MUNDARIJA: Kirish REJA: I BOB. Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarning idroki va tafakkurini o‘rganishning ilmiy - nazariy asoslari 1.1. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarning idrok faoliyati xususiyatlari 1.2. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar tafakkurining rivojlanish xususiyatlari II BOB. Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarning tafakkurini rivojlantirishda olib boriladigan korreksion - pedagogik ishlar 2.1. Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalar bilan olib boriladigan korreksion - pedagogik ish tamoyillari 2.2. Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalar idroki va tafakkurini rivojlantirish yo’llari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI MAVZUNING DOLZARBLIGI - Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning tafakkurni rivojlantirishda mutaxassis psixolog logopedlarning o‘rni muhim ahamiyatga ega. To‘g‘ri tanlangan psixologik metodikalar va to‘g‘ri tashkil etilgan logopedik ish tizimi orqali nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning tafakkurni shakllantirishimiz mumkin.
- Tafakkur va idrok muammolari tadqiqotchilar tomonidan turli aspektlarda o‘rganilgan. D.Y.Galperin, I.B.Itelson, S.L.Rubinshteyn tafakkurni psixik funksiya sifatida va uning boshqa ruxiy jarayonlar qatoridagi o‘rnini; L.S.Vigotskiy, P.Y.Galperin, I.F.Dobrinin, A.N.Leontev, S.L.Kabilnitskaya, B.M.Xomskayalar tafakkurning psixologik va psixofizik mexanizmlarini ilmiy jixatdan o‘rganganlar.
O‘zbekiston Respublikasida nutq kamchiliklarini kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish usullarini yuzasidan L.R. Mo‘minova (1991 y) M.Y. Ayupova (1992 y), X.M. Po‘latova (1994 y), YE.A. Babayeva (1991 y), N.X.Raxmankulova, Z.M.Axmedova (2009) o‘z tadqiqotlarida ilmiy jixatdan o‘rganganlar. Lekin O‘zbekistonda nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalarning ruxiy rivojlanish xususiyatlari xususan bilish jarayonlari ilmiy jixatdan o‘rganilmaganligi, nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalarning ruxiy rivojlanishi haqida o‘zbek tilida manbalar yetarlicha emasligi mavzuning dolzarbligini ko‘rsatdi. - O‘zbekiston Respublikasida nutq kamchiliklarini kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish usullarini yuzasidan L.R. Mo‘minova (1991 y) M.Y. Ayupova (1992 y), X.M. Po‘latova (1994 y), YE.A. Babayeva (1991 y), N.X.Raxmankulova, Z.M.Axmedova (2009) o‘z tadqiqotlarida ilmiy jixatdan o‘rganganlar. Lekin O‘zbekistonda nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalarning ruxiy rivojlanish xususiyatlari xususan bilish jarayonlari ilmiy jixatdan o‘rganilmaganligi, nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalarning ruxiy rivojlanishi haqida o‘zbek tilida manbalar yetarlicha emasligi mavzuning dolzarbligini ko‘rsatdi.
- Muammoning ilmiy jihatdan o‘rganilmaganligidan kelib chiqqan holda, “Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarda tafakkur, idrok xususiyatlari” kurs ishi mavzusi sifatida tanlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |