Mavzu: Oila-nikox munosabatlariga tayyorgarligi
Reja:
Kirish
Oilaviy munosabatlar.
Oiladagi maishiy-xo‘jalikni yuritish
Oilaviy munosabatlarda er-xotinning bir-birlariga munosabati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyorlar
Kirish
Mamlakatimizda oilalar mustahkamligini, ularda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, jamiyat farovonligini yuksaltirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Konstitutsiyamizda ham oila to’g’risida alohida bob ajratilib, oila manfaatlari muhofaza qilinayotganligi va oila mustahkamligi tamoyillari belgilanib, kafolatlanganligi bejiz emas.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5325-sonli Farmoni ham oila mustahkamligini ta’minlash, xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi rolini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Hozirgi vaqtda nikoh tuzish shartlari haqida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 14 va 15-moddalariga muvofiq, nikoh ixtiyoriy ravishda nikoh yoshiga (erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 17 yosh) yetgandan so’ng tuziladi. SHuningdek, Oila kodeksining 13-moddasiga muvofiq, muhim qaror ustida o’ylab ko’rishlari uchun nikohlanayotganlarga ariza berilgan kundan boshlab 1 oy vaqt beriladi.
Oila va nikoh munosabatlarini yanada yanada mustahkamlash sohasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo’llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5938-son Farmoni hamda 2020 yil 18 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarorining qabul qilinganligi ham mazkur sohadagi islohotlarni yangi bosqichga ko’taruvchi muhim qadam bo’ldi.
Yuqorida sanab o’tilgan hujjatlarga asosan, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligiga:
jamiyatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilining to’laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko’maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlik o’rnatish;
oila institutini mustahkamlash bo’yicha, eng avvalo, «Sog’lom oila — sog’lom jamiyat» g’oyasini hayotga tatbiq etishga yo’naltirilgan yagona davlat siyosatini yuritish, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko’maklashishni tashkil etish;
xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlashga oid davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash;
-xotin-qizlarning muammolarini o’z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo’lgan va og’ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo’lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko’rsatish;
-xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qo’llab-quvvatlash;
-fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini qo’llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
-fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o’rni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeini yuksaltirish;
-mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining o’zaro hamkorligini mustahkamlash;
-yolg’iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko’maklashish, ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni ta’minlashda huquqiy, uslubiy va amaliy yordam ko’rsatish, nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish;
-fuqarolar yig’inlarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari yuklatildi.
Yuqoridagi islohotlarning samarasi sifatida aytib o’tsak bo’ladiki, mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarini azaliy qadriyatlarimiz va bugungi kun talablari asosida rivojlantirish borasida ko’rilayotgan amaliy choralar negizida ana shunday ezgu maqsadlar mujassamdir.
Oilaviy munosabatlar.
“Turmush musht", "Oiladagi bir gap ko‘p, bir gap kam" degan shakldagi fikrlarni ko‘plab uchratamiz. Oilaviy munosabatlarda er-xotinning yoki kelin-kuyovlarning to‘yga qadar bir-birlariga muvofiq kelishi ("yulduzi yulduziga" mos kelishi tarzda badiiy tus berishi), o‘zaro sevgi-muhabbat va yoqtirish asosida turmush qurish ancha ijobiy holat sifatida qaraladi. Navbatdagi "Er-xotinlarning shaxs sifatida muvofiqliklarini aniqlovchi shkala nikohdagi sheriklarning maslaklari, qiziqishlari, manfaatlari, qadriyatlar yo‘nalishi, vaqtni o‘tkazishlari bilan bog’liq bir qator ustanovkalarni mujassamlashtirgan.
Hamkorlik psixologiyasi, o‘ziga sherik tanlash va birgalikda faoliyat ko‘rsatish kundalik turmushda uchraydigan hodisalar. Ular shaxslarning ma’lum vaqt mobaynida amalga oshiradigan faoliyatlaridir. Aksincha oiladagi er-xotinlarning birgalikdagi, hamkorlikdagi faoliyatini qisqa muddatli biron-bir me’yor bilan chegaralab bo‘lmaydi. Agar mehnat jamoasida xodimlar o‘rtasidagi nizo sababli biri o‘zining ishchi o‘rnini boshqa jamoaga o‘zgartirishi yoki jamoaning boshqa a’zolari bilan yaxshi munosabat o‘rnatish orqali o‘z xatti-harakatlarini kompensasiyalashi mumkin. Oilada er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilik, nizolar oqibatida esa yuqoridagi tarzda ish tutib bo‘lmaydi. Er-xotinning shaxs sifatida bir-birlarini qabul qilishlari xalq orasida qo‘llaniladigan "er-xotinning urishi doka ro‘molni qurishi" naqli hojat qoldirmaydi. SHunday ekan, natijalarga murojaat etib ko‘raylik, erlar 6,26+0,61 va ayollar 8,63+0,85 ball (r<0,05 ga teng bo‘ldi) bilan qanoatlanganlar. Olingan miqdoriy ko‘rsatkichlar, erlarni turmush o‘rtog’iga muvofiq kelishi to‘g’risida o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori ekanligidan dalolat bermoqda. Bu esa erkaklar uchun ayollarning manfaatlari, qiziqishlari, qadriyatlar orientasiyasiga ular tomonidan belgilanishga ishtiyoq yuqoriligini aytish mumkin. Milliy madaniy muhitimizda ham xotin doimo erni tushunishi, uning fikrlariga qarshilik bildirmasligi, norozilik qilmasligi va so‘zsiz bo‘ysunishi lozim degan pozisiyada turish yetakchilik qiladi.
Diniy-falsafiy nuqtai nazarda ham er-xotinga nisbatan bir pog’ona yuqori bo‘lishi lozim deyilsa-da, ammo bu talqin erkakning tabiiy imkoniyatlarini, (jismonan baquvvat, xo‘jalik ishlarini boshqarishga moyil) inobatga olib aytilgan. Erkaklarning natijasi nisbatan avtonomiyaga, ya’ni turmush o‘rtoqlarining ularni xohish-irodasi, qiziqishlariga muvofiqlashishlaridan dalolat beradi.
Xotinlarning natijalari esa erlarinikiga nisbatan anchagina yuqori. Bu esa ayollarning (qizlarni) o‘zlariga turmush o‘rtoq tanlashda oqilona yondashishga moyil ekanligini anglatadi. Ayollar o‘zbek etnosidagi xotinning eriga tobe bo‘lishi, uning manfaatlariga muvofiq xulq-atvori va qiziqishlarini moslashtirish kerak degan an’anaviy tamoyilga amal qilsalar-da, lekin bunday holat kuchli hissiy zo‘riqish, frustrasiyaga moyillik, noroziliklar bildirib turish, ajralish xohishining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Ayollarning natijalari erlariga nisbatan ancha yuqori ekanligi ularni umumiy qiziqishga ega ekanligi, ehtiyojlar, qadriyatlar yo‘nalishi, vaqtni o‘tkazish usullariga ega bo‘lishi lozim deb hisoblaydilar. Metodikaning ushbu shkalasidagi xususiyatlarga ayollar ancha ijobiy qarar ekanlar. Ammo ayollar turmush o‘rtoqlari (erlar) ko‘pincha yuqoridagi xususiyatlarning hammasiga ham ahamiyat bermasligini bildiradilar degan nuqtai nazarni ilgari sursak bo‘ladi. CHunki zamonaviy oiladagi inqirozlarni aynan er-xotin o‘rtasidagi shaxslilik identifikasiyasining mujassamlashmaganlik oqibati deb qarash mumkin. Bu esa oilalarda quyidagi holatlarni e’tibordan chetda qolayotganligini ifodalaydi:
- Er bilan xotinlar o‘rtasidagi shaxslilik muvofiqlashuvi doimo ham oila qurish jarayonida inobatga olinmayapti;
- Erlarda turmush o‘rtoqlari bilan umumiy manfaat va qiziqishlar hosil qilishga intilish yetarli emas;
- Qizlarning (ayollarning) er bilan identifikasiyalashuvlari ideal rejada bo‘lib, reallikka oshmasligi ko‘p kuzatiladi.
- Erlarni xotinlari bilan bo‘sh vaqtni birga qiziqarli, maroqli o‘tkazish to‘g’risidagi faoliyatlari shakllanmagan.
Aytish joizki, shaxslilik identifikasiyasi oiladagi shaxslararo munosabatlarning me’yorida bo‘lishini ta’minlashda boshqa omillarni ham inobatga olishga chorlaydi.
3.Maishiy-xo‘jalik yuritish. "Bo‘sh qop tik turmaydi", "avval iqtisod, keyin siyosat" shakldagi naqllarni tez-tez takrorlaymiz. Oilaning maishiy-xo‘jalik faoliyatini ko‘ngildagidek o‘tishi er-xotinlarning munosabatlarini, shuningdek, uning barqarorligini ta’minlovchi markaziy omillar sirasiga kiradi. Ammo oiladagi maishiy-xo‘jalik faoliyatini boshqarishda kimning yetakchilik qilishi kerak? degan savol ko‘ndalang turadi. Metodikaning xususiyatiga ko‘ra, shkala bo‘yicha yuqori natijalar er-xotinlarning bir-biriga nisbatan maishiy-xo‘jalik yuritishga nisbatan talab yuqori ekanligini bildiradi.
Ushbu shkaladagi natijalarga ko‘ra, erlar 6,350,54, xotinlar 7,120,83 ballni (r-farqlar ishonchliligi kuzatiladi) namoyon qildilar. Milliy an’analarimiz hamda islom dini tamoyillariga ko‘ra, nikoh o‘qitilayotgan vaqtda yigit kishiga (kuyov bolaga) ijtimoiy buyurtma sifatida xotinni yolg’iz qoldirmaslik, asosiy xo‘jalik ta’minotini ta’minlash talablarini qo‘yadilar. Ammo zamonaviy oilalarda er-xotinlarning maishiy-xo‘jalik yuritishdagi rollarini o‘zgarayotganligi ham muayyan nizoli vaziyatlarga olib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |