxslar huquqni muhofaza qilish idoralari hisobidan chiqarilgan.
2019 — 2021-yillarda “Mehr” dasturi doirasida Afg‘oniston, Suriya va Iroqdan xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga adashib qo‘shilib qolgan 400 nafar xotin-qizlar va bolalar O‘zbekistonga qaytarilib, ularning ijtimoiy moslashuvi va reintegratsiyasi uchun har tomonlama yordam ko‘rsatildi.
Bunda bir qator xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, shu jumladan Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi va BMTning Bolalar Jamg‘armasi (YUNISEF) muhim yordam berdi. BMT Xavfsizlik Kengashining 2396-sonli rezolyutsiyasiga binoan chet el terrorchi jangarilari bilan bog‘liq va terrorizmning qurboni bo‘lishi mumkin bo‘lgan xotin-qizlar va bolalarga yordam berishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston bundan keyin ham diniy sabablarga ko‘ra buzg‘unchi mafkuralar ta’siridan jabr ko‘rgan shaxslarga har tomonlama ijtimoiy-huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni davom ettirishni maqsad qilgan.
Aholining huquqiy madaniyati va ma’rifatini oshirish muhimligini hisobga olgan holda quyidagilar talab etiladi:
a) O‘zbekiston hududida asrlar davomida shakllangan, dindorlar orasida tinchlik va bag‘rikenglikni keng yoygan an’anaviy islom dinining asosiy g‘oyalaridan fuqarolarning xabardorligini oshirish, jumladan ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini islom diniga zid ekanligini tushuntirish bo‘yicha keng axborot-ma’rifiy ishlarni olib borish;
b) normativ-huquqiy va moddiy-texnik bazani takomillashtirish, shuningdek, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash orqali Internet tarmog‘ida ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqatilishining oldini olish, barvaqt profilaktika qilish va unga qarshi kurashish tizimini rivojlantirish;
v) ekstremizm va terrorizmning buzg‘unchi mafkurasi ta’siriga tushib qolgan fuqarolar bilan olib boriladigan ishlarni muntazam ravishda tizimli takomillashtirish, bunda keng jamoatchilikni ham jalb etish;
g) diniy sohada diniy va dunyoviy bilimlarni egallagan, fuqarolar orasida diniy asosdagi ekstremizm mafkurasiga qarshi immunitetni shakllantira oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
d) hamkorlikdagi ishlarning samarali va ochiq mexanizmlarini yaratish orqali fuqarolik jamiyatining institutlari, shu jumladan ommaviy axborot vositalarini ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish ishlariga faol jalb etish;
e) aholi o‘rtasida, ayniqsa yoshlar orasida ekstremizmning buzg‘unchi mafkurasiga qarshi immunitetni shakllantirishda xalqaro tajribani joriy etish va keng qo‘llash;
j) ekstremizm va terrorizmning oqibatlarini tushuntirish orqali aholining huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek, javobgarlik va qonun oldida tenglik hissini tarbiyalash.

Download 4,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish