Mavzu; Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari Reja; 1. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari 2. Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarning turlari.
3. Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarining tenglamalarini tuzish usullari.
II Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
11.1 Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarinini mohiyati. Ko’pchilik reaktsiyalarda reaktsiyaga kirishuvchi moddalar tarkibidagi elementlarning valentligi reaktsiya natijasida o’zgarmaydi. Bunday reaktsiyalarni oddiy reaktsiyalar deyiladi: AgNO3+NaCl=AgCl↓+NaNO3 Ag++NO3-+Na++Cl-=AgCl↓+Na++NO3- BaCl2+K2SO4=BaSO4↓+2KCl Ba2++2Cl- +2K++SO42- =BaSO4↓+2K++2ClBoshqa turdagi reaktsiyalarda elementlarning valentligi o’zgaradi: Zn0+Cu2++SO42-=Zn2++SO42-+Cu0 Zn0-2ℓ→Zn2+, Cu2++2ℓ→Cu0 Reaktsiya jarayonida elektronlarning bir atomdan boshqa atomga o’tish natijasida elementlarning valentligi o’zgarsa oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari deyiladi. Oddiy moddalarda atomlar elektroneytral bo’lgani uchun ularning valentligi shartli ravishda nolga teng deb qabul qilingan. Neytral atomlar elektron yo’qotishi natijasida musbat zarayadlangan ionga aylanadi va necha elektron yo’qotgan bo’lsa, o’shancha musbat valentlik namoyon qiladi. Atomlarning elektron yo’qotish jarayoni oksiddanish deyiladi. 0 - Masalan: Al-3ℓ→Al3+(Al0 oksidlanib Al3+ o’tdi). Cu-2ℓ→Cu2+ (Cu oksidlanib Cu2+ o’tdi)
Atomlar elektron biriktirib olsa, manfiy zarayadlanagan ionga aylanadi.
Bunda atom necha elektron qabul qilgan bo’lsa, uning valentligi o’shanga
manfiy valentlik tomonga o’zgaradi.
Atomning elektron biriktirib olish jarayon qaytarilishi deyiladi.
0 - 0
Masalan: Cl2+2ℓ→2Cl- (Cl2 qaytarilib 2Cl- o’tdi)
0 - 0
S+2ℓ→S2-(S qaytarilib S2- o’tdi)
Masalan, Mg bilan Cl2 ta’sirlanganda elektronlar magniydan xlorga o’tadi:
2Mg+Cl2→MgCl2
0 - 0
Mg-2ℓ →Mg2+ (Mg – oksidlanib Mg2+ ionini hosil qildi)
- 0
Cl2+2ℓ→2Cl- (Cl2 qaytarilib 2Cl- ionning hosil qildi)