bog‘lovchilari bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklarda shu bog‘lovchilardan oldin
vergul qo‘yib yozishga, uyushiq bo‘lakli gaplardan og‘zaki va yozma nutqda
O‘quvchilar birdan ortiq ega, birdan ortiq kesim, bir xil so‘roqqa javob
bo‘lgan va gapning bir bo‘lagiga bog‘lanib kelgan birdan ortiq ikkinchi darajali
bo‘laklar gapning uyushiq bo‘laklari ekanligi, uyushiq bo‘laklar o‘zaro va, ammo,
lekin, biroq bog‘lovchilari bilan bog‘lanishi bilan birinchi marta tanishadilar.
Boshlang‘ich sinflarda gapning uyushiq bo‘laklari bir xil so‘roqda javob bo‘lishi,
gapda bir xil vazifani bajarishi, sanash ohangi bilan aytilishi, bosh bo‘laklar ham,
ikkinchi darajali bo‘laklar ham uyushib kelishi mumkinligi, uyushiq bo‘laklarning
o‘zaro bog‘lovchisiz hamda, va, ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari bilan
bog‘lanishi o‘rgatiladi. Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilarning ishlatilishi
yuzasidan quyidagi ma’lumot ham boshlangich sinflarda beriladi.
Gapning uyushiq bo‘laklari bog‘lovchilarsiz bog‘lansa, ular orasiga vergul
qo‘yiladi.
Gapning uyushiq bo‘laklari ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari bilan
bog‘lansa, shu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi. Va bog‘lovchisi bilan
bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo‘yilmaydi.
Gapda so‘zlarning bir-biri bilan bog‘lanishi mavzusi o‘tilganda so‘zlarning
bir-biri bilan teng bog‘lanishi, teng bog‘langan so‘zlar gapning uyushiq
bo‘laklarini hosil qilishi o‘rgatiladi.
“Gapning uyushiq bo‘laklari” mavzusini o‘rganishda o‘quvchilarning
ta’limning quyi bosqichlarida gapning bunday bo‘laklari haqida hosil qilgan
bilimlari kengaytirilib, juft holda qo‘llangan uyushiq bo‘laklar, uyushiq va
uyushmagan aniqlovchi, uyushiq bo‘laklarning biriktiruv, zidlov bog‘lovchilaridan
tashqari, ayiruv bog‘lovchilari, shuningdek, bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan
ko‘makchi va yuklamalar yordami bilan bog‘lanishi, uyushiq bo‘laklarda son,
egalik va kelishik qo‘shimchalarining qo‘llanishi, uyushiq bo‘laklarda
umumlashtiruvchi so‘zning qo‘llanishi, unda tinish belgilarning ishlatilishi haqida
ma’lumot beriladi.
Gapning uyushiq bo‘laklari haqidagi umumiy ma’lumotni kengaytirishda
o‘quvchilar gapning uyushiq bo‘laklari bir-biri bilan teng bog‘lanishi, o‘zaro teng
bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordami bilan bog‘lanishi, gapda ega va
kesimning birdan ortiq kelishi hamma vaqt uyushiq bo‘lak hosil qilishi, ikkinchi
darajali bo‘laklarning birdan ortiq bo‘lishi esa hamma vaqt uyushiq bo‘lak hosil
qilavermasligi, uyushiq bo‘laklarning juft holda qo‘llana olishi bilan tanishadilar;
uyushiq gaplarni gapda takrorlanib qo‘llangan bo‘laklardan farqlashni
o‘rganadilar. Shuningdek, amaliy ishlarda o‘zaro ergashish yo‘li bilan bog‘langan
gap bo‘laklari bilan o‘zaro teng bog‘langan gap bo‘laklarini farqlashga e’tibor
beriladi. Bu orqali o‘quvchilarning gapdagi so‘zlarning o‘zaro borg‘lanishi haqida
fikrlash faoliyatini o‘stirish, til sezgirligini oshirishga erishiladi.
Uyushiq bo‘lak haqidagi umumiy ma’lumotni kengaytirishda berilgan gaplar
ko‘rsatilgan topshiriqlar asosida tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: