hamma-hammasi biz uchun aziz, qadrdon edi.
Uyushiq qator quyidagi uyushiq bo`lak o`rnini egallaydi:
1. Uyushiq ega: Qor-yomg`ir yog`ayotgan paytlarda ham ayollar va bolalar
suvga kelishadi.
2. Uyushiq kesim:
a) uyushiq fe’l kesim: ... ufqqacha cho`zilgan lolazor rang-barang
tovlanmoqda, yonmoqda.
b) uyushiq ot kesim: qalbi pok bo`lgan kishining ishlari ham pok bo`ladi,
toza bo`ladi.
3. Uyushiq aniqlovchi:
a) uyushiq sifatlovchi: Tabiatning hech kimga bo`ysunmaydigan, birovdan
ruxsat ham so`rab o`tirmaydigan o`z qonunlari bor.
Ba’zan ikki va undan ortiq sifatlovchilar sifatlanmishni turli tomondan
aniqlaydi va shuning uchun ham uyushmagan sanaladi. Masalan: Tog` tepasida
to`planayotgan qora bulutlar tushga borib quyuqlashib ketdi. (P.Qodirov). Bunda
sifatlanmish (bulutlar) o`rniga nisbatan harakatdagi belgi (tog` tepasida
to`planayotgan) va rang-tus (qora) jihatdan aniqlangan.
Uyuushgan sifatlovchilar esa sifatlanmishni bir tomondan aniqlaydi.
Masalan: Ular ichida sariq, binafsha rang gullar... asta silkinib, o`zlarini ko`z-ko`z
qilmoqchi bo`lardilar. Bu gapda sifatlanmish (gullar) faqat rang-tus (sariq, binafsha
rang) jihatdan tavsiflangan. Sifatlovchilarning uyushganligini belgilashda sanash
intonatsiyasi muhim rol o`ynaydi;
b) uyushiq qaratuvchi: Hayotda go`zallik, quvvat va saodatning manbai
soddalikdir. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
v) uyushiq izohlovchi: ...bo`lajak katta san’atkor, arxitektura professori
Akramjon Holiqov, deb bilasizlar!»- deb tanishtirdi.
4. Uyushiq to`ldiruvchi:
a) uyushiq vositasiz to`ldiruvchi: ... asrlar davomida qasr, koshona, machit,
madrasa va uylar qurishda chinordan keng foydalanib kelingan.
b) uyushiq vositali to`ldiruvchi: Yengil qor parchalarining osmondan uchib
tushishida ham, daraxtlarga qo`nishida ham nafis bir xotirjamlik bor!
5. Uyushiq hol: Qadimgi Movarounnahrda chinorzor bog`lar barpo etish
an’analari hurmat ishtiyoq bilan davom ettirilgan. Mirzo Ulug`bek Samarqand,
Kattaqo`rg`on, Balh va Shahrisabzda ana shunday bog`lar barpo etishga farmoyish
bergan.
Uyushiq bo`laklar grammatik jihatdan ikki xil shakllanadi: mustaqil holda
va umumlashgan holda.
Uyushuvchilar mustaqil holda shakllanganda, grammatik ko`rsatkichlar (ot
va otlshgan so`zlar bilan foydalangan bo`laklarda – kelishik, egalik, ko`plik
affikslari, -dagi o`rin belgisi affiksi hamda ko`makchilar; ot va fe’l kesimlarida –
to`liqsiz fe’l va ko`makchi fe’llar hamda – dir affiks bog`lamasi va so`z
bog`lamalari) uyushiqli qatorning har bir a’zosida qatnashadi. Masalan: Qahraton
sovuqqa va qurg`oqchilikka chidamli bo`lgani uchun chinor manzarali daraxt
sifatida qadrlanadi. Kitoblar orqali asrlar bilan, ming yillar bilan, qadim faylasuflar
bilan... suhbatlashish mumkin. Oyko`lga baland Sunbul cho`qqidan odamning
beliday qishin – yozin tushib turar ekan-u, hech qayeridan chiqib ketmas ekan.
Uyushuvchilar umumlashgan holda shakllanganda, turli grammatik
ko`rsatkichlar uyushiq qatorning oxirgi a’zosida qo`llanib, barchasi uchun taalluqli
bo`ladi. Bunda turli umumlashtiruvchi grammatik ko`rsatkichlar qavsdan
tashqariga chiqariladi. Va bu holda shakllangan uyushuvchilarning bitta bo`lak deb
qarash lozim bo`ladi. Masalan: Sharq chinorlari (Kavkaz, Qrim va O`rta
Osiyo)da... o`stiriladi. Mahkam (karavotlar va tubochkalar) bilan qurshalgan
stolga qaradi. ... bu xona boshqa xonalaridan (nihoyatda yorug`ligi, ozoda, haddan
tashqari sarishtaligi) bilan farq qilardi. Temirjon... Abdulla Karimovich Salimovni
(tanimas, ammo eshitgan) edi. Qishloq bolalari (pishiq, tadbirli) bo`ladi. Birinchi
gapda bitta uyushiq o`rin holini –da o`rin payt kelishigi affiksi, ikkinchi, uchinchi
gapda bitta uyushiq vositali to`ldiruvchini bilan ko`makchisi, to`rtinchi gapda bitta
uyushiq fe’l kesimni edi to`liqsiz fe’li va beshinchi gapda bitta uyushiq ot kesimni
bo`ladi bog`lamasi umumlashgan holda shakllantirib kelgan.
Uyushiq qator a’zolari tenglashish yo`li bilan sintaktik aloqaga kirishadi. Bu
aloqa teng bog`lovchilar va teng bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar hamda
bog`lovchisiz, faqat intonatsiya, sanash intonatsiyasi orqali amalga oshiriladi.
Sanash intonatsiyasi uyushuvchilarning bog`lovchilar yordamida aloqaga
kirishganda ham mavjud bo`ladi.
Uyushuvchilar quyidagi bog`lovchilar yordamida aloqaga kirishadi:
1. Biriktiruvchilar (va, hamda, ham): uning tegrasida osmon benihoyat tiniq
va ko`k ko`rinadi. U yotoqxonaga borishga qaror berdi hamda nariga korpusga
qarab ketdi. Kun bo`yi quloqlari ostidan juda g`alati, ham xiyol hazin, ham kishini
allaqanday erkalovchi... ajib bir musiqa ketmadi.
Na ... na inkor yuklamasi biriktiruv bog`lovchilar vazifasida kelib, inkor
ma’nosini anglatish uchun xizmat qiladi: Na hovlidan na uyidan sado chiqdi.
Va bog`lovchisi vazifasida -u (-yu), -da, na ... na yuklamalari ham qo`llanishi
mumkin. Keyin chakmonning ikki engini xurjunga o`xshatib elkasiga tashladi-da,
orqaga qaytdi. Yigit qora qushlarni ko`rdi-yu, birdan sergaklandi.
Va biriktiruv bog`lovchisi vazifasini bilan ko`makchisi ham bajarishi
mumkin: Deraza bilan doska orasida qo`lini orqasiga qilib yurib, lektsiya
o`qiyotgan surrang kostyumli barvasta kishi to`xtadi.
Bilan yordamchisi, va bog`lovchisi singari, juft – juft qo`llangan
uyushuvchilarda har bir juft o`rtasida keladi: To`g`rilik bilan xiyonat,
yolg`onchilik bilan diyonat chiqisha olmaydi. («Oz – oz o`rganib dono bo`lur»).
2. Zidlovchilar (lekin, ammo, biroq): Tolibjon bolalarning beg`ubor, ammo
almoyi – aljoyi gaplaridan zavqlanib jimgina borardi. Usta Qambar o`g`lini
urmadi, so`kmadi, lekin bir – ikki oy u bilan gaplashmadi.
Zidlov bog`lovchilar vazifasida –u, (–yu) yuklamasi ham qo`llanishi mumkin.
Masalan: O`ttiz yildan beri shu qishloqda uy quribman-u, ... shu buloq ... Oyko`lni
Oyko`l qilib turgan shu suv oldimizda oqqani uchun qadrsiz bo`lib yotganini
sezmabman. U Mullajon qozining bog`ini ko`rgan emas, ammo tarifini eshitgan.
3. Ayiruvchilar (yo, yoki, yoxud, yoinki, dam ... dam, goh ... goh, bir ... bir,
ba’zan ... ba’zan): Bir xil irmoqlar ... katta–katta toshlarni aylanib o`tib, ba’zan
qoyalarning ostidan yo`l topib, goh to`lib, goh mildiratib ohistalik bilan ko`lga
tushadi. U dam sahnada o`tirganlarga, dam pastdagilarga qarab she’rni sharilatib
o`qib ketdi.
Uyushiq bo`lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi birliklar ham qatnashadi.
Ular uyushuvchilarni jamlab ko`rsatadigan so`z va so`z birliklari bo`lib, uyushiq
bo`lakdan
oldin
yo
keyin
keladi.
Uyushiq
bo`lakdan
oldin
kelgan
umumlashtiruvchilar odatda izoh talab qiladi. Uyushiq bo`lakdan keyin kelgan
umumlashtiruvchilar esa yakunlash, xulosalash xususiyatiga ega bo`ladi. Masalan:
Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong`ulikka jimgina cho`kdi. Ko`cha –
ko`y ham, dala ham, qishloq ham - hammasi mendan Ma’sudani
so`roqlayotganday bo`ladi.
Uyushiq bo`lakli gaplarda xilma–xil tinish belgilari qo`llaniladi.
Uyushuvchilar o`zaro bog`lovchisiz (faqat sanash intonatsiyasi bilan); zidlov
bog`lovchilari, takrorlanuvchi bog`lovchilar; bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar
yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo`yiladi. Masalan:
Qashqardaryo, Surxondaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida bo`lsangiz, 500-
600 yillik chinorlarni ko`rasiz. U doktorlarga goh zug`um qilib, goh yaxshi gapirib
statsionardan chiqdi.
Uyushuvchilar o`zaro va, hamda, bilan biriktiruv bog`lovchilari orqali,
shuningdek, yakka ayiruv bog`lovchilari yordamida aloqaga kirishganda, ular
orasiga vergul qo`yilmaydi: Anhorda suv sokin va ulug`vor oqardi. Salim ota bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |