"Operatsion tizim" tushunchasiga aniq ta`rif berish qiyin. Chunki “tizim" so'zi turli soha mutaxassislari tomonidan keng qo'llaniladi va turlicha talqin qilinadi; "operatsion" so'zi esa to'g'ridan-to'g'ri tarjimada "amal" degan ma`noni anglatsada, uning tub mohiyatini bu birgina so'z bilan aniq tavsiflab bo'lmaydi.
Kompyuter ishga tushirilganda, odatda uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter o'rtasidagi muloqatni ta`minlaydi va bu muloqat operatsion sistema deb yuritiladi