AMALLAR BAJARISH TARTIBI
Sonlardan tuzilib amal ishoralari bilan birlashtirilgan yozuv sonli ifoda deyilishini bilasiz. Sonli ifodada qavslar bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin.
Agar sonli ifodada faqat qo’shish va ayirish yoki ko’paytirish va bo’lish amallarining o’zi bo’lsa, amallar chapdan o’ngga qarab, yozilish tartibida bajariladi.
Amallar tartibini belgilang va hisoblang:
145:5 + 162-10 321:3-123:3 + 218:13
81-2 + 21-7-65 625:5-525:5+425:56
370 + 480:16-520 :13 120 ∙ 5 + 420 :14- 1 680 :24
Agar sonli ifodada to’rt amal ishtirok etsa va qavslar bo’lmasa, oldin yozilish tartibida ko’paytirish va bo’lish, keyin qo’shish va ayirish amallari bajariladi.
Misolni shu qoida bo’yicha ishlang:
540-90:5-6 + 25 275:5 + 130-15-5 720:9 + 50-8-6
Agar sonli ifodada qavslar ishtirok etsa, avval qavs ichidagi amallar, keyin qavs tashqarisidagi amallar mos qoidalarga ko’ra bajariladi.
3 . O‘quvchilarga asosiy kattaliklar va ularni o‘lchashni o‘rganish metodikasi
Boshlang’ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog’liqlikda turli kattaliklarni ham o’rganish nazarda tutilgan. Kattalik o’lchovlarsiz tabiatni, borliq olamni o’rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Bu tushunchalar o’quvchilarning butun o’qishi davrida shakllanadi.
Uzunlik, yuza, massa, tezlik, narxlar - kattaliklardir. Ular bilan dastlabki tanishish boshlangʻich maktabda yuz beradi, bunda kattalik son bilan bir qatorda, yetakchi tushuncha boʻladi. Kattaliklar hodisalarning maxsus xossalaridir. Masalan, buyumlarning oraliqqa ega boʻlish xossasi uzunlik deyiladi. Aniq obyektlarning uzunliklari haqida gapirilganda, kattaliklar biror toʻplam obyektlarining ayni bir xossasini ifodalaydi. Turli jinsli kattaliklar obyektlarning turli xossalarini ifodalaydi. Masalan, uzunlik va yuza turli jinsli kattaliklardir. Uzunlik, yuza, massa va boshqa kattaliklar quyidagi xosalarga ega: 1. Har qanday bir jinsli ikki kattalik uchun yo teng, yoki biri ikkinchisidan kichik. Aniqrogʻi, bir jinsli kattaliklar uchun «teng», «kichik» va «katta» munosabatlari oʻrinli hamda ixtiyoriy va faqat bittasi toʻgʻri. Masalan, to'gʻri burchakli uchburchak gipotenuzasining uzunligi shu uchburchakning istalgan kateti uzunligidan katta, 10 kg olmaning massasi 15 kg tarvuz chakning qarama-qarshi tomonlari uzunliklari teng va hokazo. 2. Bir jinsli kattaliklarni qoʻshish mumkin, qoʻshish natijasida kattalik bir qiymatli aniqlanadi, u kattaliklarning yigʻindisi deyiladi. 3. Kattalik haqiqiy songa koʻpaytiriladi, natijada oʻsha jinsli kattalik hosil boʻladi. Har qanday kattalik va har qanday nomanfiy haqiqiy son uchun yagona kattalik mavjud. 4. Bir jinsli kattaliklar ayiriladi, bunda kattaliklar ayirmasi yigʻindi orqali aniqlanadi. 5. Bir jinsli kattaliklar boʻlinadi, bunda boʻlinma kattaliklarni songa koʻpaytmasi orqali aniqlanadi. Kattaliklarni bevosita taqqoslash bilan ularning tengligini yoki teng emasligini aniqlash mumkin. Tekshirishda aniqroq natijaga ega boʻlish uchun, masalan, bir jism massasi ikkinchi jism massasidan qancha kattaligini bilish uchun kattaliklarni oʻlchash zarur. Oʻlchash berilgan kattalik bilan taqqoslashdan iborat. Taqqoslash jarayoni qaralayotgan kattaliklarning turiga bogʻliq. Uzunlik uchun boshqa kattalik, yuza uchun undan boshqa, massa uchun yana boshqa va hokazo. Ammo bu jara- yon qanday boʻlishidan qat'i nazar, oʻlchash natijasida kattalik tanlab olingan birlik boʻyicha ma'lum sonli qiymat qabul qiladi. Agar a kattalik berilgan va e kattalik birligi tanlab olingan boʻlsa, u holda a kattalikni oʻlchash natijasida shunday x haqiqiy son topiladiki, uning uchun a = xe boʻladi. Bu x sonni a kattalikning e kattalik birligidagi sonli qiymati deyiladi.
Birliklarning yangi nomlari «metr», «gramm», «sekund»lardan va old qoʻshimchalarini qoʻshish yordamida hosil qilinadi: Masalan, kilometr karrali birlik, 1 km = 10' m, 1t 1000 kg; millimetr ulushli birlik, 1 mm = 10-3 m = 0,001 m. 148 Umuman, uzunlik uchun karrali birlik - kilometr (km), ulushli birliklar – santimetr (sm), millimetr (mm), mikrometr(mkm), nanometr (nm); massa uchun karrali birlik - megagramm (mg), ulushli birliklar - gramm (g), milligramm (mg), mikrogramm (mkg); vaqt uchun karrali birlik - kilosekund (ks), ulushli bir- liklar – millisekund (ms), mikrosekund (mks), nanosekund (ns). Uzunlik, massa va vaqt orqali aniqlanadigan kattaliklar hosilaviy kattaliklar deyiladi. Ba'zi bir hosilaviy kattaliklarni va ularning birliklarini qarab oʻtamiz. 1. Yuzaning birliklari kvadrat metr (m?), kvadrat kilometr (km?), kvadrat detsimetr (dm?). 2. Hajm birliklari kub metr (m'), kub detsimetr (dm), litr (), gektolitr (gl), millilitr (ml). 3. Tezlik birliklari sekundiga metr (m/s), soatiga kilometr (km/soat) , sekundiga santimetr (sm/s). Mamlakatimizda qoʻllanadigan kattaliklar birliklari, ular nomlari, belgilanishi va qoʻllanish qoidalari birliklarning Xalqaro sistemasi (SI) tomonidan tayinlanadi. Xususan, massa uchun tonna (t) birligini; vaqt uchun minut (min), soat, sutka, hafta, oy, yil, asr; yuza uchun gektar (ga), temperatura uchun Selsiy gradusi (°C) birliklarini qoʻllashga ruxsat berilgan. 41- §. JISMNING MASSASI VA VAQTNI OʻLCHASH Massa asosiy fizik kattaliklardan biridir. Jismning massasi tushunchasi ogʻirlik kuch tushunchasi bilan chambarchas bog'- langan. Bu kuch bilan jism yerga tortiladi. Shuning uchun jism- ning og'irligi jismning oʻzigagina bogʻliq emas. Masalan, qutbda jism ekvatordagiga qaraganda 0,5% ogʻir. Biroq oʻzining bunday oʻzgaruvchanligiga qaramay har qanday sharoitda ham ikki jism ogʻirligining nislati bir xildir. Jismning og'irligini boshqa jism ogʻirligi bilan taqqoslab oʻlchashda jismning yangi xossasi kelib chiqadi, bu xossa massa deb ataladi.
Maktab o'quv dasturida o'lchov birliklarini o'rganishni aniqlash'ich sinflarda boshlanadi. Bunda 1- sinfda o'quvchilar tanishadigan birinchi o'lchov birlik bu - massa birligi "kilogram"dir. I kg li massa haqidagi tasavvurni faqat o'zlarining amaliy ishlari asosida olishlari kerak. Bolalar massalari I kg ga teng bo'lgan predmetlarni qo'llarida ushlab ko'rishlari va bu predmetlarni og'ir yoki yengil predmetlar bilan taqqoslashlari kerak öyaaan. Taqoslash operatsiyasi asosida bolalar kg li massa haqida real tuyg'uni sezadilar. Birinchi darsning o'zidayoq bolalarni pallali (richagli) tarozida har xil o'lchov birliklarisiz tasabbur etib (paketga solingan1 kg, 2 kg. 3 kg shakar, tuz, yormalar va "boshqa narsalar) 1, 2, 5 kg li toshlar naboridan qattiq tortishish bilan tanishtirish. Navbat polalar hajm (sig'im) a litr bilan tanishadilar. krushka, undan foydalanish, stakanning (banka chelak, kastryullishika, stakanlar) bo' juda muhim korxona ega, O'qituvehiga mo' metodik qo'llanmada « suhbatdan » tavsiya sut, yoki lampa moy (keros) sotib olgani, unda sotuvchi sut nima bilan o'lchashini» so'rab olish tavsiya qilinadi. Shundagina litrni ko'rsatish va litr vositalarni o'lchash vositalarining hajmi. Amaliy bo'lgan har xil shaklda o'tqazishbmumkin. Shulardan ba'zilarini keltiramiz: 1) «Magazin» o'yini: o'quvchilardan biri sotuvchi qilib tayinlanadi. Chelaklarga «sut» (suv) quyilgan. Bir necha o'quvchi bidonlar va bankalar olishadi ular xaridorlar. Xaridorlarning talabiga binoan sotuvchiga 1 litr, 2 litr, 3 litrdan «sut» quyib beriladi, qolgan hamma o'quvchilar sotuvchi «sutni» to'g'ri quyib berayotganini kuzatib boradi. 2) Bankaga, kastryulkaga (boshqa idishga) qancha suv sig'ishini o'lchash taklif qilishga. Bunda oldin o'quvchilardan bir idishga necha litr sig'ishi haqida qanday fikrda ekanliklarini so'rash kerak. Ular o'zlari o'ylagan sonni yozib qo'yishsin, o'lchashlardan keyin o'zlarining turli o'ylaganliklarini tekshirib ko'radilar. 3) Bir chelakka 5 1 chelakka 31 suv quying. Chelaklardagi suvlar teng bo'lishi nima qilish kerak? (1 1 suvni birinchi chelakdan tashqariga quyish, birinchi chelakdan 21 suvni to'kib yuborish mumkin, chelakka yana 21 suv quyish mumkin). O'qituvchi bolalar o'lchashni mashqlar qilishlari va sig'imni ko'zda chamalab mashqlar qilish. Ikkinchi sinfda o'quvchilar yangi massa birligi - gramm bilan tanishadi. Bunda ish metodikasi kilogramm bilan tanishishdagidekdir. Masalan, gramm haqida konkret tasavvur hosil qilish uchun bolalar qo'llari bilan massasi gramm bo'lgan toshni ushlashlari va uning og'irligini boshqa predmetlari bilan taqqoslash kerak. Sinfga dorixona tarozisi yordamida bolalarga bu tarozida mahsulot tortilishini ishlab chiqarish kerak. Dorilarni o'lchash uchun 1 g, 2 g, 5 g, 10 g, 20 g, 50 g, 100 g. 500 mayda toshlarni aytadilar (va ko' yordam). Yoki xozirda kichkina elektron torozlarda foydalangan holda o’quvchilarga tortishga oid amaliy tajriba o'tqazish mumkin: Masalan, 300 g shakar, 200 g guruch tortib olish vakazo. Bu jarayonda o'quvchilarning o'zlari ishtirok etishlari muhim. Ikkinchi sinfda o'rganuvchilarni savdo tarozisi bilan tanishtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |