Sinfdan tashqari o’qish darslarini rejalashtirish.
Boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchilar badiiy va ilmiyommabop kitoblarni mustaqil o’qiy va tanlay oladigan, ularning mazmunmohiyatini tushunadigan bo’lishlariga erishish lozim. Bu jarayonda o’quvchilarning faqat kitoblarninggina emas, balki gazeta va jurnallar mutolaasiga ham qiziquvchan faol kitobxon bo’lishlariga e’tibor qaratiladi.
Mavjud dasturlarda sinfdan tashqari o’qish davomida o’quvchilar egallashi zarur bo’lgan bolalar yozuvchilarining asarlarini tanlay bilish, mustaqil o’qigan kitoblarini, ulardagi qahramonlarning xattiharakatlarini baholash, asar sujetidagi muhim o’rinlarni ajrata olish, sinfdan tashqari o’qish kundaligi yuritish kabi ko’nikmalarni egallash beigilab berilgan.
Sinfdan tashqari o’qish, o’z navbatida, qiziqarli va o’ziga jalb etadigan faoliyat bo’lib, o’quvchilarning bilimi va dunyoqarashini kengaytiradi, kundalik hayotga faol munosabat uyg’otadi. Shuning uchun ham bu xildagi darslarning qurilishi ham xilmaxil bo’ladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’quvchilar o’qigan kitoblari hisobga olinadi, yangi kitoblar tavsiya etiladi. Mustaqil mutolaa qilingan asarlar yuzasidan o’tkaziladigan suhbatlarda asar mavzusi, janri, kompozitsion tuzilishi, sujet qurilishi, qahramonlar timsoliga oid tahlil elementlari o’qituvchi savollari asosida o’quvchilar ongiga singdirila boriladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida ham kirish va yakuniy suhbatlar o’tkaziladi. Darslar rejasi butun o’quv yili uchun oldindan tuzilishi lozim.
Sinfdan tashqari o’qishning asosiy vazifasi bolalarni mustaqil amaliy faoliyatga o’rgatish, bilimini boyitish va o’qish ko’nikmalarini takomillashtirishdir. o’quvchilarga sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qishlari zaair bo’lgan kitoblar, ular bilan tanishish tartibi yuzasidan ko’rsatmalar beriladi. Maktab kutubxonasi bilan birgalikda kitqb ko’rgazmalari tashkil etiladi. Bu jarayonda kitob muqovasi, tituli, betlarini farqlay olish, asar muallifi, nomlarini, rassomlarni tanibbilib olish, rasm asosida asarlarning nima haqida ekanini, mazmunini aniqlashga erishish muhim ahamiyatga ega.
O’quvchilarda muayyan mavzularda tavsiya etilgan asarlar ichidan kitob tanlash va o’qish ko’nikmalarini shakllantirish, ularni o’qigan asari mazmunini qisqacha so’zlab berishga o’rgatish lozim.
O’qish mavzusi sinfda o’qiladigan asarlar mavzusi bilan uyg’unligiga, ta’limtarbiya birligiga, mavsumiy, bosqichli va bolalar qiziqishiga rioya qilgan holda belgilanadi hamda asarlar tanlanadi.
Sinfdan tashqari o’qish uchun tanlanadigan mavzular, asosan, quyidagicha rejalashtirilishi mumkin:
Gullayashna hur O’zbekiston!
Mustaqillik — oliy ne’rnat.
O’zbekistonning qahramon o’g’lonlari.
Tabiat — bizning uyimiz.
Odob — oltindan qimmat.
Ona tilim — jonu dilim.
Bilim ol, hunar tanla! va boshq.
Boshlang’ich sinflarda STO’ darslarini rejalashtirishda quyidagilarga asoslaniladi:
Mavsumiy tamoyilga va milliy an’analarimiz bilan bog’liq bo’lishiga.
STO’ darslarini sinfdan sinfga o’tgan sari bosqichli izchillik tamoyili asosida kengaytirib borishga.
Sinfda o’qish darslarida o’rganiladigan mavzular bilan bog’liq bo’lishiga.
Bolalar yozuvchilarining tavallud kunlari bilan bog’liq holda ularning ijodini o’rganishga.
Bolalarning qiziqishlarini hisobga olishga.
Adabiy jarayon bilan hamnafas bo’lishiga.
STO’ uchun beriladigan topshiriqlaniing ijodiy xarakterda bo’lishiga.
o’quvchilarda mustaqil o’qish ko’nikmalarining shakllanishiga e’tiborni kuchaytirish va rahbarlik shakllarining xilma-xil bo’lishiga.
4-sinfda (STO’ning asosiy bosqichi) STO’ darslarining bir yillik taxminiy rejalashtirilishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
N0
|
Mavzu
|
Tavsiya etiladigan asarlar
|
Ajr. soat
|
Vaqt!
|
1
|
Vatanimni sevaman
|
A.Avloniy ,,Vatan», X.To’xtaboyev
,,Omonboy va Davronboyning sarguzashtlari», Sh.Xolmirzayev ,,Oqtosh» hikoyasi, O.Yoqubov ,,Sho’rtan gazchisi», A.Obidjon ,,Vatan», Q.Ota ,,Vatan timsoli», ,,O’zbekiston», A.Akbar ,,O’zbek clim», K.Turdiyeva ,,Vatan iqbol kutar», R.Nazar ,,Vatan tuyg’usi», O.To’xtash ,,OnaVatan».
|
1
|
Sentabr
|
2
|
T. Adashboyev —
bolalar shoiri
|
,,Biz sayohatchilar», ,,Arslonbop sharsharasi», ,,Surnay», ,,Nur daryo», ,,Guldasta», ,,Olatog’ lolatog'», ,,Oqbura to’lqinlari», ,,Sovg’a», ,,Tuproq», ,,Jasorat».
|
|
1
|
Sentabr
|
3
|
Ustozlarni
e’zozlaymiz
|
K.Turdiyeva ,,Ustozlar», ,,Bo’ling harfga hurmatda», A. Obidjon ,,Kkobni ko’p o’qiydigan ukam», S.Jo’ra ,,Tinish belgiiarining majlisi», A. Muxtor ,,Hafta», D.Matjon ,,Suflyor», T.Adashboyev ,,Ustozlarga bag’ishlov», ,,O’qituvchim».
|
|
1
|
Oktabr
|
4
|
Ona tilim — jonu
dilim
|
X.Safarov ,,Savollarga javoblar»,
M.A’zam ,,Ona tilim», ,,TiI darsi», T. Adashboyev ,,Ona tilim» va til haqidagi hikmatlar, maqollar.
|
|
1
|
Oktabr
|
5
|
Tabiatni asrang
|
|
T.Adashboyev ,,To’rt amal», T.Yo’1dosh ,,Uzumlar oilasi», ,,Yerning tili», Y.Sulaymon ,,Kuz», E. Vohidov ,,Shaftoli», ,,Terak», ,,Archa», ,,Majnuntol», ,,Nashvati», S. Jabbor ,,Ko’chatim», M. Murodov ,,Dala xunuk bo’lib qoladi», A.Akbar ,,So’rov», R.Nazar ,,Yordam qushi», R.Tolib ,,Tabib ko’klam», ,,Orolim», Q.Hikmat ,,Uch o’rtoqning sovg’asi».
|
|
1
|
Noyabr
|
6
|
Ertaklar sayohat
|
olamiga
|
Y. Shukurov ,,Ona mehri», T. oyipov ,,G’ani degan bolaning parvozi», ,,Yana uchar ot haqida», ,,O’qilon va ot», ,,O1tin shoxli kiyik», P. Mo’min ,,Tish cho’tka, poroshok va atir sovun ertagi», J. Rahim ,,Bir butun oy va o’n ikki yulduz», Z. Diyor ,,Yuksak tog’, keng o’tloq va mard o’rtoq haqida qissa», T. Adashboyev ,,Adolatli qozi», S.Marshak ,,Tentak ovchi», S. T. Aksakov ,,Sirli qizil gul».
|
1
|
|
Noyabr
|
7
|
Qomusimiz qonunimiz
|
|
Qambar Ota ,,Baxt qomusi».
|
1
|
|
Dekabr
|
8
|
Qushlar do’stimiz
|
bizning
|
S.Ochil ,,Qushlar qo’shig’i», M.A’zam ,,Kaklik», ,,Musichaning arazi», ,,Ikkita qorashaqshaq va bitta qora mushuk», ,,Mening vafoli qarqunog’im».
|
1
|
|
Dekabr
|
9
|
Vatan posbonlari
|
E.Ro’zimatov ,,Vatan raadadkor bo’1g’ay», T. Adashboyev ,,So’nggi jang», ,,Yo’lchi yiilduz», A. Obidjon ,,Yaroq».
|
1
|
|
Yanvar
|
10
|
A. Obidjon — bolalarning sevimli
shoiri
|
,,Ona yer», ,,Bahromning hikoyalari», ,,Ey, yonig’ dunyo», ,,Olovjon va uning do’stlari», ,,Ketmagil», ,,BezgaksliamoI», ,,Masxaraboz bola», ,,Juda qiziq voqea», ,,Oltin yurakli Avtobola», ,,Dahshatli Meshpolvon», ,,Yerliklar», ,,Ajoyibxona», ,,Meshpolvonning janglari», ,,Alisher ila Husayn yoki uch dono va o’g’ri», ,,Oltiariq hangomalari», ,,Bulbu!ning cho’pcliaklari», ,,BezgakshamoI
— 2″
|
1
|
Fevral
|
11
|
Navdiy — buyuk
daho
|
Oybek ,,Bola Alisher».
|
1
|
Fevral
|
12
|
O’tmishni o’rganish
— burchimiz
|
G’.G’ulom ,,Shum bola», Sh.Bo’tayev ,,Usta va charxpalak», S.G’ofurov ,,A’zam tut»,
S.Barnoyev ,,Minora», E.Malikov ,,Xotira», M.A’zam ,,Temur vamulla Alibek», ,,Ikki Temur», ,,Buxoriy darsi», ,,Ulug’bek va o’qli Abdurahmon», ,,Qodiriya qasabasi va Abdulqodirning to’g’riso’zligi», T.
Adashboyev ,,Yassaviy zurriyodlari».
|
1
|
Mart
|
13
|
Mening mehribon onajonim
|
K.Turdiyeva ,,Qush bo’lib uchgan ona», Y.
Shukurov ,,Ona mehri».
|
1
|
Mart
|
14
|
Navro’zi olam —
yashardi olam
|
N.Ostonov,,Bahor», ,,Hamal»,
T.Adashboyev,,Navro’z», ,,Boychechak», E.Baxt ,,Moychechakning qalpog’i», O.To’xtash ,,Kuz faslida», H. Imonberdiyev ,,Turi)aiar», R.Nazar ,,Gullagan olclia», Q. Muliammadiy ,,Bahor keldi», ,,Gullar» turkum she’rlari, Z.Diyor ,,Binafsha», A.Abdurazzoq ,,Dunyo».
|
1
|
Mart
|
15
|
Bor bo’lsin tinchlik
|
S.Barnoyev ,,Tinchlik qo’shig’i», Q.Rahmat ,,Dil so’zlari», H.OIimjon ,,Vatan», LMusIim ,,Do’stlik», O.Rasul ,,Tinchlik yashar»
|
1
|
Aprel
|
16
|
Abdurahmon Akbar
ijodini o’rganamiz
|
,,Shoir dadam haqida she’riy hikoyalar», ,,Kichkintoy va paxtaoy», ,,So’zlovchi yomg’ir», ,,Yozning tug’ilgan kuni», ,,Kuylayotgan bog’», ,,O’yinqaroq bulutcha», ,,O’rdakcha», ,,Jonli savatcha» to’plamlari.
|
1
|
Aprel
|
17
|
Tengdoshlar
hayotidan
|
I.Mahmudov ,,O’rik», E. Rahimov ,,Portlash», Y. Sa’dullayeva ,,Ko’cha to’la bolalar», S.G’ofurov ,,Teshik kulcha», Y.
Rahmonova ,,Qasos», A. Akbar
,,Mishmishvoy»
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |