Xalqaro etalon – milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan
birliklar o‟lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo„yicha xalqaro
asos sifatida qabul qilingan etalon.
Xalqaro etalonlarni «Og„irlik va o„lchovlar bo„yicha xalqaro byuro»
saqlaydi (OO„XB) va u bilan bog„liq barcha masalalarni hal etadi. OO„XB
faoliyatidagi eng muhim va mas‟uliyatli vazifalaridan biri, turli davlatlarning yirik
va katta ko„lamga ega bo„lgan metrologiya laboratoriyalaridagi milliy etalonlarini
xalqaro etalonlar bilan muntazam va xalqaro
miqyosda taqqoslash hisoblanadi. Shuningdek
o„lchashlarning
ishonchliligini,
aniqligini
va
birligini ta‟minlash maqsadida o„zaro taqqoslovlar
ham muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bu esa xalqaro
iqtisodiy aloqalarning eng asosiy talablaridan
sanaladi. SI tizimidagi asosiy kattaliklarning
etalonlari bilan bir qatorda, hosilaviy kattaliklarning
etalonlari ham taqqoslanib turadi. Taqqoslash amallari belgilangan muddatda,
davriy ravishda bajariladi. Masalan, metr va kilogramm etalonlari har 25 yilda,
elektr va yorug„lik kattaliklarining etalonlari esa har 3 yilda taqqoslab turiladi.
Birlamchi etalonga ikkilamchi va boshqa razryaddagi barcha etalonlar buysunadi.
Davlat etaloni – davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha
etalonlari bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o„lchamlarini aniqlash uchun asos
sifatida xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan
birlamchi yoki maxsus etalon.
Milliy etalon – mamlakat uchun boshlang„ich etalon sifatida xizmat qilishi
rasmiy qaror bilan tan olingan etalon bo„lib, milliy metrologiya organi tomonidan
tasdiqlanadi. O„zbekiston Respublikasida ushbu organ sifatida, standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish bo„yicha milliy markaz – O„zstandart Agentligi
hisoblanadi.
Maxsus etalon – birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini
ta‟minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo„lib xizmat qiladigan
etalondir. Maxsus etalon yordamida yaratilgan birlik birlamchi etalon yordamida
yaratilgan birlik birlamchi etalon yordamida yaratilgan birlikka mos bo„lishi kerak.
Birlamchi etalon orqali qiymati aniqlanadigan etalonga ikkilamchi etalon
nomi berilgan.
Guvoh etalon – davlat etalonining butliligini va o„zgarmaganligini
tekshirish uchun va buzilgan toki yuqolgan hollarda uni almashtirish uchun
mo„ljallangan ikkilamchi etalon.
Hozir asosiy birliklarning etalonlaridan faqat kilogrammning guvoh etaloni
bor.
Nusxa etalon ishchi etalonlarga birliklar o„lchamlarni uzatishga
mo„ljallangan ikkilamchi etalon hisoblanadi.
Nusxa etalonlar, odatda, birlamchi yoki maxsus etalonni barvaqt yeyilishdan
saqlash maqsadida, qiyoslash ishlari ko„p bo„lgan hollarda yaratiladi. Nusxa-etalon
zarur bo„lganda, davlat etaloni o„rnida ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: