Er-xotin munosabatlaridagi eng katta hato - bir-biriga minnatdor bo'lmaslik!
Erkak ayoli unga chiroyli nonushta tayyorlagani uchun ichida bo'lsa ham minnatdor bo'lishni bilishi kerak, chunki ayoli uning uchun harakat qildi, uning ko'nglini olishni istadi. Ya'ni ayoli aynan u uchun tinmayotganini tushunib qadrlashni bilishi kerak. Hamma shundayku, demay, men uchun faqat shu ayol shunday deya o'zini xursand qila olishi kerak. Xotin bo'lgandan keyin qiladida, demay, berilayotgan e'tibor uchun avallo taqdiridan, keyin esa ayolidan minnatdor bo'lishni bilishi kerak.
Ayol ham eriga minnatdor bo'lishni o'rganishi lozim. Bozorlik qilib kelsa, uning uchun, bolalari uchun harakat qilayotganini tushunishi kerak. Tunda unga yoqimli harakat qilayotganini sezgan ayol ichida bo'lsa ham eriga minnatdor bo'lishi kerak. Chiroylik kiyim yoki sovg'a so'rab olib, eriga bor xursandchiligini ko'rsata bilishi kerak.
Ayolmi, erkakmi o'z turmush o'rtog'idan olayotgan barcha munosabatni norma singari qabul qilishi noto'g'ri. Oila degan kemani cho'kib ketmasligi uchun ikkovi harakat qilayotgan bo'lsa, demak ular bir-biri uchun harakat qilmoqda. Shuni ikkovi ham anglashi lozim. Minnatdorchilik insonni qanoatlantiradi.
Ota-onasini qarzga botirib uyini yasattirgan ayol eridan minnatdor bo'la olarmikin? Kuyovlik xizmatini qilmay turib bosh-oyoq ta'minlanib qo'yilgan er ayolini qadrlay olarmikin?
Psixologiyaning qaysi rukuniga yuzlanmang, bahtli munosabatlarning negizida minnatdorchilik hissi yotadi. Dinimizda buni shkuronalik deb ataymiz.
Muhimi, yaxhsilikni kora bilish. Misol uchun eri boshqa ayol ko'nglidan chiqib xotiniga qo'pollik qilayotganda minnatdor bo'lish aslo kerak emas. Yoki bo'lmasa kuni bilan ijtimoiy tarqmolardan boshini ko'tarmay, ko'zguni oldidan ketmaydigan ayolga ham minnatdorchilik shart emas.
Lekin ozmi-ko'pmi oilam, uyim-joyim, bolam-chaqam deydigan erkak va ayol o'zaro bir-birlariga minnatdorchilik hissini ko'rsatishni o'rganishlari lozim. Ko'chadan non olib kelsa ham, o'pib qo'ying. Ertasiga muzqaymoq keladi. Nonushtaga erta turib quymoq tayyorladimi, o'pib qoying, ertasi kuni somsa ko'rasiz.
Biz esa ko'pincha sheriklarimizning kamchiliklarini yaqqol sezamiz, ularga urg'u beramiz, to'g'irlashga harakat qilamiz yoki shu deb ranjib yuramiz. Kunda qilinadigan yaxshi amallariga esa oddiy holdek qaraymiz.
Sinab ko'ring, bugun turmush o'rtog'ingizga har kuni qilib yuradigan biron ishi uchun undan minnatdor ekanligingizni ko'rsating. U ish mayda bo'lsa ham minnatdor ekanligingizni sezsin. O'pib qo'ying, minnatdorchilik so'zlarini ayting, xursanchiligingizni namoyon qiling, qilgan oddiy ishini sovg'a singari qabul qiling. Natijasi sizni juda tez xursand qilishiga aminmiz.
O'zi har bir oila hayot davomida bir necha bosqichdan o'tadi. Bu jarayonda er-xotin yanada yaqinlashadi yoki yanada uzqolashib ketadi.
1-bosqich
O'rganish davri. Bu davr turmushning ilk 3-5 yilga to'g'ri keladi. Bunda qaynona-kelin munosabatlari, birinchi farzand krizisi, er-xotinning bir-biri bilan yashashga o'rganishi bu yog'iga turmushning chiroyli kechishiga ta'sir qiluvchi muhim omil bo'ladi. Bu bosqich ikki juftlik haqiqiy oila bo'lishga o'rganish, yonidagiga yon bosish, o'zining istaklaridan ko'ra oilaning ehtiyojlarini ustun qo'yishni o'rganish davridir.
2-bosqich
Moliyaviy muammolar davri. Turmushning ilk 3 yilidan yaxshi o'tib o'lgan juftliklar endi yangi muammolarga duch keladi. 2-bosqich odatda 5-7 yil davom etadi. Bu davrda odatda oilada yana bir farzand dunyoga keladi, yosh oila esa biron katta ishga qo'l uradi. Yangi uy olish, uyni ta'mirdan chiqarish, mashina olish kabi qo'shimcha harajat va moliyaviy maqsadlar yuzaga keladi. Bunda oilada er-xotin munosabatlari takomillashadi, chunki ularda endi umumiy maqsadlari bor, ular endi o'zini emas oilasini ehtiyojini qondirish uchun ikkovi ham harakatini ayamaydilar.
3-bosqich
Zerikish davri. Turmushning 10 yillidigan boshlanadigan bu davrda oilada odatda bolalar bog'cha maktab yoshida bo'ladi, moliyaviy holat stabillashgan, er-xotin esa bir-biriga o'rgangan bo'ladi. Mana shunda er-xotin munosabatlari sinovdan o'tadi. Endi jinsiy munosabatlarga halaqit beradigan chaqaloq yig'isi eshitilmaydi, lekin extiros ham qaergadur yo'qolgan bo'lib qoladi. Ona bolalar bilan ovora, ota esa ko'cha ishlari bilan ovora. Er-xotin bir-birlariga vaqt ajratishi, jinsiy munosabatlarni yangi darajaga ko'tarishi, o'zaro ro'y bergan o'zgarishlarga qayta ko'nikish davri boshlanib u ham 5-7 yilcha davom etadi. Mana shu bosqichda erkak boshqa ayollarga qarashni boshlamasligi muhim. Zerikish bosqichida yengilroq ma'suliyatsizroq erkakning yurib ketishi oson bo'ladi.
4-bosqich
Bolalar muammolari kattalashgan davr. Endi er-xotin orasidagi suhbatlar farzandlar haqida, uydagi muammo va kelishmovchiliklar farzandlar tufayli, bahslashuv ham farzandlar mavzusida bo'ladi. Farzandlarning kelajagi biroz aniqlashtirilganida bu davr ham asta sekin so'nadi. Ko'pi bilan 5-7 yil davom etadigan tumurshning bu bosqichida farzandlarning kattalar hayotiga qadam bosishi davri boshlanadi. Farzandlar ishga, o'qishga kiradilar, ilk to'ylar bo'ladi.
5-bosqich
Xosil olish davri. Mana shu davrdan boshlab er-xotin oilaviy umri davomida ekkan urug'larining xosilini terishni boshlaydilar. Farzandlariga yaxshi tarbiya bergan bo'lsalar, ulardan chiroyli amallar ko'radilar. Pulni sovurmay meyorida keragicha ishlatib kun kechirgan bo'lsalar, endi buning barakasini ko'radilar. Solih va soliha qiz o'g'il o'stira olgan bo'lsalar, ularni to'ylarini qilib ikki barobar farzandlik bo'ladilar. Bu ishlar esa er-xotin orasidagi mehrni bir-birlariga bo'lgan minnatdorchilik tuyg'usi qo'shilgan holda yanada kuchayishiga olib keladi. Aksincha, er-xotinda farzandlar tarbiyasiz ulg'ayib, hayot molu-dunyo orqasidan quvish bilan kechgan bo'lib, nafs va xirs tiyilmagan bo'l'sa, u holda mana shu bosqich o'ta ayanchli kechadi. Bu davrda erkak va ayol ham endi yosh emas, yoshligida qilgan xatolari uchun yoshi katta bo'lganda haq to'lash juda qiyin.
Bu bosqich umrning oxiriga qadar davom etib, er-xotin baxtli bo'la oldimi yo'qmi ko'ratib beradi. Ahir turmushning ilk yillarida baxtli bo'lish muhim emas. Muhimi er-xotin turmushning barcha bosqichlaridan o'tib, bir-biriga bo'lgan mehrni asray olishidir. Buning uchun esa erkak ham ayol ham oilaning bir umumiy maqsadi uchun harakat va mehnatda bo'lishi darkor. Ana shundagina turmushining ohirgi bosqichi ularga haqiqiy baxt keltira oladi.
Oilani ko'pincha qayiq bilan solishtirishadi. Qayiq kabi oila ham suv yoqalab yoki suv oqimiga qarshi suzib yuradi. Oilani ham bo'ronlar va yomg'irlar qiynab turadi. Ushbu davr oila krizis davri deb ataladi. Krizis davri hamma oilalarda har xil kechib, krizisdan oilani saqlab oilani buzilib ketishiga yo'l qo'ymay, yangi bosqichga o'tish erga va xotinga bog'liq.
Ko'pincha birinchi krizis turmushning birinchi yilidayoq yuzaga keladi. Mazkur muammo to'ydan oldingi romantika o'tib turmush qiyinchiliklari bilan kurashayotgan er-xotinning bir birlarini tushunmasligidan, kutgan orzulari amalga oshmaganligidan paydo bo'ladi.
Ikkinchi krizis birinchi bola tug'ilganida sodir bo'ladi. Bunda oilada yangi inson va uning ehtiyoji ham bor ekanligi er-xotin hayotida katta o'zgarishlar tug'dirib, boshidan yangicha munosabat qurishni talab etadi.
Albatta hayot davomida oilalar turli tashqi va ichki ta'sirlar natijasida krizisga uchraydilar, bundan hech kim mustasno emas. Lekin krizisdan yengil chiqish, uni tezroq yo'q qilish, krizisdan keyin yanada baxtliroq yashay olish hammaning ham qo'lidan kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |