Sog‘lom oila tushunchasi Sog‘lom oila butun jamiyatning sihat-salomatligini belgilaydi. Sog‘lom oila – bu jamiyatimizning jismoniy sog‘lom, ma’naviy boy va barkamol farzandlar tarbiyalanadigan o‘zagidir. Aholi salomatligini yaxshilashda, onalar va bolalar o‘limini kamaytirishga erishishda demografik holatni muvofiqlashtirish muhimdir. Demografik holatni muvofiqlashtirish ikki maqsadni – bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ular o‘limini kamaytirishni nazarda tutadi. 63 Respublikamizda demografik holatni muvofiqlashtirish borasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlaridan maqsad tug‘ilishni cheklash emas, balki tug‘ishdagi oraliq muddatini uzaytirib, sog‘lom avlodni dunyoga keltirishdir. Onalar sog‘lig‘ini yaxshilash, ona va bolalar o‘limini kamaytirishdan iboratdir. Demografik holatni muvofiqlashtirishning asosiy maqsadi oilada farzandlar sonini ko‘paytirish emas, balki uning sifatini yaxshilashdir. O‘tkazilgan tadqiqotlarga qaraganda aholining 60 %i oilada o‘rtacha 1–2 ta farzand bo‘lishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Respublikada olib borilayotgan demografik siyosat o‘ziga quyidagilarni qamrab oladi: – oila, oilaviy munosabatlar, oilada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar tafakkurini, dunyoqarashini shu yo‘nalishda shakllantirish; – yosh kelin-kuyovlarning bir-birini tushunishi, tinch va moddiy jihatdan ta’minlangan oilada ertangi kunga ishonch bilan kelajak avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish mas’uliyatini anglab yetishi; – erkaklarning farzandlari va ayollari sog‘lom bo‘lishi uchun farzand ko‘rish oralig‘i 3 – 4 yil bo‘lishini, gap uning kelajakdagi nasli, avlodning salomatligi haqida borayotganligini anglatish; – oila qurayotgan yoshlar faqat oila oldidagina emas, balki kelajak avlod va millatning sog‘lom bo‘lishi uchun javobgar ekanliklarini anglab yetishlari; – ma’naviy barkamol farzandlarni voyaga yetkazishda otaonalarning sanitariya-gigiyena jihatdan yetarli bilimga ega bo‘lishlariga erishish; – ayollar maslahatxonalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va bu yerda, tug‘ish oraliq muddatini saqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy kontraseptivlarning ayol organizmidagi boshqa kasalliklarni davolovchi xususiyati haqida tashviqot ishlarini olib borish; 64 – o‘smir yoshlarni bir yilda bir marta shifokor ko‘rigidan o‘tkazish. Respublika Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ma’naviy barkamol, axloqiy pok yoshlarni tarbiyalash, maktablarda turli jinsiy yuqumli kasalliklar, jinsiy munosabat, nikohoila munosabatlari haqida tarbiyaviy va tashviqot ishlarini olib borish; – demografik muammolar – ona va bola salomatligini muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash, ekologik sharoitlarni yaxshilash, oila turmush madaniyatini oshirish kabi vazifalarni yechishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |