Mavzu: Oila psixologiyasining umumiy asoslari. Reja


Kontratseptiv vositalardan foydalanishga



Download 102,98 Kb.
bet36/50
Sana05.06.2022
Hajmi102,98 Kb.
#637775
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50
Bog'liq
Oila psixologiyasi ma\'ruza matn (2)

Kontratseptiv vositalardan foydalanishga
qaysi omillar ta`sir qiladi?
Birinchidan, erkak va ayollarning anatomo-fiziologik xususiyatlari orasidagi tafovut. «Tanasi boshqa dard bilmas», deydi xalqimiz, ya`ni homilani qornida 9 oy davomida erkaklar olib yurmasliklari, homiladorlik bilan bog`liq bo`lgan turli boshqorong`iliklarni va ayrim patologik holatlarni, to`lg`oq va tug`ish jarayonidagi og`riq hislarini boshdan kechirmasliklari, shuningdek, oilasiz bo`la turib homilador bo`lib qolish va u bilan bog`liq muammolardan xoli ekanliklari tufayli kontratseptiv vositalardan foydalanish, tasodifiy xomiladorliklarning oldini olish, kutilmagan homilani yuzaga keltirmaslik, ona salomatligi, bola baquvvatligi maqsadida intergenetik intervallarga e`tibor berish kabilar aksariyat erkaklar uchun katta ahamiyat kasb etmaydi. Bu masalalarga aksariyat erkaklar yengil va beparvolik bilan qaraydilar.
Ikkinchidan, o`zbek va boshqa mahalliy millatga mansub oilalarda jinsiy tarbiya, jinsiy hayot, homiladorlik, uni tartibga solish, homila va ona salomatligini ta`minlash shartlari, ona yoki farzand salomatligi uchun maqsadga muvofiq, ba`zan esa xavfli bo`lgan homiladorlikning oldini olish ota-ona va farzandlar orasida muhokama qilinmaydi, bu — uyat, deb bilinadi, kattalar tomonidan yoshlarga bu masalalar bo`yicha zarur ma`lumotlar berilmaydi. Aksincha, bu mavzularga oid adabiyotlar, aksariyat holda farzandlar qo`lidan olib qo`yiladi.
Uchinchidan, yoshlarga barcha soha bo`yicha ma`lumot berishda maktab dasturidagi anatomiya va fiziologiya fanidagi elementar bilim bilan cheklaniladi. Oqibatda yoshlar o`zlari uchun nihoyatda zarur bilimlarni oiladan ham, maktabdan ham ololmaydilar. Jinsiy savodsizlik natijada avloddan avlodga o`tadi. Chunki har bir yosh jinsiy tarbiyani o`z oilasida qanday olgan bo`lsa, katta bo`lganda o`z farzandlariga ham shunday o`rgatadi.
Kutilmagan homiladorlikning oldini olish usullari
An`anaviy usullar
Davriy seksual abstitensiya
(hayz siklini nazorat qilish)
Aksariyat mamlakatlarda (masalan, Yaponiya, Mavrikiya, Peru, Filippin orollarida) aholining oz qismi — 5—20 % ga yaqin er-xotinlar turli an`anaviy va zamonaviy abstitensiya usullarini qo`llaydilar yoki jinsiy aloqani vaqtidan ilgari to`xtatadilar.
Ta`sir qilish mexanizmi: Taqvim usuli hayz siklining davomiyligini hamda homilador bo`lish ehtimoli yuqori darajada bo`lgan davrni aniqlash bilan birgalikda ayni shu kunlar jinsiy aloqa qilmaslik usulidir. Servikal shilliq va ovulyatsiya vaqtini belgilash usuli esa (Bellingsov usuli) urug`lanish kunini, servikal shilliq miqdori va konsistensiyasini nazorat qilishni aniqlashdan iborat. Bazal haroratni o`lchab borishda haroratni har kuni o`lchab, harorat ko`rsatkichlarini muntazam qayd qilib borish va urug`lanish vaqtini belgilash uchun haroratning ko`tarilishi aniqlanadi.
Simpato-terminal usulga haroratni o`lchash usuli bilan birga bir necha tabiiy usullarni birgalikda qo`llash kiradi.
Samarasi va afzalliklari: Mazkur usullar homiladorlikdan saqlanish uchun juda ishonchli hisoblanmasa-da, biroq boshqa yo`llardan foydalanishni istamagan er-xotinlar uchun qulay hisoblanadi. Bu usulning afzalligi — organizmning boshqa tizimlariga umuman ta`sir qilmaydi.
Kamchiliklari: Er-xotin har bir hayz sikli mobaynida kami bilan 14 kun jinsiy aloqadan tiyilishi kerak. Bundan tashqari, yuqoridagi usullarni to`la egallab olish uchun ular bir necha oy davomida o`z ustida ishlashi hamda tajriba qilib ko`rishi zarur.
Emizish, qin infeksiyalari, isitma chiqishi kabi hollar servikal simptomlarning o`zgarishiga sabab bo`ladi. Bu esa o`z navbatida, urug`lanish ehtimoli yuqori bo`lgan kunlarni qaytadan hisob-kitob qilib, aniqlash kerakligini taqozo etadi.
Tekshirishlar an`anaviy usullar zamonaviy usullarga nisbatan ishonchsiz ekanligini ko`rsatdi. Shuni e`tiborga olgan holda yuqori samaraga erishmoq uchun oilada er-xotinlarning birgalikda davriy ravishda jinsiy aloqadan voz kechib turishi lozim bo`ladi. Bu holat esa insondan o`ta talabchan va ruhiy turg`un bo`lishini talab etadi.
Tavsiyalar: Yuqorida keltirilgan usullardan ayollarning to`g`ri foydalanishlari uchun ularga to`g`ri maslahat berish lozim. Bu usulni to ayollar o`zlarida ovulyatsiya, ya`ni urug`lanish ehtimoli yuqori bo`lgan kunlarni adashmay hisoblay olgunlariga qadar samara bermaydi. Homiladorlikdan saqlanishning an`anaviy usullar samarasini oshirish uchun aralash usullardan foydalanish, ya`ni bir vaqtning o`zida erkak va ayollar uchun mo`ljallangan mexanik vositalarni qo`llash maqsadga muvofiqdir.

Download 102,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish