Mavzu: «Odob salomdan boshlanadi»


VII. O'tilganlami mustahkamlash, savol-javoblar



Download 74,5 Kb.
bet3/5
Sana03.06.2022
Hajmi74,5 Kb.
#631457
1   2   3   4   5
Bog'liq
Odobnoma

VII. O'tilganlami mustahkamlash, savol-javoblar.
VIII. Uyga vazifa.
Qo'shiqni o'rganib kelish.

Mavzu: «Ota – onaga hurmat»
Maqsad: Ota-ona eng aziz va ardoqli insonlardir. Ularni hurmat qilish kerakligi, farzandlik burchlari haqida tushunchalar berish. Maqol va hikmatlar yordamida farzandlik mehrini oshirish.
Jihoz: Syujetli rasmlar, test savollari, maqol va hikmatlar. Magnitafon.
Darsning borishi
O'tgan darslar yuzasidan test savollari yordamida o'quvchilar bilimlarini sinash.
Test savollari:
1. Ona- Vatan qachon gullab yashnaydi?
A. Ona-Vatan o'z-o'zidan rivojlanib ketaveradi.
B. Odamlari bir-birlariga yaxshilik qilsalar, halol
xizmat qilsalar.
D. Baland binolar qurilsa.
2. Qaysi qatorda quyidagi maqolning davomi
berilgan? «Vataning tinch —
A. — qo'shning tinch».
B. — u tinch».
D. — sen tinch».
3. «Vatanim» she'riga tegishli misrani toping.
A. Daryo deydi: — Cho'llar ham Gul bo'lsin, gul bo'lsin.
B. Uyim, hovlim, ko'cham ham,
Maktablar-u bog'cham ham. D. Senga aytsam aziz, yosh do'stim,
Ko'p bepoyon o'lkalarni ko'rdim.
4. «Dono momo» rivoyatida qaysi hikmatning
ma'nosi ifoda etilgan?
A. Bir mayizni qirq kishi bo'lib yegan.
B. Birlashgan o'zar — birlashmagan to'zar.
D. Bir kishi — hamma uchun.
5. O'z yurtini kirn himoya qilmaydi?
A. Mard.
B. Qo'rqoq, sotqin.
D. Olim, dono.
6. Ilm olish kimlar uchun kerak?
A. Odamlar uchun.
B. Qushlar uchun.
D. Hayvonlar uchun.
7. Nima uchun huva-buvilarimiz, kattalar bizlarga
nasihat qih'shadi.
A. Ularning vazifasi.
B. Zerikishgandan.
D. Bizga to'g'ri yo'l ko'rsatish ucnun.
Dam olish daqiqasi o'tkazish. Vatan haqida maqollar so'rash.
Yangi mavzu: «Ota-onaga humiat». Ohista musiqa yangraydi. O'qituvchi Alisher Navoiy haqidagi ibratli misollarni aytadi.
Buyuk Alisher Navoiy bobomiz otani — oyga, onani — quyoshga o'xshatganlar. Ota-ona eng aziz va ardoqli insonlardir. Ular bizni dunyoga keltirib, oq yuvib, oq tarab, avaylab katta qilganlar. Ular mehrini quyoshga — oyga tenglashtirish mumkin.Ota-onaning hurmatlarini joyiga qo'yish kerak. Ularga har ishda ko'maklashish, iltifot ko'rsatish, ularning duola-rini olish zarur. Shu o'rinda:
1. Ota-ona rozi — el rozi,
El rozi — ota-ona rozi.
2. Otalar so'zi — aqlning ko'zi, — kabi maqollarni
keltirib izohlash.
3. Ota g'ayratli bo'lsa,
Bola ibratli bo'lar.
4. Ota-ona — senga qanot, — kabi hikniatlarini
izohlab, oila tasvirlangan syujetli rasmlar yordamida
suhbatlashish.
Onajonlar haqidagi qo'shiqlardan birini qo'yib eshittirish orqali ota-ona mehri, qadr-qimmati, barcha narsadan ustunligini, ular oldidagi farzandlik burchlarini o'quvchilar qalbiga singdirish.
Dars so'nggida o'quvchilarni baholash.
Ijodiy ish: «Xo'p bo'ladi» hikoyasi bilan tanishish.

Mavzu: “ Bolalik beg’uborlik”


Maqsad: O'quvchilargabeg'uborbolalikning oltin davr ekani, uning qadriga yetish, bolalikda o'rgangan bilim va odob-axloqning mustahkam o'rnashib qolishi haqida ma'lumot berish. Bolalik — musaffo, pokiza davr ekanini anglatish.
Jihoz: Audio kassetalar, bolalik tasvirlangan rasmlar.

Download 74,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish