Mavzu: Olmosh so’z turkumi



Download 78 Kb.
Sana14.11.2022
Hajmi78 Kb.
#865634
Bog'liq
Esse Olmosh so‘z turkumi.


Al-Buxoriy Universiteti
Anarbayeva Nodira Kenjaboy qizi
Boshlang’ich ta’lim Sirtqi bo’lim
1-bosqich 4-guruh

Mavzu: Olmosh so’z turkumi


Esse
Kirish
Olmoshlar mustaqil so‘z singari shaxs, narsa, belgi yoki qiymat tushunchasini bildirmay, ular o‘rnida almashib keladigan, ularning mavjudligiga ishora qiladigan so‘zlardir. Masalan: men-shaxsga, nima-narsaga, shu, bu, o‘sha-belgiga, qancha, shuncha olmoshlari esa miqdor-ga ishora qilishi bilan o‘zaro farqlanadi. Olmoshlar aniq ma’no bilan mavhum ma’noning almashinib qo‘llanishini ta’minlaydigan so‘zlardir. Ularning qanday ma’noda qo‘llangani matnda ishtirok etuvchi til birlik-larining munosabatiga qarab oydinlashadi. Masalan: Shunday o‘lka doim bor bo‘lsin, gapidagi shunday olmoshi narsa belgisini boshqasiga taqqoslab ko‘rsatish uchun xizmat qilgan. Biroq, ba’zi olmoshlar, xususan, kim, men, sen, qanday olmoshlarini ot yoki sifat bilan almashtirib bo‘lmaydi. Qayd etilganlardan ma’lum bo‘ladiki, olmoshlar mustaqil so‘zlarning doimiy muqobili sifatida nutqning ixchamligi, qisqaligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Asosiy Qism
Olmoshlar quyidagi o‘ziga xosliklarga egaligi bilan xarakterlanadi:
1. Olmoshlar boshqa turkumlardan farqli ravishda so‘z yasalish tizimi-ga ega emas. Ya’ni boshqa so‘zlaridan olmosh yasalmaydi. Olmoshlar-dan affikslar orqali sanoqli so‘z yasalishi mumkin: manmanlik, men-simaslik, sensirash, shunday. Shuningdek, olmoshlar ba’zi so‘zlar bilan birikib boshqa turkumga ko‘chadi: qayerda, ozmuncha, o‘zboshimcha.
3. Olmoshlar otlarga xos so‘z o‘zgartuvchilarni qabul qiladi: kimni, bizga, hech kimdan kabi. Ba’zi olmoshlar o‘zgartuvchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanganda turli fonetik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: sen+ing, men+i; u+n+ga, shu+n+ga kabi.
4. Olmoshlar egalik affikslari bilan qo‘llanishda ayrim xususiyatlar mavjud: 1) ot tipidagi so‘roq, bo‘lishsizlik, belgilash, o‘zlik olmoshlari egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi: kimi, nimasi, hech kimim, hech nimam, o‘zim, o‘zing, o‘zi, hammasi, barchasi kabi; 2) paytga nisbatan so‘roq ishlatiladigan va sabab - maqsadni aniqlash uchun ishlatiladigan so‘roq olmoshlari, I, II shaxs kelishik olmoshlari egalik affiksini olmaydi, ya’ni qachon+im, nega+m, men+im deb ishlatilmaydi; 3) u ko‘rsatish olmoshi va qaysi, necha kabi so‘roq olmoshlari egalik affiksini, asosan, otlashganda qabul qiladi: qaysisi, unisi, kabi.
5. Ko‘plik qo‘shimchasi I shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga qo‘shilmaydi (men+lar tarzida ishlatilmaydi). II shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga -lar qo‘shimachasi qo‘shilsa ko‘plik emas, hurmatsizlik, mensimaslik ma’nosi hosil bo‘ladi: Senlar. I-II shaxs ko‘pligi esa, bir so‘zlovchi va boshqalar, bir tinglovchi va boshqalar kabi ma’noga ega bo‘lib, guruh ifodalash uchun xizmat qiladi: bizlar, sizlar (biz va boshqalar) kabi. So‘roq olmoshiga -lar affiksi qo‘shilsa quyidagicha ma’nolar hosil bo‘ladi: a) taxmin ifodalaydi: Soat nechalar bo‘ldi?; b) ma’no kuchaytiriladi: Qanchalar qiynaldim! d) "qadim","ancha vaqt" ma’nosini ifodalaydi: Qachonlardir bu yerlarda hayot qaynagan edi.

6. Ma’no va gapdagi vazifasiga ko‘ra olmoshlar a) ot vazifasidagi olmoshlar, b) sifat vazifasidagi olmoshlar, g) son vazifasidagi olmosh-lar, d) ravish vazifasidagi olmoshlarga bo‘linadi: 1) men, sen, biz, siz, u, kim, nima, har kim, hamma, hech nima kabi ot vazifasidagi olmoshlar shaxs va narsaga ishora qilib, otlarga xos so‘z o‘zgartiruvchi-larni qabul qiladi va gapda ega, to‘ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi vazifasini bajaradi. Masalan: Biz abadiy bahormiz, biz insoniyat kelajagimizRo‘yxatga nechanchi o‘rinda yozildingiz? ; 4) Nega, qalay, qani kabilar harakat belgisini ifodalaydi va gapda hol vazifasini bajaradi: nega o‘qimaysan, nega javob bermaysan? Gapir!


7. Olmoshlar ergashgan qo‘shma gap tarkibida nisbiy so‘z sifatida ham ishtirok etadi: Kim ko‘p mehnat qilsa, u yaxshi yashaydi. Shuni unutmaslik kerakki, umidsizlik kishining hayotga bo‘lgan qiziqishini so‘ndiradi.
8.Olmoshlar ma’no xususiyatlariga ko‘ra 1) kishilik, 2) ko‘rsatish, 3) so‘roq, 4) o‘zlik, 5) belgilash, 6) bo‘lishsizlik,7) gumon kabi turlarga bo‘linadi.

Xulosa


Har kimning o‘z kasbi o‘ziga aziz. Qadrdan do‘stlarning uchrashuvi barchani o‘ziga jalb etdi; 2) qanday, qaysi, bu, shu, shunday, allaqanday, qandaydir, ba’zi kabi olmoshlar belgiga ishora qilib, gapda sifatlar singari ot oldida keladi va sifatlovchi aniqlovchi, hol, kesim vazifasini bajaradi: kecha savollarni bo‘lib olgan ba’zi bolalar o‘qituvchini quvonib kutib oldi; 3) Necha, nechanchi, qancha, har qancha, bir Necha kabi olmoshlar sonlar kabi miqdor ifodalaydi va gapda ot oldida kelib, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. Biroq, olmoshlar hech qachon o‘zidan avval aniqlovchi olmaydi:
Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish