Kurs ishining maqsadi: O`lkamizning moddiy va madaniy boyliklari tarixini o‘rganishda o‘lkashunoslik fanining tutgan o‘rni nihoyatda katta. Chunki o‘lkahunoshlikning arxeologiyaga oid shahar qurilishi va me’morchilik yodgorliklari, yodgorlik hujjatlari elshunoslik va toponomikaga oid materiallardan o‘rinli foydalanish orqali o‘rganish amalga oshiriladi. Ushbu kurs ishida biz vatanimiz tarixini xolisona yoritishda tarixiy o`lkashunoslik malumotlarida foydalanish orqali yoritib berishni maqsad qildik
Kurs ishining vazifalari:
Mavzuga oid manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish.
Olkashunoslik malumotlarni taxlil qilish
Tarixiy o`lkashunoslikning yurtimiz tarixida tutgan o`nini o’rganish.
Surxondaryo tarixiy o`lkashunosligini tarixini o`rganish.
Ob’ekti: Tarixiy o`lkashunoslik manbalarini taxlil qilish.
Predmeti: Surxondaryo viloyat davlat arxivi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Ushbu kurs ishining ahamiyati o`lkamizning moddiy va madaniy boyliklari, tarixini o‘rganishda o‘lkashunoslik manbalarining tutgan o‘rnini taxlil qilish.. Chunki o‘lkahunoshlikning arxeologiyaga oid shahar qurilishi va me’morchilik yodgorliklari, yodgorlik hujjatlari elshunoslik va toponomikaga oid materiallardan o‘rinli foydalanish orqali o‘rganish amalga oshiriladi. Tarixiy yodgorliklarga insoniyat hayotidagi eng muhim voqealar, jamiyatning rivojlanish bosqichlari, inqilobiy harakatlar bo‘lib o‘tgan joylar, atoqli sarkardalar, yirik davlat fan va madaniyat arboblarining nomlari bilan bog‘liq voqea joylari, o‘tmishdan bizga meros bo‘lgan qo‘lyozma asarlar manbalari asosida o‘rganiladi.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, boblar, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
I bob. Tarixiy o`lkashunoslik fanining asosiy manbalari
1.1. Tarixiy o`lkashunoslik fanining asosiy manbalari va ularning ahamiyati
O`lkashunoslik besh asosiy manbaga: arxeologiya, etnografiya, toponimika va arxiv hujjatlari xamda muzey materiallariga tayanib ish tutadi. Qishloq, rayon, shahar yoki viloyat hududining tarixini o`rganishda shu manbalardan birontasi ham diqqat-e`tibordan chetda qolmasligi lozim, busiz o`lka tarixini mukammal o`rganib bo`lmaydi. Tarixiy o‘lkashunoslikni o‘rganishda qimmatli bo‘lgan manbalarga tarixiy geografiya, arxeologiya, toponimika,etnografiya, antropologiya, arxiv va yozma manbalarni kiritish mumkin.Tarixiy manba deganda uzoq o‘tmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning ma’lum bosqichdagi kechmishini o‘zida aks ettirgan moddiy va ma’naviy manbalarni tushunamiz. Moddiy yodgorliklarga qadimiy obidalar,manzilgohlar, shaharsozlik an’analari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalar kiradi. Ma’naviy yodgorliklar deganda qadimgi yozuvlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar bitik, qo‘lyozma kitob va arxiv hujjatlari tushuniladi. Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo‘lgan va uning xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan moddiy va ma’naviy manbalardan iboratdir.Arxeologik manbalarga qadimgi shaharlar, qo‘rg‘onlar, qal’alar,qadimiy manzilgohlar, istehkomlar, qadimgi savdo yo‘llari, qoyatoshtasvirlari va boshqalar manbalar hisoblanib, vatanimiz tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi3.
Arxeologiya tarix fanining tarkibiy qismi bo‘lib, ijtimoiy fanlar orasida alohida
o‘rin tutadi. Arxeologiya iborasi «arxayos» qadimgi,«logos» fan degan ikkita grekcha so‘zning birikishidan tashkil topgan bo‘lib,qadimgi bilimlar haqidagi fan degan ma’noni beradi. Mantiqan olib qaraganda tarix va arxeologiya fanlari aslida o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib,bir-birini to‘ldiruvchi yagona fanning sohasidir. Insoniyat o‘tmish davrini arxeologiyasiz o‘rganib bo‘lmaydi. Arxeologiya insoniyatning o‘tmish tarixini o‘rganishda dala tadqiqotlari natijasida ibtidoiy
makonlar, qishloqlar,shaharlar hamda ulardan topib o‘rganilgan ashyoviy dalillar
_______________________
3Nabiyev A. Tarixiy o‘lkashunoslik. — T., 1996.
moddiy madaniyat yodgorliklari, qoyatosh rasmlari hamda boshqa moddiy manbalarga suyanib ish ko‘radi. Olib borilgan tadqiqot ishlari va ularning natijalari esa tadqiqotchi olimlarning maqolalari va ilmiy ishlarida o‘z aksini topib
bormoqda. Ular tomonidan topilgan ashyoviy dalillar respublikamizning
mezeylarida saqlanib kelmoqda. Arxeologik tadqiqotlar natijasida
to‘plangan materiallardan O‘zbekiston tarixi, jaxon tarixi , qadimgi dunyo
tarixi, o‘lkashunoslik fanlari va arxeologiya ixtisosligi bo‘yicha o‘quv
mashg‘ulotlarida foydalanilib kelinmoqda.
Toponimika (yunoncha topos-“joy”, onima “nom”) – joy nomlari
to‘g‘risidagi fandir. Toponimika deganda joy nomlarini o‘rganadigan
fanni, toponimiya deganda esa geografik nomlar yig‘indisi tushuniladi.
Toponimika geografiya, tarix, etnografiya bilan bog‘liq holda rivojlanadi.
Geografik joy nomlari (keyingi o‘rinlarda toponimlar) quruqlik va
suvliklardagi geografik obyektlarning, joylarning atoqli otlaridir.
Toponimlar o‘zbek tili, ularning so‘z boyligi, o‘zbek xalqining
madaniy, ma’naviy hamda ilmiy merosiga oid boy ma’lumotlarni o‘zida
ifodalab, asrlar davomida saqlab, asrab kelayotgan ulug‘ xazinadir.
Joy nomlarining asosiy vazifasi tarixiy-geografik joy nomlari, obyektlar,
hududlarni alohida, yakka holda ajratib atash va shu orqali ularni birbiridan farqlashga xizmat qilishdir. Toponimlarda xalqning qadimiy
davrlardan tortib shu kunlargacha bo‘lgan noyob kuzatishlari, tajribalari,
ularning dunyoqarashi va turli e’tiqodlari o‘z ifodasini topgan.
Antropologiya arxeologik qazishmalar jarayonini paleoantropologik
ma’lumotlar yig‘ish va ularni tadqiq etishni talab etadi. Ma’lumki,
antropologlar turli tarixiy davrlarga oid insoniyat madaniy moddiy
makonlarini o‘rganishlari natijasida ularning tashqi qiyofalarini tiklab,
qaysi antropologik irqqa oid ekanligini aniqlaydilar. Antropologiya
odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzod irqining paydo bo‘lishi
haqidagi fan hisolanadi. Antropologiyaga oid ma’lumotlar bundan bir necha
ming oldin bo‘lganiga qaramay u fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida
shakllana boshladi.Antropologiya bir qancha qismlarga bo‘linadi odam marfologiyasi,antropogenez, irqshunoslik. Marfologiya odamning jismoniy tuzulishidagibelgilarning yosh, jinsi, kasb va tashqi sharoitiga qarab o‘zgarishini o‘rganadi.Irqshunoslik odamzod irqlarining kelib chiqish davri va sabablarini,
ularning yer yuzi bo‘ylab tarqalishini hamda etnogeniz masalalarini aniqlashga
yordam beradi. O‘lkamiz o‘zining geografik o‘rniga ko‘ra o‘tmishda irqiy va etnik jarayonlarni boshidan kechirgan, shuningdek, qo‘shni xalqlarning madaniy
jarayonlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Etnografiya (yunon, etnos «xalq», grafo – «yozaman», etnik birlik, xalq,
elat haqida ma’lumotlar;) xalq, urfodatlari, moddiy va ma’naviy madaniyati
xo‘jaligi, diniy e’tiqodlari, folklor va hokazolarni o‘rganadi. Etnografiya
ko‘p qirrali ijtimoiy fan bo‘lib, uning tadqiqot obe’kti xalq va elatdir.
Xalq, qabila va urug‘ nomlari, inson qo‘li va aql -zakovati bilan yaratilgan
mehnat qurollari va buyumlar, kishilar ongida, shuningdek, og‘zaki va yozma
adabiyotda saqlanib qolgan o‘tmish urf-odat va an’analari, turmush tarzi
etnografik manba hisoblanadi4. Hozirgi vaqtda etnografiyaning diqqat
markazida murakkab etnik jarayonlar, xalq va elatlarning, umumiy va o‘ziga
xos jihatlarini tadqiq etish muhim hisoblanadi. Etnografiya qadimgi
ajdodlarimizning o‘tmishdagi etnik jarayonlari, maishiy turmush va ma’naviy
madaniyat izlarini hamda hususiyatlarini ham o‘rganadi.
Arxiv manbalari. Arxiv - lotincha “arxivus”- hukumat binosi so‘zidan
olingan. Lekin “arxiv” atamasining hozirgi qo‘llanish ma’nosi butunlay
boshqacha. Arxiv bu idoralar, korxonalar, va tashkilotlar, shuningdek, tarixiy
shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan muassasa hisoblanadi.
Arxivlarda tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, korxonalar, jamoa va
davlat xo‘jaliklarini, ayrim shaxslarning ko‘p yillik faoliyati haqida
ma’lumotlar va hujjatlari saqlanadi. O‘lka tarixini o‘rganishda bu
hujjatlarining ahamiyati kattadir. Arxiv hujjatlarini qidirib topish,
ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq etish murakkab va
o‘z navbatida muhim vazifalar hisoblanadi.O‘rta Osiyoda arxiv yozuv bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan.
________________________
4Jobborov. I. O‘zbek halqi etnografiyasi. T.O‘qituvchi. 1994.
Arxeolog olimlar qadimgi Tuproqqal’a Harobalaridan Xorazmshohlarga tegishli III- IVasr boshlariga oid sopollarga bitilgan qadimgi hujjatlardan iborat arxiv
namunalarini topib o‘rganilgan. 1930 yil boshlarida Mug‘ tog‘laridagi
yodgorlik Harobalaridan Divashtich arxivi topildi. Qazishmalar natijasida
Divashtich arxivi VIII asrga oid bo‘lib, u yerdan 80 dan ortiq qo‘lyozma
hujjatlari topilgan. Arxiv manbalari markaziy va mahalliy davlat
hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlaridan qolgan turli
hujjatlar, foto-kino hujjatlari va tovush yozuvlari va hokazolar haqida
qimmatli ma’lumotlar beradi.
Tarixiy geografiya (ko‘pincha uni geografik bilimlar tarixi ham deb
atashadi) geografik kashfiyotlar va sayohatlar, shuningdek, geografik
tasavvurlar, umuman ajdodlarimizning geografik dunyoqarashlari tarixini
o‘rganadi. Tarixiy geografiya fani o‘tmishni geografiya bilan bog‘lab o‘rganadi.
Shu tariqa zamonaviy geografiya va tarixiy geografiya bitta obyektni farqli
jihatlarda tadqiq etadi. Zamonaviy geografiya mazkur obyektni hozirgi
holatini o‘rgansa, tarixiy geografiya uning o‘tmish tarixidagi o‘zgarishlarini
tahlil qiladi.Tarixiy geografiya fani muammolarini tarix fani o‘rganadi, ammo shu bilan birga uni geografiya fanidan ham ajratib bo‘lmaydi, chunki geografiya
fanida ochilayotgan yangi ilmiy ma’lumotlar tarixiy geografiya fani uchun
muhimdir. Tarixiy geografiyasiz tarix haqidagi tasavvurimiz to‘liq va
mukammal shakllanmaydi.
Me’moriy yodgorliklar. O‘zbekistonda me’morchilik tarixi juda
qadimga borib taqaladi. Shuning uchun ham bugungi kunda o‘lkamizdagi
me’moriy yodgorliklar kishining diqqat e’tiborni o‘ziga tortadi. Minorai
Kalon, Jarqo‘rg‘on Minorasi, Afrosiyob, Varaxsha, Poykend, Buxoro Ark
qo‘rg‘oni boshqa me’moriy yodgorliklarning o‘ziga xos tarixi bo‘lib, ularni
ilmiy tadbiq etish muhim o‘rin tutadi.
Muzeylar (yunoncha. musion - muzalarga bag‘ishlangan joy) tarixiy, moddiyva ma’naviy yodgorliklarni to‘plash, saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish
ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, madaniy-ma’rifiy muassasalar
hisoblanadi. Muzey xazinasida, asosan, moddiy ashyolar, tasviriy san’at va
san’at asarlari, yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha bo‘lgan tarixiy
qimmatga ega qo‘lyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi
Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Insonning ijtimoiy faoliyati, aniqrog‘i kishilarning o‘zaro munosabatining natijasi o‘laroq yaratilgan va o‘tmish zamonlarda sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni o‘zida aks ettirgan manba sifatida o‘lkamiz tarixini haqqoniy o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. .Tarixiy, geokosmografik hamda biografik asarlar.
Tarixiy, geokosmografik, hamda biografik asarlar to‘g‘risida shuni aytish kerakki, ular o‘sha davr hukmron sinfning topshirig‘i bilan yozilgan va shu tufayli ularning sahifalarida ko‘proq podshohlar va xonlarning, amirlar va yirik ruhoniylarning hayoti va faoliyati yoritilgan. Jamiyatning rivojlanishida asosiy kuch hisoblangan mehnatkash xalqning tumush-tarzi, ularning orzu istaklari, his tuyg‘ulari, xalq harakatlari va bu harakatlrning mazmun mohiyati, jamiyada ro‘y bergan voqia va hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumolar tarixi esa ko‘p hollarda chetlab o‘tilgan. Umuman olib qaraganda buturdagi yozma manbalarda hukmron doiralarning dunyoqarashi o‘z ifodasini topgan, o‘sha davrdagi jamiyatning maqsad va manfaatlari ifoda etilganligi bilan ajralib turadi. Buturdagi yozma manbalarda hukmron doiralarning dunyoqarashi o‘z ifodasini topgan bo‘lishiga qaramsdan tarixiy o‘lkashunoslikni o‘rganishda birlamchi manba bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekistonda me’morchilik tarixi juda qadimga borib taqaladi. Shuning uchun ham bugungi kunda o‘lkamizdagi me’moriy yodgorliklar kishinig diqqat e’tiborni o‘ziga tortadi. (Sopollitepa, Qo‘yqirilgan qal’a, Tuproqqal’a, Afrosiyob, Varaxsha, Poykend, Qanqa va boshq..). Bizga ma’lumki Aleksandr va uning vorislari davrida Ellinistik davlatlarida shaharsozlik madaniyati yuksak darajada rivojlandi.Bu davrda boshqa hududlarda bo‘lgani kabi o‘lkamizda ham shaharsozlik rivojlandi5. Er.avv. IV-III asrlarga kelib shaharlar rejali ravishda qurila boshladi. Uning tashqi ko‘rinishi to‘rt burchak shaklida bo‘lib, o‘rtasidan shoh ko‘cha o‘tgan. O‘rta Osiyo davlatlarining xalqaro maydonga tortilishi yaqin sharqdagi ellin davlatlari shaharsozligi bilan tanishishga imkon yaratdi. _________________________
5Askarov A.A. Sapallitepa. –T., 1973;
1.2. Tarixiy o`lkashunoslikda etnografik va antropologik manbalarning o`rni
. Antropologiya (antropos-odam, logos-fan) odam haqidagi fan bo‘lib, kishilik jamiyatining qadimgitarixi, xususan, antropogonez jarayoni, joylardagi etnogenez jarayonlarini o‘rganishda ushbu fan yutuqlari muhim ahamiyat kas etadi. Bu fan yutuqlari asosida qadimgi tosh asridan boshlab, xalqlarning paydo bo‘lishigacha, hatto hozirgi davrda yashayotgan aholining antropologik masalalarini o‘rganish muhim vosita sifatida foydalanish mumkin. Umuman, antropologik ma’lumotlar asosida antropogonez jarayonining borishi, unda O‘rta Osiyoning tutgan o‘rni, vatanimiz hududida qadimgi odamlarning paydo bo‘lishi va hamda ularning tashqi qiyofalari bilan bog‘liq masalallar o‘rganilgan. Uzoq yillar davomida qadimgi odamlar shakllanishi bir joyda kechganmi yoki butun yer yuzida sodir bo‘lganmi degan savol mutaxassis olimlarning tortishuviga sabab bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik olimlar dastlabki odamlar shakllangan hudud Afrika bo‘lganligini (ba’zi bir tadqiqotchi olimilar yer yuzining barcha hududlarida birday kechgan, deb hisoblaydilar) keyinchalik ular Sinay yarim oroli orqali butun yer yuziga yoyilgan, degan fikrni bildirishadi. Bu guruhdagi olimlarning ayrimlari eng qadimgi odamlarning paydo bo‘lishi va tarqalishining bir necha bosqichda bo‘lganligni ta’kidlashadi6. Ularning fikrlariga ko‘ra Homa Sapiens, ya’ni zamonaviy qiyofadagi odamlar ham dastlab Afrikada paydo bo‘lib, keyinchalik yer yuzining boshqa hududlariga tarqalgan degan hoyani ilgari suradilar. Bu borada bir asrdan ortiq davr mobaynida ko‘plab paleontropologik topilmalar aniqlandi. Ular orqali antropogeniz jarayonining qanday kechganligi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. 1956-1960 yillardagi Sharqiy Afrikadagi Olduvay darasida ingliz olimi L.Liki avstrolopiteklarga mansub bo‘lgan mavjudot-zinjantrop va prezinjantrop “ishbilarmon odam” qoldiqlarini va oddiy tosh qurollarini topgan. Ular bundan 1750000 yil oldin yashagan, degan fikrni bildiradi. Likining o‘g‘li Rechard Liki Keniya va Efiopiya Territoriyasidan avstolopitek va prezinjantrop singari mavjudodlarning suyak qoldiqlari va mehnat qurollarini topadi. Efiopiya prezinjantroplari ham “ishbilarmon odam” deb, bundan 2.5-3 million yil muqaddam yashagan ekanlar. Bu “ishbilarmon odamlar” – arxantroplar
____________________
6Ochildiyev F.B. Tarixiy o‘lkashunoslik. Toshkent. 2008 y
(grekcha arxayos-dastlabki, antropos-odam) toshdan mehnat qurollari yasash qobiliyatiga ega bo‘lganlar. Afrika arxantroplari yer yuzidagi eng qadimgi qazilma odamlarning dastlabki vakillari hisoblanadi. Agar shimpanze maymuni miya qutisining 350-400 sm kubni tashkil etsa, “ishbilarmon odam” miya qutisining hajmi 670-800 sm kubni tashkil etgan. 1891-1892 yillarda gollandiyalik olim E. Dyubua Indoneziyadagi Yava orolidan pitekantrop, (grekcha pitekos maymun, antropos odam) maymun – odam, yoki Homo ergaster ning suyak qoldiqlarini topishga muyassar bo‘ldi. Uning miya qutisining hajmi 800-900 sm kub bo‘lgan. Endilikda pitekantrop Afrikaning “ishbilarmon odam” dan keyingi bosqichda turuvchi 1,5-1,9 million yilga borib taqaladi. 1927 yilda Pekin shahri yaqinidan kanadalik olim D.Blek tomonidan topilgan sinantrop Xitoy odami ham eng qadimgi odamlar arxantroplar hisoblanadi. Sinantroplar pitekanroplarga qaraganda nisbatan ancha rivojlangan bo‘lib, ular bundan 400-500 ming yil ilgari yashaganlar. Uzluksiz mehnat jarayonida arxantroplar jismoniy jihatdan rivojlanib qadimgi odamlar – neandertallarning shakllanishi uchun zamin yaratilgan. Arxantroplardan keyingi bosqich kishilari fanda paleontroplar (qadimgi odamlar) nomi bilan mashhur bo‘lib, tadqiqotchilarning fikricha ular zamonamizdan 100-50 ming yil oldin yashaganlar. Ularning qazilma qoldiqlari dastlab 1964 yillarda Ispaniyaning Gibraltor bug‘ozidan, so‘ngra, 1970 yilda Germaniyaning neandertal vodiysidan topilgan bo‘lib, mazkur joyning nomi bilan bu turdagi odamlarni neandertallar, deb atash rasm bo‘lgan. Neandertallarning tashqi qiyofasi va fikrlashida soddalik, maymunga xos belgilar saqlanib qolgan bo‘lib, ularning bosh miyasi u qadar rivoj topmagan edi. Lekin ular arxantroplardan juda uzoqlashib ketib, hozirgi qiyofadagi odamlarga juda yaqinlashib qolgan edilar. Taxminan, muste davriga kelib zamanoviy qiyofadagi odamlar shakillanadi. Bu kishilar fanida homo sapiens , ya’ni aqlidrokli odamlar, odamlar deb ataladi. Arxelogiya fani yutuqlaridan bizga ma’lumki, O‘rta Osiyoning eneolit va bronza davri muhim tarixiy – madaniy o‘zgarishlar; joylarda madaniyatlarning qaror topishi, qabilalarning doimiy migratsiyasi va ular o‘rtsaidagi o‘zaro ta’sir hamda aloqalar bilan belgilanadi. Bu jarayonlar ayniqsa mil.avv. II ming yilliklarda ko‘proq namoyon bo‘lib, madaniy xo‘jalik jihatidan ikkita alohida mintaqada tarkib topadi. Bu davrlarga oid antropologik topilmalar doirasi son jihatdan ham, hududiy jihatdan ham ancha keng hisoblanib, qisman yaxshi o‘rganilgan. Asosiy topilmalar o‘troq dehqonchilik manzilgohlari, chorvador qabilalarning mozorlardan olingan antropologik materiallardaniborat. Ulardan Sumbar, Yangiqal’a, Qoratepa, Geoksyul, Nomozgoh, Oltintepa, Tohirboy (Janubiy Turkmaniston) Ko‘kcha 3 (Xorazm), Zomonbobo, Mo‘minobod, Sopollitepa, Jarqo‘rhon, Bo‘ston, Tigrovaya, Balka, Tulxar va boshqa yodgorliklardagi bir necha yuzlab qabrlardan aniqlangan antropologik topilmalar o‘lkamizda mil.avv. III-II ming yilliklarda yashagan xalqlarning tashqi qiyofasi, irqi va boshqa antropologik xususiyatlarini o‘rganishda muhim manba bo‘lib, xizmat qiladi7. Ushbu topilmalarga ko‘ra eneolit davri va bronza davrining ilk va rivojlangan bosqichi aholisi yevropoyed irqining sharqiy o‘rta yer dengizi tipiga mansub bo‘lgan. mil.avv. II ming yillikka kelib O‘rta Osiyo xalqlari tiplariga ko‘ra bir – birlaridan farqlanuvchi ikki mintaqaga ajraladi. Janubiy mintaqalarda cho‘ziq bosh, qisqa va o‘rtacha qisqa yuzli sharqiy o‘rta yer dengizi tipiga oid xalqlar xos bo‘lsa, Shimoliy mintaqalarda yashovchi chorvador qabilalar keng va o‘rtcha keng bo‘lgan protoyevropa va adronova tipiga mansub bo‘lgan. ular o‘rtsaidagi chegara tadqiqotchi olimlarning xulosalariga ko‘ra Janubiy Orol buyi, Zarafshonning o‘rta oqimi va Farg‘ona vodiysi orqali o‘tgan. Lekin, ayrim yodgorliklarda, xususan, Tohirboy 3 (Murg‘ob vodiysi) va Ko‘kcha (Xorazm) har ikkala tip vakilliriga tegishli bosh chanoqlar aniqlangan. Shuningdek, Vodil (Farg‘ona) qabristonidan dolixokron tipidagi chanoqlar aniqlangan. Umuman, O‘rta Osiyo aholisi mil.avv. II ming yillikda asosiy ikki guruhga bo‘linsada, Tohirboy 3 va Vodil topilmalari aholi o‘rtasida madaniy aloqalarning chuqurlashuvi va kichik migratsiyalardan dalolat beradi. Mil. avv. II ming yillikning oxiriga kelib, ayrim o‘troq dehqonchilik markazlari (Baqtriya va Marg‘iyona)da qadimgi madaniyatlar inqirozga uchraydi. Mil. avv. I ming yilliklarning boshida O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlarida yangi o‘troq dehqonchilik madaniyatlari tarkib topadi. Mazkur o‘troq dehqon qabilalar moddiy madaniyati Yoz I, II, III, (mil. avv. X-IV asrlar) komplekslari sifatida fanda ma’lum. Shuningdek, bu davrda Farg‘ona vodiysi (Chust va Eylaton), Xorazm, Toshkent va Usturshona hududlarida dehqon va qisman o‘troqlashgan chorvador
___________________
7Shoniyozov. K. O‘zbek halqining etnik shakllanishi jarayoni.T.Sharq. 2001.
(Quyisoy) qabilalar, shimoliy va tog‘oldi mintaqalarida chorvador qabilalari tarqalgan edi. Yozma manbalar orqali bizga ma’lumki, mil.avv. I ming yillikning o‘rtalarida O‘rta Osiyoda baqtriyaliklar, so‘g‘diylar, xorazmiylar, parfiyanlar, saklar, massagetlar va boshqa xalqlar yashaganliklari ma’lum. Lekin yuqorida sanab o‘tilgan madaniyat markazlaridagi arxeologik komplekslardan to mil. avv. III asrlargacha bo‘lgan davrga oid antropologik ma’lumotlar deyarli uchramaydi. O‘troq dehqonchilik vohalaridagi Kuchuk I, II, Yoz III, Afrosiyob kabi yodgorliklarda kam sonli paleoantropologik ma’lumotlar saqlangan. Yoztepa yodgorliklaridan yosh bolaning chanog‘i aniqlangan. Bu topilma yevropoyed irqining sharqiy o‘rta yer dengizi tipiga mansub bo‘lib, u aylana deformatsiyaga ega. Mil. avv. I ming yillikning o‘rtalariga oid paleoantropologik manbalar sak va qadimgi usunlarga tegishli bo‘lib, ular Orol bo‘yi, Tyanshan, Oloy va Pomir tog‘laridan topib o‘rganilgan. ular tashqi qiyofalariga ko‘ra yevropoyed va mongoloid irqiy belgilar bilan ajralib turadi. Shularni alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, O‘rta Osiyo hududlariga mongoloid irqiy belgilariga ega bo‘lgan. xalqlarning kirib kelishi mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida sodir bo‘lib, ularga oid ma’lumotlar Sirdaryoning quyi oqimi hududlarida uchraydi. Shimoliy mintaqalarda yevropoyed irqining protoyevropa (andronova) tipi belgilari ustun bo‘lgan xalqlar soni ko‘payib boradi. Shuningdek, ularning janubiy hududlaridagi sharqiy o‘rta yer dengizi tipi bilan aralashish jarayoni intensivlashib boradi. Bu esa O‘rta Osiyoning markaziy viloyatlarida keyinchalik paydo bo‘lgan Pomir Farg‘ona yoki Ikkidaryo oralig‘i tipining tarkib topishidagi dastlabki qadam bo‘lib, tadqiqotchi olimlarning fikrlariga ko‘ra mil. avv. I ming yillikning o‘rtalaridan boshlangan.
Etnografiyada xalq og‘zaki ijodi. Xalq orasida keng va sevimli janrlardan biri epik asar – dostonlar bo‘lib, ular bizgacha uzoq o‘tmishdan og‘zaki poeziya an’analaritufayli yetib kelgan8. Dostonlarni avaylab saqlab kelgan va zo‘r mag‘orat bilan ijro etuvchi shoirlar yoki cho‘ponlardir. Ular, tabiiyki, mehnatkash xalqning o‘y-fikrlari va orzu niyatlarini dostonlarda zo‘r mahorat bilan ifodalab kelgan. Hozirgi o‘zbek xalqi shoirlari ota – bobolardan o‘rgangan go‘zal va boy epik
__________________________
8Jobborov. I. O‘zbek halqi etnografiyasi. T.O‘qituvchi. 1994.
meroslarimizni saqlabgina qolmay, o‘zlarining jo‘shqin ijodlarida improvizatsiya qiluvchi iste’dodli kuychilar hamdir.Mashhur baxshi va shoirlardan Ergash Jumanbulbul o‘g‘li (1868-1936), Fozil Yuldosh o‘g‘li (1872-1955yy), Muhammad Jamrad o‘g‘li Po‘lkan (1874-1941), Ilom Nazar o‘g‘li (1874-1953), Abdulla shoir Nurali o‘g‘li (1870-1975), Qurbon Ismoil o‘g‘li (1869-1940) kabilar juda boy epik merosni qoldirganlar. O‘zbekistonda qadimdan iste’dodli baxshilarni yaratgan mashhur qishloqlar mavjud. Shulardan biri Samarqand viloyati Nurota tumanidagi Qo‘rg‘on qishlog‘i bo‘lib, unda XIX asr o‘rtalarida 20 dan ortiq erkak va ayol xalq dostonchilari yashagan. Bu qishloqdan chiqqan baxshi Pulkan shoir 70 dan ortiq dostonni yoddan kuylagan. Ayol baxshilardan Ergash Jumanbulbulning katta momosi Tillakmpir juda mashhur bo‘lgan. epik ijod markazlaridan biri Bulung‘ur tumanining Layqa qishlog‘i hisoblangan. Bu yerdan eng yirik baxshi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li o‘zbek xalqining qirq qabilasidan chiqqan. Uning otasi Yo‘ldosh shoir ham baxshi bo‘lgan va ko‘pgina baxshilar yaratgan ustoz sifatida tanilgan. Fozil shoirning repurtuarida 43 ta dostoni bo‘lib, ularning ko‘pchiligi yozib olinib, ularning ba’zilari chop etilgan. Ma’lumki, dostonlar nazmiy bayon etilgan, nasriy izohlar bilan dutor yoki rubob jo‘rligida ijro qilinadigan yaxlit bir asardan iborat. Unda qahramonlik va romantik mavzular mujassamlashib o‘zoro uzviy bog‘langan. O‘zbek dostonlarining ko‘pchiligi xalqining tarixini, o‘tmishini aks ettiradi ammo asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib kelgan dostonlardagi tarixiy faktlar xalqning ijodiy hayolidan o‘tib umumlashtirilgan va shoirona tipiklashtirilgan. Baxshichilik markazlaridan yana bir Surxondaryo va Qashqadaryodir. Shoberdi baxshi, Qodir baxshi, Toshmurod baxshi, Boborahim baxshi va hakozalarni aytishimiz mumkin. Baxshichilikda alohida Sherobod maktabi mavjud bo‘lib, unga Shoberdi Baxshi boshchilik qilib kelmoqda. Bu maktabdan ko‘plab shoiru Baxshilar yetishib chiqqan. Xorazm Baxshichilik maktabi ham o‘ziga xos ahamiyatga egadir. Bu Baxshilardan Bola baxshi, Qalandar baxshi va boshqalarni aytishimiz mumkin. Xarakterli tomoni shuki, undagi uzoq o‘tmish qahramonlarini nazmiy ideallashtirish maqsadida afsonaviy va fantastik elementlardan foydalangan. Bunga yorqin misol sifatida “Alpomish” dostonini aytish mumkin. Uning g‘oyaviy mazmunida feodal munosabatlar keskinlashgan davr kishilarining turmush-tarzi, ichki kechinmalari o‘z aksini topgan.Mazkur xalq dostonining asosiy syujetini bahodir Alpomish bilan jasur Barchinoy orasidagi shiddatli sinovlardan o‘tgan katta muhabbat tashkil etadi. Alpomish va Barchinoyning o‘lmas obralari orqali sof sevgi, jasurlik, birodarlik, o‘z burchiga sadoqat va buyuk vatanparvarlik kabi fazilatlar zo‘r mahorat bilan kuylangan. Bu ajoyib asarda qadimiy ajdodlarimizning turmush tarzi, ijtimoiy ahvoli va munosabatlari, nikoh va oila, urf-odat va marosimlari, diniy tasavvurlaridan iborat tarixiy – etnografik ma’lumotlar ham saqlanib qolgan Zarafshon vohasi hududida Yevroosiyoning yevropoyed va mongoloid kabi ikki asosiy irq o‘rtasida chegara mintaqasini tashkil etadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgandek, 1971 yili arxeologik G.V.Shishkin Afrosiyobning shimoliy qismida o‘rta asrlarga oid juda qalin qatlam ostida er.av. V asrga oid, ya’ni bundan 2500 yil ilgari yashagan odam skletini topdi. Skelet qadimgi so‘g‘dlik 172 sm, tiriklikdagi vazni 68 kg ga yaqin bo‘lgan. Ularning bosh tuzilishi hozirgi o‘zbek va tojiklarga o‘xshash va orqa tomoni yassi bo‘lgan. bu esa O‘rta Osiyoda bolani beshikka yotqizish qadimdayoq keng tarqalganini ko‘rsatadi. So‘g‘dliklarning peshonasi tik va keng, qirraburun bo‘lgan. beti o‘rtacha kenglikda, lekin mongoloid irqqa xos yuz yapaloqligi ko‘rinmaydi. Bu belgilar so‘g‘dliklarning yevropoyed irqiga mansub ekanligidan dalolat beradi, ular o‘zining irqiy xususiyatlari bilan shu davrdagi Shimoliy Baqtriya odamlariga o‘xshaydi. Demak, yevropoyed irqiga mansub O‘rta Osiyo Ikki daryo oralig‘i tipi, ya’ni hozirgi o‘zbeklarga va tekislikda yashovchi tojiklarga xos tip er.av. 1 ming yillik o‘rtalaridayoq So‘g‘d hududida tarqalgan. Shuni ta’kidlash kerakk, yuqorida keltirilgan antropologik tipdan tashqari, so‘g‘dliklar orasida uzun boshli O‘rta yer dengizi irqiga mansub bo‘lgan. Samarqand yaqinidagi Kofir qal’a va Buxoro viloyatidagi Poykentda olib borilgan arxeologik qazishmalar paytida topilgan o‘rta asr odam suyaklari So‘g‘d hududida yashovchi xalqlar avvalgiday yevropoyed O‘rta Osiyo Ikki daryo oralig‘i antropologik tipi bilan tavsiflanishni ko‘rsatadi. Er.av. 1 ming yillik o‘rtalaridan to milodning VI asrlarigacha, ya’ni taxminan ming yil so‘g‘dda yashagan aholining antropologik xususiyati-tashqi qiyofasi juda kam o‘zgargan. So‘hdliklar orasida ko‘pchilikka xos bo‘lgan O‘rta Osiyo Ikki daryo oralig‘i antropologik tipdan tashqari boshqa antropologik tiplar ham uchraydi. Bunga VI-VIII asrlarga oid Panjikent antropologik materiallari dalil bo‘la oladi. Panjikentda bu davrda yevropoyed irqigamansub ikki guruh aholi yashagan. Ikki guruh kishilarning bosh tuzilishi shakli bir-biridan farq qiladi. Shu bilan birga, mazkur guruhlardagi ko‘pchilik erkaklarning boshi uzun, ayollarning boshi esa dumoloq shaklligi Panjikent aholisining VI-VIII asrlarga aralash bo‘lganligini ko‘rsatadi. Shundayo qilib ilk o‘rta asrlarda so‘g‘d aholisining shakllanishida boshqa irqqa mansub aholi ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan. Milodiy birinchi ming yillikning ikkinchi yarmida So‘g‘d aholisi tarkibiga mongoloid irqiy belgilar aralashuvini ko‘ramiz. Antropologik materiallardan ma’lum bo‘lishicha, o‘sha davrda mongoloid irqiga taaluqli belgilar shahardan tashqarida (qishloqlarda) yashovchi so‘g‘dliklar tarkibiga 10-15 % ni tashkil qilgan. Mongoloid antropologik belgilari mavjud odamlar (masalan, yuzning yalpoqlanishi, yonoqlarning bo‘rtib turishi, burun burchagining pasayishi va boshqalar) So‘g‘d hududidagi sharqiy va shimoliy viloyatlardan kirib kelib, mahalliy xalqlar qiyofasining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsata boshlagan. Etnografiya ko‘p qirrali ijtimoiy fan bo‘lib, uning tadqiqot obyekti xalq va elatdir. Bu fan xalqlarning kelib chiqishi va joylanishi, ijtimoiy hayotti, xo‘jaligi va g‘oyaviy qarashlari kabi muommolarni o‘rganadi. Dastlabki etnografik ma’lumotlar ibtidoiy jamiyat qaror topganidan keyin qabilalar o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishi natijasida to‘plana boshlangan. O‘sha davrdayoq ayrim qshni qabila, elat va xalqlarning maishiy turmushi, etnik xususiyatlarini o‘rganish taqozasi bilan vujudga kelgan9. O‘zbek zargarlari asosan uyda ba’zilari bozorda do‘konlar qurganlar. Xonlarning ko‘shak saroylarida maxsus zargarlik do‘konlari bo‘lgan va u yerda qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan pichoq va qilichlar yasagan. Hozirgacha keng tarqalgan qadimiy kasblardan biri yog‘och buyumlar yasash hunarmandchiligidir. Durodgorlik asli qurilish kasbi bilan bevosita bo‘lgan. Eng og‘ir va murakkab mehnat, sabr-toqat, matonat talab qiladigan badiiy-amaliy san’at sohasi marmar o‘ymakorligidir. Bu kasb Xiva va Buxoroda o‘tgan asrning boshlarigacha yetib kelgan bu soha o‘zining yuksak sifatli mahsulotlari bilan mashhur bo‘lgan. O‘zbkekiston hududida kechgan turli tarixiy jarayonlar, tabiiy geografik sharoiti bu yerda har xil xalq me’morchilik maktablariningpaydo bo‘lishi sabab bo‘lgan. Hozirgi paytda saqlanib qolgan har bir mintaqaning imoratlari
______________________
9Jobborov. I. O‘zbek halqi etnografiyasi. T.O‘qituvchi. 1994.
qurilish uslubi, planerovkasi va bezaklari bilan bir-biridan ajralib turadi. Farg‘ona vodiysida seysmik zona bo‘lganligi uchun bu yerda asosan ikki qator qo‘shsinch uylar qurish, zilzila kam bo‘ladigan Xivada bir qator sinchdan imorat solish odat bo‘lgan. Uy-joy qurilishida o‘zbeklarda o‘ziga xoslik saqlansada, umumiy me’morchilik an’anasiga amal qilingan. Ko‘pchilik uy-joylarning planirovkasi oila a’zolari soniga qarab bir necha uy, daxliz va ayvonlardan iborat bo‘lgan. Xo‘jalik xonalari, oshxona va molxona xovlida qurilgan. Uy-joylarni qurishda ishlatiladigan asosiy materiallar loy (paxsa), g‘isht, guvala va yog‘och bo‘lgan. O‘zbek uylarida qadimdan mahalliy iqlim sharoitiga moslashgan ayvon muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. uning tarkibiy qismi sifatida ayvonda yoki hovlida g‘isht yoki loydan supa qurilgan. Uyni isitishda ko‘p joylarda sandal ishlatilgan. Sandalning toshga olov yoqilib, ustiga katta ko‘rpa to‘shalgan va sandal tevaragida oila-a’zolari umumiy ko‘rpaga o‘ralib yotganlar. Hozirgi o‘zbek sarpolari zamonaviy tipda bo‘lib, ayniqsa, yevropacha kiyim – kechaklarning kirib kelishi bilan tavsiflanadi. Milliy kiyimlar ko‘proq qishloqda, alohida ayollar sarposida ancha mustahkam saqlangan. An’anviy o‘zbek kiyim-kechagi asosan ustki ko‘ylak, ishton va chopondan, boshda do‘ppi, oyoqda kalish-maxsi va kovushdan iborat bo‘lgan. Erkaklarning an’anaviy yaxtak ko‘ylagi tizzagacha, ayollar va qizlarniki to‘pig‘igacha uzunlikda tikilgan. Shahrisabz, Qarshi va Surxondaryo jiyak ipak ip bilan but shaklida to‘qilgan. Buxoroda qimmatbaho kiyimlarga tilla ipda to‘qilgan jiyak tikilgan. Qadimiy ko‘ylak namunalari hozirgacha asosan qariyalar va yosh bolalar kiyimida saqlangan. Buxoro va Xorazm vohasida guppi ko‘ylak yoki guppiga, degan nomlar bilan ma’lum. Qadimiy ko‘ylaklarga oq matodan gorizontal ochilgan yoqali ko‘ylak, musulmon ko‘ylak ham kiradi. O‘zbek xalqining milliy ramzi saqlanib kelayotgan ustki kiyim –chapon shu kungacha muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek chaponlari rangi, uzunligi, kengligi va kiyish uslubiga qarab har joyda har xil bo‘lgan. Masalan, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida uzun va keng, uzun yengli, paxta yoki yarim ipak rangli matodan tikilgan chapon. Farg‘ona va Toshkentda yashil yoki ko‘k-yashil chapon kiyish odat bo‘lgan. Ilgari qizlar va ayollarning sochi o‘rimi jiddiy farqlangan, qizlar va kelinchaklar (bola tuqqungacha)da qirq o‘rim soch, ayollarda ikki o‘rim soch qo‘yish odat bo‘lgan.
II bob O`lkashunoslikda yozma manbalarning ilmiy ahamiyati
2.1. O`lkashunoslikda yozma manbalarning ilmiy ahamiyati
Tarixiy o`lkashunoslikning rivojlanishi. 1917 yilga qadar o`lkani o`rganish masalasi. Rus olimi M. V. Lomonosov o`z o`lkasini mukammal o`rganish maqsadida 1761 yili 30 savoldan iborat javob varaqasi tuzib, aholi o`rtasida tarqatgan edi. Ayni vaqtda bu bilan o`lkashunoslik faniga asos solingandi. O`lkani o`nganish masalasi O`rta Osiyo, shu jumladan O`zbekiston hududida Rossiyadan anchagina keyinroq, ya`mi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Rus olimlari O`rta Osiyoning chorizm tarafidan bosib olishidan ancha ilgari bu o`lkani o`rganish bo`yicha bir qancha ishlar qilgan edilar. Biroq, XIX asrning birinchi yarmidagi o`lkani o`rganish, ya`ni mahalliy tarixchilik ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi biqiqliqka mos bo`lib, feodal tuzum manfaatlari uchun xizmat qilar edi. Tarix fanidan feodal sinfining manfaatlari, xonlar va ular sulola-sining taxtga egaligi va «odilligi»ni mafkuraviy jihatdan asoslash uchun foydalanib kelindi. Saroy tarixchilari o`zlarining asosiy e`tiborlarini siyosiy voqeliklarni xonlarning faoliyati va o`z raqiblari ustidan qozongan g`alabalarini ko`klarga ko`tarib maq-tash, saroydagi an`analarni tasvirlashga qaratdilar. Chunki zamon o`zi shunaqa edi. Natijada bu davr tarixchiligining mavzui jahon tarixchiligi mavzusidan bir qadar ajralib qoldi. X—XV asrlardagi mahalliy tarixchilar Muhammad Narshaxiy, Tabariy, Rashididdin, Nizomiddin Jomiy, Abulg`ozixon va boshqalarning asarlari o`zining mazmundorligi, faktik materialga boyligi bilan bu davrda yozilgan tarixiy asarlardan sezilarli darajada ajralib turadi. Sharqshunos A. A. Romaskevich Rashididdinning «Jome ut-tavorix» nomli asari ustida so`z yuritar ekan, haqli ravishda bu asar o`zining mazmuni va hajmi jihatidan muhimligini ko`rsatib, biz bu asardan keyin eron tarixchiligida voqealarni bu xilda bayon qilish uchun bo`lgan intilishni ko`rmaymiz, deb yozgan edi. Bu O`rta Osiyo tarixchiligiga ham xos narsa edi10. Shunday qilib, XIX asrning birinchi yarmida tarix fani boshqa fanlar singari, hukmron sinfning manfaati uchun xizmat qildi. X1X asrning 30-
_______________________
10Nabiyev A. Tarixiy o‘lkashunoslik. — T., 1996.
yillarida Buxoro saroy tarixchisi Muhammad Yoqub yozgan «Gulshan ulmuluk» nomli asar o`sha davr tarixiy manbalaridan biri hisoblanadi. Bu asar fors-tojik tilida yozilgan bo`lib, unda qadimgi zamonlardan to XIX asrning 30- yillarigacha bo`lgan Buxoro amirligidagi siyosiy voqealar bayoni beriladi. Asarda saroy voqeliklari, xukmron sinflar tarixi, o`zaro urushlar, unda erishilgan g`alabalar, xonlikning keyingi sulolasining genealogiyasi (nasabnomasi) ifodalanib, jamiyatning rivojlanishida asosiy kuch bo`lgan xalq ommasining ahvoli, uning tilak-orzulari, xalq harakatlari va bu harakatning tub mohiyatini yoritishga bo`lgan intilishni deyarli ko`rmaymiz. Yana o`sha davrda fors-tojik tilida yozilgan ikkinchi manba Buxoro saroy tarixchisi Muhammad Mir Olimning «Tarixi amir Nasrullo» nomli asaridir. Bu asar Buxoro amiri Nasrulloning (1826—1860) topshirig`i bilan yozilgan. Asar XVIII asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligida yuz bergan siyosiy voqealarni, ichki va tashqi voqeliklarni tasvirlash bilan boshlanib, amir Nasrulloning hokimiyatga kelishi, uning dastlabki yillardagi davlatni boshqarishda tutgan siyosati bilan tugallanadi. Asarda Buxoro amirligidagi 1821 — 1825 yillarda bo`lib o`tgan xitoy-qipchoqlar qo`zg`oloni va uning bostirilishi haqida so`zlanadi. Ammo asarda qo`zg`olontshg asosiy sabablari va mohiyati ochib berilmagan, bu tabiiy hol bo`lib, saroy tarixchisidan buni kutish mumkin emas edi. Yana shu yo`nalishda yozilgan tarixiy manbalardan biri mulla Ibodulla va mulla Muhammad Shariflar tomonidan fors-tojik tilida yaratilgan «Tarixi amir Haydar» nomli asardir. Asarda ashtarxoniylar bilan mang`itlar sulolasi tarixi, amir Haydarning otasi amir SHoh murodning tug`ilishidan boshlab, to amir Haydar-ning o`limi (1826) gacha Buxoro amirligida bo`lib o`tgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy voqealarga to`xtalib o`tilgan. SHu bilan birga, asarda 1820 yilda A. F. Negri boshliq Rossiyadan Buxoroga yuborilgan elchilik tashrifi to`g`risida xam ma`lumotlar berilgan'.
Muhammad Sharifning xuddi o`sha davrni aks ettiruvchi «Toj ut-tavorix»—(«Tarixlar toji») nomli asarida mang`itlar nasabnomasi, turkiy va Mo`g`ul qabilalari, Chingizxon, uning avlod-ajdodlari, shayboniylar, ashtarxoniylar sulolasining tarixi beriladi. Umuman, asar ashtarxoniylar, ayniqsa mang`itlar sulolasi vaqtida Buxoro amirligidagi siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy voqeliklarni o`rganishda muhim rol’ o`ynaydi. XIX asrning 40-yillarida yozilgan yirik tarixiy manbalardan biri Muhammad Hakimxon to`raning «Muntaxab VI• takorix» nomli asaridir. Asarda XVIII asrning 70 millaridan to Qo`qon xoni Umarxonning vafoti (1822), undan so`ng taxtga o`tirgan Madalixongacha bo`lgan davrdagi Qo`qon xonligi tarixiga doir siyosiy voqealar tasvirlagan. Hakimxon to`ra xon bilan birga yurib, XIX asrning birinchi choragidagi voqealarga aralashadi. U saroydagi fisq-fujur, viloyaxlardagi siyosiy tortishuvlar, xonlikning tashqi va ichki siyosatini, Buxoro amirligidagi siyosiy hodisalarni o`z ko`zi bilan ko`rib, ularni o`z asarida aks ettirgan. Ashtarxoniylardan so`ng taxtga o`tirgan o`zbeklarning ming sulolasi haqida, Umarxonning hukmronlik qilgan (1810—1822) vaqtdagi siyosiy voqealar aniq va izchillik bilan ifodalangan. Asarning qimmati shundaki, Rossiyaning O`rta Osiyoga nisbatan tutgan siyosati va o`sha vaqtdan O`rta Osiyoliklarning Rossiyaga bergan bahosini aniqlashda u muhim o`rin tutadi, chunki muallif Rossiyada bo`lib, u erdagi hayot bilan bevosita tanishgan, Rossiya bilan bog`lanish masalasida ilg`or fikrlarni bayon qilgan. Muallif o`z asarida 1821 — 1825 yillarda Buxoroda bo`lib o`tgan xitoy-qipchoqlar qo`zg`olonida qatnashganlarni «xoin kishilar» deb qoralaydi. Bu esa muallif tutgan yo`lni yaqqol ko`rsatib turibdi. Qo`qon xonligi tarixiga oid manbalardan biri mulla Avaz Muhammadning fors-tojik tilida yozilgan «Tarix jahonnumai» asari bo`lib, o`z ko`zi bilan ko`rganlarining bayoni xamda tarixiy manbalar asosida yozilgan ikki kitob va geografik qo`shimchadan iborat. Asarning birinchi qismida insonning paydo bo`lishidan boshlab, to XVI asrgacha bo`lgan hukmdorlar tarixi berilgan.
Asarning ikkinchi qismida Qo`qon xoni Olimxon (1798-1810) va Umarxon (1810-1822) hukmronligi davri siyosati to`liq berilgan. Asarda Buxoro amirining xitoy-qipchoqlar va qoraqalpoq xalqlariga nisbatan tutgan siyosati, Qo`qon xonligi bilan Buxoro amirligi o`rtasidagi munosabatlar, rus askarlari tomonidan Samarqand va Kattaqo`rg`on erlarining bosib olinishi, yo`l va imoratlar qurilishi, ayrim voqealarning sanalari va h. k. lar berilgan. SHu bilan birga, asarda 1842 yili Qo`qonda ko`tarilgan xo`ja qalandar' boshchiligidagi qo`zg`olon, 1847 yilda Toshkent hokimiga qarshi ko`tarilgan harakat kabi muhim voqealar xaqida ham so`z boradi. Asarda keltirilgan bu dalillar tarixni o`rganish uchun muhimdir. Biroq bu xildagi asarlar o`sha davr hukmron feodal sinf mafkurasi ruhida yozilgan bo`lib, unga tanqidiy ko`z bilan qarash talab qilinadi. Qo`qon xonligi tarixchiligida Mulla Niyoz Muhammadning «Tarixi Shohruhiy» degan asari ham diqqatga sazovordir. Muallifning bu asari Qo`qon xonligining XVIII va XIX asrning 70-yillarigacha bo`lgan tarixiga oid muhim ma`lumot beradi. Bu ma`lumotlar shu davr tadqiqotchilari uchun juda qimmatlidir. Toshkentdagi qoryog`di mahallalik Muhammad Solih Qoraxo`ja o`g`lining 1880—1885 yillar orasida yozgan «Tarixi jadida-i Toshkand» («Toshkentning yangi tarixi») nomli 1200 betdan iborat asari ham juda muhim ahamiyatga ega bo`lib, u O`rta Osiyoda o`tgan uch xonlikda yozilgan tarixiy asarlardan birmuncha farq qiladi. Asar fors-tojik tilida yozilgan. U hukmdorlar o`rtasidagi urushlar tarixidan iborat bo`lib, ikkinchi qismi Qo`qon xonligi va Toshkent tarixiga bag`ishlangan. Bunda muallifning yangicha tarix yozish niyatida ish boshlagani va A. Kundan maslahatlar olganligi seziladi. Shuningdek, asarda Qo`qonning siyosiy hayotida ustunlik rolini o`ynagan guruhlar va shaxslar, Toshkentda bo`lib o`tgan siyosiy harakatlar, xalq qo`zg`olonlari, shu qo`zg`olonlarning yo`nalishi va sabablari haqida (bu masala boshqa hech bir asarda bunchalik yoritilmagan) mufassal ma`lumotlar berilgan. Bu asar yangi davr tarixchiligida yangi intilish edi. Asar O`zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida nodir asarlar qatorida saqlanmoqda. XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligida yozilgan tarixiy manbalardan eng muhimi Munis va Ogahiylarning asarlari hisoblanadi.
Munis (1778—1829) ning otasi Avazbiy mirob Xiva xoni eltuzarga qadar ham, uning hukmronligi vaqti (1804—1806) da ham saroy xizmatida bo`ladi. eltuzarxonning hukmronligi vaqtida Munis saroy xizmatiga kiradi va xonning topshirig`i bilan o`zining «Firdavs ul-iqbol» nomli mashhur tarixiy asarini yozadi. eltuzarxon Shermuhammad Munisga bu asarni Firdavsiyning «SHohnoma» asaridan ustun qilib yaratishni xam uqtiradi. Munis asari o`zbek tilida yanatilgan.Xiva xonligining XVI —XVII asrlardagi tarixining yoritishda Abulg`ozining asarlaridan foydalanadi. Xiva xonligining XVIII asrdagi tarixiga oid voqealarni o`z ko`zi bilan ko`rgan kishilar, ayniqsa, otasining bergan ma`lumotlari asosida ezadi. XVIII asrning ikkinchi yarmidagi eng muhim voqealarni, 1812 yilgacha bo`lgan tarixiy voqealarni tasvirlash paytida unga xon tomonidan boshqa vazifa, ya`ni Mirxondning mashhur asari «Ravzat ussafo»ni fors tilidan o`zbek tiliga tarjima qilish topshiriladi. Munis bu asarning birinchi kitobini tamomlab, ikkinchisini yozayotgan vaqtida to`satdan vafot etadi. Shunday qilib, u qo`lyozmaning tarjimasini ham, o`z asarini ham tamomlay olmaydi. Muhammad Rizo Ogahiy (1809 — 1864) Xiva xoni Olloquli (1825 — 1842) ning topshirig`i bilan asarni davom ettirib, 1827 yillargacha bo`lgan voqealarni yozadi. So`ngra u 1826—1842 yillardagi voqealar yoritilgan «Riyoz ud-davla», 1842 — 1845 yillardagi tarixiy voqealar yoritilgan «Zubdat ut-tavorix», 1846—1855 yillardagi voqealar yoritilgan «Jomi`ul-voqeoti sultoniy», 1856—1865 yillardagi voqealar yoritilgan «Gulshan davlat» nomli asarlarni yozadi. Ogahiy «SHohidi iqbol» nomli beshinchi asarini Xiva xoni Muhammad Rahimxon davri (1865 —1910)ga bag`ishlaydi. Ammo bu asar tamomlanmay, 1872 yili voqealari bilan tugaydi. Munis va Ogahiylar saroy tarixchilari bo`lsalarda, ularning asarlari o`zining dalillarga boyligi, xronologik izchilligi, o`zida aks ettirilgan siyosiy voqealarning to`liq bayoni jihatdan o`sha davrdagi Buxoro va Qo`qon saroy tarixchilaridan birmuncha yuqori turadi. Xiva saroy tarixchiligi va xususan| Munis, Ogahiy asarlaridagi bu xususiyatni o`z vaqtida V. V. Bartol’d h,am «Istoriya kul’turnoy jizni Turkestana» degan asarida ta`kidlab: «Munis va Ogahiyning kitoblari adabiy va tarixiy asar sifatida kamchiliklariga qaramay, bayon qilishning to`liqligi va daliliy Ma`lumotlarning soni jihatidan bizgacha etib kelgan Buxoro va Qo`qon xonliklari tarixi bo`yicha bitilgan asarlarni «orqada qoldiradi», deb yozgan edi.|
Xulosa qilib aytganda, XIX asrning birinchi yarmida mahalliy tarixchilar tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar mamlakatning xo`jaligi, iqtisodiy munosabatlar, sinfiy kurash, xalq xarakatlari va siyosiy voqealarning ijtimoiy-iqtisodiy ildizlarini ochib bera olmagan bo`lsa ham, tarixchilarimiz o`lkani o`rganishda, solnomalar tuzishda, etnografik va toponimik materiallar to`plashda bu nodir asarlardan, tanqidiy nuqtai nazardan qarab foydalanishlari mumkin11.
___________________
11Alimova D . Tariximizning kamolat davri. gaz. Xalq so‘zi 1999 y. 6-iyul.
2.2 O`lkashunoslikda o`rta asr olimlari asarlarining ahamiyati
Abu Rayhon Beruniyning birinchi yirik asari “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” hisoblanadi. Asarning arabcha nomi “Al osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya” bo‘lib, Yevropada “Xronologiya”, o‘zbek sharqshunosligida “Osor al-boqiya” nomi bilan mashhurdir. Beruniy bu kitobni Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000 yilda yozib tamomlagan. Bu vaqtda olim endigina 27 yoshga kirgan edi.“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Beruniy fanning hamma sohalariga qiziquvchi buyuk olim ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi va unga bu asari juda katta shuhrat keltirdi. Hatto bugungi kunga kelib ham, ushbu kitob O‘rta Osiy xalqlari, ularning madaniyati va tarixini o‘rganishda juda muhim ahamiyatga egadir. Beruniy turli xalqlarning etnogenezi va etnik tarixiga oid ham diqqatga sazovor fikr-mulohazalar bildirgan.12 Shuningdek, asarda qadim xalqlarning taqvim tizimi hamda alohida kunlari haqida ham juda qiziqarli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Muallif asarida o‘ziga ma’lum bo‘lgan xalqlarning yil taqvimlari,rasm-rusumlari, hayitlari va mashhur kunlarini mufassal tasvirlab beradi. Jumladan, rimliklarda achchiq va sho‘r narsalarni faqatgina belgilangan ma’lum kunlarda tanovvul qilinishi, qon olishishlari sovuq kunlarda amalga oshirilmasligi, Dumat at-Jantal shahridagi bir bozorda savdo ishlari toshlar orqali amalga oshirilishi, al-Mashakkar shahridagi bozorda esa faqatgina quloqqa gapirib savdo qilinish mumkinligi to‘g‘risidagi ko‘plab qiziq ma’lumotlarni bayon qilgan. Bayram va marosimlar to‘g‘risida yozar ekan, Xorazmliklarning hayitlari ikki hil bo‘lganligini, ya’ni birinchisi, tabiat voqea xodisalari bilan bog‘liqlari: yil boshi bayrami, gulxanda isinish bayrami, yog‘liq non yeyish kuni, Mina kechasi kabilar, ikkinchisi esa Islom dini kirib kelgunga qadar o‘tkazilgan diniy marosimlar: arvohlar uchun qabrlarga ovqat qo‘yish marosimi va shu kabilar to‘g‘risida ma’lumotlar bergan. Beruniyning shaxsan o‘zi ham hayitlarni ikki guruhga bo‘lish lozimligini yozib o‘tgan: bular diniy va dunyoviy hayitlar. Olim dunyoviy hayitlarni mukarram hayitlar deb ataydi. Manbalarga ko‘ra ushbu hayit kunlari
__________________________
12 Nabiyev A. Tarixiy o‘lkashunoslik. — T., 1996.
podshoh va raislar o‘zlari uchun marosimlar o‘tkazganlar hamda ular orqali nafslarini sevintirishga, ruhlarini shodlantirishga erishganlar, maqtov va madhga sazovor bo‘lganlar, o‘z xalqlarining muhabbatini jalb qilganlar, duolar olganlar. Bu kunlarni nishonlash oddiy xalq uchun ham bir marosimga aylangan. Ana shu hayitlar faqir va kambag‘allar fikricha hayotlarining torligini kenglikka aylantiruvchi, umid va orzularini yuzaga chiqaruvchi, halokatga yaqinlashganlarida ularni xatar va balodan qutqaruvchi sabablarning biri bo‘lgan. Diniy hayitlarga kelganda, ularni davlatning shariat arboblari, imomlari, faqihlari va dindorlari keltirib chiqarganlar, deydi Beruniy. Bunday bayramlarni ijro etishdan maqsad yuqorida sanab o‘tilgan sabablarga o‘xshash, lekin bu asosan oxirat kuni uchun o‘tkazilgan.Bayramlarning eng ulug‘i Navro‘z hisoblanib, u deyarli hamma xalqlarda nishonlangan. Olimning yozishicha ushbu bayramning nishonlanish sabablari turli xalqlarda turli xil afsonalar bilan bog‘langan. Qadimgi Eron afsonalariga ko‘ra quyosh bilan farishtalar shu kuni yaratilgani va ushbu kun hayotning birinchi kuni hisoblangani uchun podshohlar ham bu kunni ulug‘laganlar. Eron afsungarlari esa “Navro'z kuni tong otganda birov gap gapirishdan oldin uch qoshiq asal yalab, uch bo‘lak mum tutatsa, bu ko‘p kasalliklarga shifo bo‘ladi” deb hisoblashgan. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari qadimgi tarix kalendar sistemasini o‘rganishda ham muhim va birinchi darajali manba hisoblanadi. Ammo bu asar olim uchun yot bo‘lgan sof arab tilida yozilganligi, hamda arab imlosi bo‘yicha qisqa unli tovushlari ko‘pgina hollarda belgilanmaganligi uchun ham mavjud tekstlarda bu oylarning nomlari juda buzib berilgan. Asaring 1968 yilgi o‘zbek tilida chop etilgan nusxasida yozilishicha, mavjud materiallar bo‘yicha ularni to‘g‘ri talaffuzini aniqlash imkoni bo‘lmagan. Shuning uchun ham kitobda oy, kun nomlari shartli ravishda yozib ko‘rsatilgan. Shubhali o‘rinlarda esa unli tovushlar o‘rniga chiziqcha yoki umuman undosh harflarni yozish bilangina kifoyalanilgan.
Asarda qadim xalqlarning taqvim sistemalari, ulardagi ba’zi muammolar va ularning hal qilinish yo‘llari to‘g‘risida ham bir qancha ma’lumotlar berib o‘tilgan. Olim asarni yozar ekan, barcha xalqlar sistemasida bir yil 12 oydan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Jumladan, u yozadi: “Xudo osmon va yerni yaratgan kundan beri oylar soni 12 ta Xudoning kitobida shu”.Eron taqvimi ham xuddi shu tartibda: bir yil 12 oydan, kunlar majmui 365 kundan iborat bo‘lgan. Asarda keltirilishicha har 120 yilda yil oylari 13 ta bo‘lib, bu yil “kabisa yili” deb, ortiqcha oy kunlarini esa qolgan navbatdagi oylar (kunlari) nomi bilan ataganlar.Beruniy o‘z asarida xalqlar etnografiyasi, yil taqvimlari haqida yozar ekan, har bir oy va unda nishonlanadigan Hayit hamda bayram kunlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tadi. Jumladan, olim xalqlarning bayramlari sabablarini turli vaqtlarda kelib chiqqan afsona va rivoyatlari orqali misollar keltirish yo‘li bilan tushuntirishga harakat qiladi. Uning yozishicha yilning birinchi oyi farvardin moh hisoblanib, ushbu oyning birinchi kuni Navro'z bayrami shonlanadi. Olim Navro'z haqida yozar ekan eronliklar orasida ushbu kun bilan bog‘liq turli afsonalar mavjudligini, u o‘z asarida faqat haqiqatga yaqin deb bilganlari keltirib o‘tayotganini ta’kidlaydi. “Aytishlaricha,” – yozadi olim,- “shu kuni Xudo quyi olamni yaratib, unga yaratilgan ilk odam – Qayumarsni podshoh qilgan” Ba’zi afsonalarga qaraganda esa Navro'z Xudo maxluqotni yaratgan 6 kunning birinchisidir. Hashviyaliklar afsonalariga ko‘ra Sulaymon ibn Dovud uzugini yo‘qotib shoxligi qo‘lidan ketdi. 40 kundan o‘tgandan keyingina uzugi o‘z qo‘liga qaytib keladi. Bu bilan birga unga ravnaqi, sehri ham qaytadi. Butun odamzod yig‘ilib, uni qutlab “Navro'z muborak” – “Yangi kun keldi”, - deganlar. Va shundan boshlab bu kun Navro'z deb ataldi. Sulaymon shamolga buyurdi, shamol uni ko‘tarib osmonga uchdi. Qarshisidan qaldirg‘och chiqib uyamni bosib o‘tma, ichida tuxumlarim bor bor,dedi. Sulaymon Qaldirg‘ochga rahmi kelib uni uyasini aylanib o‘tdi. Shamol uni yerga qo‘ygach, qaldirg‘och minnatdorchilik sifatida tumshug‘ida suv keltirib unga suv sepdi hamda chigirtkaning bir oyog‘ini hadya qildi.13 Olim fikricha eronliklar Navro'zda arg‘imchoqlar uchishgani, havoga varraklar uchirishgani, bir birlariga shakar hadya qilishlarining sababi mana shu afsona bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.“Afsungarlar”-davom etadi Beruniy - “Navro'z kuni tong otganda birov gap gapirishdan oldin 3 qoshiq asal yalab, uch bo‘lak (xushbo‘y) mum tutatsa, bu ko‘p kasalliklarga shifo bo‘ladi”.Olimning
_________________________________
13 Ochildiyev F.B. Tarixiy o‘lkashunoslik. Toshkent. 2008 y
yozishicha qadim tarixda Navro'z kuni ya’ni yil boshi yozning jazirama (taxminan iyul yoki avgust) kunlariga to‘g‘ri kelgan. Shu munosabat bilan Xuroson podshohlari otliq askarlarga bahor va yoz kiyimlarini kiydirish marosimlarini Navro'z bilan bir vaqtda o‘tkazganlar. Beruniyning “bizning zamonamizga kelib”, degan iborasini inobatga olgan xolda taxminan X asrlar atroflarida Navro'zning nishonlanishi kabisa sabab bahor oylariga to‘g‘ri kelib qolgan, deb fikr ham yuritishimiz mumkin. Eronliklarda Navro'z kuni bir-birlariga shakar hadya qilish rasm bo‘lgan. Bog‘dodliklarning hikoya qilishicha, buning sababi Navro'z kuni Jamshid mamlakatida shakarqamish paydo bo‘lgan. Bu shu vaqtgacha bilinmagan edi.Jamshid sersuv bir qamishdan shira tomchilayotganini ko‘rgan. Uni totib qaragan, unda lazzatli shirinlik borligini bilgach, suvni chiqarib, shirasidan shakar ishlashni buyurgan. Shakar beshinchi kuni ko‘tarib olingan va tabriklash uchun uni bir birlariga hadya qilganlar. Kitobda Mehrjon bayramida ham bu marosim o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.Ushbu oyning oltinchi kuni “ro‘zi xudod” ya’ni katta Navro'z bo‘lib, eronliklarda sha’ni ulug‘ hayit hisoblanadi. Asarda ushbu bayram bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha afsonalar keltirib o‘tiladi:Yozilishicha, “bu kunda xudo maxluqotni yaratishdan forig‘ bo‘lgan, chunki bu kun aytib o‘tilgan olti kunning oxirgisidir”. Manbalarga ko‘ra podshoh Jamshid hamma zarur narsalar miqdorini shu kuni aniqlagan, ya’ni davlat ishlarini yurgizishda kerakli jihozlar, zarur qog‘oz va atrofga yuboriladigan maktublar bitilgan terilarni shu kunga tayyorlab qo‘ygan. Oxirgi muhr bosish kerak bo‘lgan hujjatlarga shu kuni o‘z muhrini bosgan, bu forschada “isfido navisht”, ya’ni “oqqa ko‘chirish” deb atalgan. Jamshid davrida katta va kichik Navro'zlar alohida hayit sifatida nishonlangan. Undan keyin hukmronlik qilgan podshohlar farvardin moh (yilning birinchi oyi) ning barcha kunlarini hayitga aylantirib uni olti bo‘lakka taqsimlashgan: birinchi besh kun – podshohlar uchun, ikkinchi besh kun – ulug‘ kishilar uchun, uchinchi besh kun – podshohlarning g‘uloslari uchun, to‘rtinchi besh kun – xizmatkorlar uchun, beshinchisi – xalq ommasi uchun va nihoyat oltinchi kun – cho‘ponlar uchun deb belgilangan. Ushbu asarni har gal qayta va qayta o‘qigan kitobxon o‘zi uchun ko‘proq yangilik topib boraveradi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak Beruniy asarlari qadimgi xalqlar, shu jumladan o‘zbek xalqi, uning
qadimgi madaniyati va etnografiyasini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Qolaversa, “Osor al boqiya” uzoq o‘tmish tariximizning buyuk yodgorligi hisoblanib, bugungi kun kitobxoni albatta tanishib chiqishi lozim bo‘lgan manbalardan biri hisoblanadi Akademik S.P.Tolstov bu asar haqida shunday degan edi: “Bu asar Yaqin va O’rta Sharq xalqlarining birinchi navbatda, O’rta Osiyo xalqlarining xo’jalik hayoti, urf-odatlari, marosimlari, e’tiqodlari haqidagi o’ziga xos bir qomusdir. “Yodgorliklar” faqat o’tgan asrning buyuk yodgorligi emas, balki hozirgi kunning ham qimmatbaho boyligidir. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”ning arab tilidagi nusxasi birinchi marta nemis sharqshunos olimi Eduard Zaxau (1845—1930 ) tomonidan 1878 yili Leypsigda izohlar bilan chop etilgan. Bir yildan keyin Zaxau asarning ingliz tilidagi tarjimasini Londonda nashr etdi. Tarjimaga Beruniyning tarjimayi holi va izohlar ilova qilingan. Bu bilan Zaxau “Yodgorliklar”ni o’rganishga keng yo’l ochib berdi. Zaxauni nashr etgan arabcha nusxasi va ingilizcha tarjimasi XVII- XVIII asrlarda ko’chirilgan to’rtta qo’lyozma asosida amalga oshirilgan edi.Bu nusxalarning hammasi deyarni bitta qo’lyozmadan ko’chirilgan bo’lib, ularda juda ko’p tushub qolgan joylar bor. Bu o’rinlarni to’ldirish uchun “Yodgorliklar”ning yangi nusxalarini topish zarur edi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda: Tarixiy o`lkashunoslik bu tarix fanining ajralmas qismi bo`lib unda fidoiy halqimizning yashash tarzi,madaniyati haqida juda ko`plab malumotlar joy olgan. Tarixiy o`lkashunoslida manbalarning o`rni beqiyos bo’lib undan xalqimiz boy tarixi haqida o`chmas bo`lgan malumotlar mavjud.O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng xalqimizning boy tarixiga bo‘lgan qiziqish va uni bugungi kun talablari asosida yoritishga intilish yanada oshdi. Tariximizni o‘rganish, unga bo‘lgan haqqoniy munosabatni qaror toptirish va yosh avlodni tarixiy xotira bilan qurollantirish O‘zbekiston rahbariyatining va jamoatchilikning diqqat e’tiborida turgan muhim masalaga aylandi. Tarixiy-madaniy merosimizni o‘rganish va targ‘ib etish, me’moriy yodgorliklar va qadamjolarni saqlash, ta’mirlashga katta e’tibor berilib, bu sohada ulkan ishlar amalga oshirildi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tarixiy-madaniy merosga e’tibor tubdan o‘zgardi. O‘zbek xalqining boy tarixini, moddiy va nomoddiy madaniy merosini saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida14 “Oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuchqudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur. Xususan, milliy o‘zligimizni anglash, vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim”, deb ta’kidlab o‘tdilar. Davlat rahbarining e’tibori tarixchi olimlar va ilmiy jamoatchilik oldiga ulkan vazifalarni qo‘ymoqda, va o‘z navbatida tadqiqotchilar hamda olimlarimiz buni chuqur anglamog‘i lozimdir. O‘z yurti vatani tarixini o‘rganish o‘lka tarixini o‘rganish borasida muhim ilmiy tadqiqotlar yanada rivojlantirib borilmoqda. Jumladan Tarixiy o‘lkashunoslik- mahalliy aholi tomonidan o‘z ona yurti hisoblangan muayyan o‘lka, viloyat, shahar, tuman vaqishloq hududlarini har tomonlama o‘rganiishni taqoza etadi.Tarixiy o‘lkashunoslikda o‘lkaning tabiati, aholisi, xo‘jaligi, tarixi,
________________________
14 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М. Мирзиёевнинг Олий Мажлисга,Мурожаатномаси / Халқ сўзи, 2018 йил 28 декабрь.
madaniyati, arxeologiyasi, o‘lka namoyandalari va boshqa jihatlari o‘rganiladi.. Hozirgi kunda ekologik vaziyat va tabiatii muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish masalalarni ham o‘rganadi.Tarixiy o‘lkashunoslikning asosiy maqsadi o‘z o‘lkasi tarixi,aholisi, etnografiyasi, xo‘jaligi, madaniyati,tabiati vaboshqalarniashyoviy dalillar asosida o‘rganib, to‘plangan ma’lumotlarni ommalashtirib yoshlarning bilimini va dunyo qarashini kengaytirishdaniborat. Tarixiy o‘lkashunoslik juda katta ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maorifiy, o‘quv-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ayniqsa, yoshlarnining milliy qadriyatlarimizni o‘rganish va uni ommalashtirishda tarixiy o‘lkashunoslikning o‘rni muhim sanaladi. Vatanimiz har bir farzandining o‘z o‘lkasi tarixi va o‘tmishini bilish, uni har tamonlama o‘rganish hozirgi kundayoshlarning burchi hisoblanadi.. Jumladan O‘lkamizning o‘tmish tarixi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, etnik tarixi, moddiy madaniyat yorgorliklarini ilmiy va amaliy jihatdan holisona o‘rganishga imkon yaratildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston tarixini o‘rganish, arxeologik tadqiqotlar bilan yozma tarixiy manbalarni qiyosiy o‘rgangan holda voqea-hodisalarni tahlil etishga alohida e’tibor berildi. Chunki davlatning paydo bo‘lishi, shakllanishi, bosqichma-bosqich taraqqiy etishiga oid tarixiy manbalarni o‘rganish asosida vatan tarixini mukammal tarzda yoritish muhim hisoblanadi.
O‘zbekiston xalqlarii tarixi, madaniy hayotning rivojlanishi, shaharlar tarixi tarixiy o‘lkashunoslik bilan uzviy bog‘liqdir. So‘nggi yillarda turli shaharlarning yubileylari munosabati bilan o‘tkazilayotgan anjumanlar, ilmiy tadqiqotlar o‘lkamizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi katta ekanligigni ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston tuprog‘i qadimiy va tabarruk, shuning uchun ham xalqimizning urf-odatlari, turmush tarzi, milliy xususiyatlarni chuqur ilmiy asosli tarzda o‘rganish O‘zbekiston tarixining dolzarb masalalaridan biridir. Bugungi kunda tarix sohasida qilinayotgan va olib borilayotgan barcha xayirli ishlar yoshlarga o‘z tuprog‘ini, ona zamin va o‘lkasini qadrlashga undaydi. Ona tuprog‘ni sevgan kishini el qdrlaydi, dunyoni taniydi. O‘z tarixini ona yurtini ona tuprog‘ini e’zozlagan inson haqiqiy inson bo‘lib yetishadi va oldiga qo‘ygan vazifaga erishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.- Toshkent:O‘zbekiston, 2016.-. 64-bet
2.Mirziyoev. SH. M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent: O‘zbekiston, 2017.-26b.
3.Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.Toshkent:O‘zbekiston, 2017.-488 b.
4.Karimov I.A O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida-
Toshkent.:2010-y
5. Karimov I.A “ Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch” Toshkent 2008.
6. Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda.
7.Nabiyev A. Tarixiy o‘lkashunoslik. — T., 1996.
8.Ochildiyev F.B. Tarixiy o‘lkashunoslik. Toshkent. 2008 y
9.Azamat Ziyo O‘zbek davlatchilik tarixi. –T., Sharq. 2000 y.
10.Alimova D . Tariximizning kamolat davri. gaz. Xalq so‘zi 1999 y. 6-iyul.
11.Annayev T. Tilovov B. Xudoyberdiyev Sh. Boysun Arxeologik yodgorliklari. – T., A.Qodiriy nomidagi meros nashriyoti. 1999. 40-bet.
12.Askarov A.A. Sapallitepa. –T., 1973;
13.Asqarov.A. O‘zbek halqi etnogenezisi va etnik tarixi. T.Universitet.2007.
14.Jobborov. I. O‘zbek halqi etnografiyasi. T.O‘qituvchi. 1994.
15.A.Ashirov. O‘zbek halqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. T.A.Navoiy nomidagi O‘z.Milliy kutubxonasi nashriyoti.2007.
16.Shoniyozov. K. O‘zbek halqining etnik shakllanishi jarayoni.T.Sharq. 2001.
17.Tursunov. S.N. O‘zbekiston tarixi va madaniyati- Surxondaryo etnografiyasi.T. 2006
18.Tursunov. S.N. va boshq. O‘zbekistonning janubiy hududlarida nomoddiy madaniyat tarixi. T. Muharrir. Nashriyoti. 2012.
19.Asqarov A.A. Mustaqillik yillarida tarix, arxeologiya va etnologiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |