Bu davrda qadimgi Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik edi.
Qalaimir, Kuchuktepa, Qiziltepa, Qizilcha, Bandixon kabi mil. avv.VI-IV asr
yodgorliklaridan ko’plab mehnat qurollari topilgan. Dehqonchilik sun’iy
sug’orishga asoslangan. Bu hududlarda undan tashqari chorvachilik, kulolchilik,
temirchilik va badiiy hunarmandchilik (Amudaryo xazinasi) ham rivojlanadi.
Mil. avv. VI-IV asrlarda So’g’diyonada ko’plab shahar va qishloqlar bo’lib,
ular fors podsholariga katta-katta soliqlar to’lab turganlar. Xususan, bu davrga
oid Uzunqir, Yerqo’rg’on, Afrosiyob, Lolazor, Xo’ja Bo’ston, Sangirtepa,
CHordara, Qo’rg’oncha, Ko’ktepa kabi 50 dan ziyod yodgorliklar o’rganilgan. Bu
hududlardan topilgan ko’pgina topilmalar aholining dehqonchilik, chorvachilik va
hunarmandchilik bilan shug’ullanganidan dalolat beradi. SHuningdek, savdo-sotiq
va o’zaro aloqalar ham ancha rivojlanadi.
Bu davrda Xorazm hududlarida ham yirik-yirik manzilgohlar mavjud edi.
Qishloqlarda dehqonchilik, shaharlarda esa hunarmandchilik rivojlangan edi.
Jonbosqal’a, Ko’zaliqir, Tuproqqal’a kabilar madaniy markazlar hisoblangan.
O’zbekistondagi eng qadimgi mahalliy yozuv namunalari ham Xorazm
hududlaridan (Tuproqqal’a, mil. avv.IV asr) topilgan.
Mil. avv. 329 yilga kelib, makedoniyalik Iskandarning O’rta Osiyoga
yurishlari boshlandi. Iskandar qo’shinlari So’g’diyona va Ustrushona yerlarida
juda qattiq qarshilikka duch keldi. Janglarda Iskandarning o’zi ham bir necha
marta yarador bo’ldi. Mil. av.. 329-327 yillar davomida mahalliy so’g’diy aholi
Spitaman boshchiligida yunon-makedon bosqinchilariga qarshi kurash olib borib,
ularga juda katta talafot yetkazdi. Iskandar qo’shinlari hech qachon
So’g’diyonadagidek qarshilikka uchramagan edi.
Mil. avv. 323 yilda makedoniyalik Iskandar vafot etganidan so’ng O’rta Osiyo
yerlari Salavka hukmronligi ostiga o’tadi (mil. avv. 306 yil). Salavkiylardan
bo’lgan Antiox I davrida (mil. avv. 280-261 yy.) O’rta Osiyo viloyatlarida tinch
hayot boshlanib, qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq anchagina
rivojlanadi. O’rta Osiyo yerlari salavkiylar davlatining muhim qismi bo’lib,
harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega edi. O’rta Osiyo viloyatlarining
salavkiylar davlati tarkibiga kirgan davri yunon-makedon yurishlari paytida
vayron bo’lgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning va baqtriyaliklar, so’g’diylar
hamda pafiyaliklarning bosqinchilarga qarshi kurashda birlashuv davri bo’ldi.
Mil. avv. III asrning o’rtalariga kelib, salavkiylar davlatida taxt uchun o’zaro
kurashlar avj olib ketdi. Natijada dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya
davlatlari salavkiylardan ajralib chiqdi. Mil. avv. 250 yilda birinchi Yunon-
Baqtriya podshosi Diodod o’zini hukmdor deb e’lon qildi va tangalar zarb etdi.
Tangashunoslik ma’lumotlariga ko’ra, mil. avv. III asrning oxirigacha Yunon-
Baqtriyada bir necha podsholar o’tganki, ular yozma manbalarda eslatilmaydi.
Mil. avv. II asr boshlariga kelib Demetriy, Yevkratid kabi podsholar Yunon-
Baqtriya yerlarini janubga tomon kengaytirib boradilar. Mil. avv. II asrning
ikkinchi yarmidan boshlab ko’chmanchi qabilalarning hujumlari va o’zaro
kurashlari natijasida Yunon-Baqtriya podsholigi qulatiladi.
4-masala
Do'stlaringiz bilan baham: |