2)O’zbekistondagi oltin rudalari
Oʻzbekistonda Oltin rudalari aniklangan 600 ga yaqin kon maʼlum boʻlib, 144 tasi kadastrga kiritilgan, 12 tasida oltin qazib olish ishlari olib borilmoqda, 15 tasi razvedka qilingan, 16 tasida razvedka ishlari olib borilmoqda (2001). Oltin rudalari konlari asosiy geolo-gik-sanoat turlaridan uchtasi: oltin-kvarsli (Muruntov, Zarmitan Pirmirob, Gʻuzoqsoy), oltin-sulfid-kvarsli (Qizilolmasoy, Qoʻshbuloq, Balpantov, Marjonbuloq, Sarmich, Bulatkon va boshqalar), oltin-sulfidli (Koʻkpatos, Dovgʻiztov, Omontoytov va boshqalar) va 2 ta kompleksli turlari: oltin-kumushli ("Yuqorivolt", Kosmanachi, Oʻqetmas, Oqtepa) va oltin-misporfirli (Qalmoqqir, Olis va boshqalar) ajratilgan. Oʻzbekiston oltinning razvedka qilib aniklangan zaxiralari boʻyicha jahondagi eng yirik mamlakatlar orasida 4-oʻrinda, yillik qazib olish miqdori boʻyicha 9-oʻrinda turadi (2000). Oltinning ruda va minerallari
Oltin tarkibli rudalar moddiytarkibi bo‘yicha katta hilma-hillik bilantavsiflanadi. Ayrim rudalarning 90%massasini kvars tashkil etadi, boshqaturdagi rudalarda kvars bilan birga,rudalarda temir oksidlari (29% gacha),karbonatlar (20-30% gacha), barit (56-60 % gacha), turmalin (50% gacha)minerallari uchraydi. Oltin tarkiblirudalarda sulfid minerallarning (asosanFeS2, FenSn+1) miqdori keng chegaradao‘zgarishi mumkin 0 dan 80% gacha. Shunindek rudalarda ma’lum miqdorda boshqa minerallar va sig‘im poroda(granit, diorit, slanets va b.) ham uchraydi.
Oltin tarkibli rudalar, ruda tarkibidagioltinning granulometrik tarkibi va oltinni minerallar bilan assotsiatsiyalanganligi(minerallarning tarkibida mavjudligi) bilan, bir biridan farqlanadi.Texnologik nuqtai nazardan, oltin tarkibli rudalarning asosiy belgilovchitavsiflari quyilagilardir:- oltin bilan bir qatorda ruda tarkibida sanoat ahamiyatiga ega bo‘lganboshqa foydali komponentlarning mavjudligi;- sulfidli rudalarga nisbatan, oksidli rudalarning ko‘p miqdorda bo‘lishi,ya’ni rudaning oksidlanish darajasi;- ruda tarkibida qayta ishlash texnologiyasini qiyinlashtiruvchikomponentlarning mavjudligi; - ruda tarkibidagi oltinning tavsifi, birinchi novbatda oltin donachalarningyirikligi.Tarkibida foydali komponentlarning mavdjudligi bo‘yicha rudalarquyidagilarga bo‘linadi: oltin rudalari; oltin-piritli rudalar; oltin-marg‘imushlirudalar; oltin-kumushli rudalar; oltin-misli rudalar; oltin-surmali rudalar; oltin-uranli rudalar; oltin-polimetallik rudalar.Oltin-polimetallik rudalarga, tarkibida oltindan tashqari ikki va undan ko‘psanoat ahamiyatiga ega qimmatbaho komponetlar (Cu, Pb, Zn, Ag, pirit, barit vab.) mavjud rudalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |