O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI
XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
SURXONDARYO VILOYATI
XALQ TA`LIMI BОSHQARMASI
Jarqo’rg’on tumani xalq ta`limi
bo’limiga qarashli
27-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
Matematika fani o’qituvchisi
ULASHOVA GULNOZNING
Matematika fanidan 6-sinflar uchun
bir soatlik ochiq
J ARQO’RG’ON TUMANI-2021 YIL
Mavzu: Har hil ishorali sonlarni qo’shish.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga har hil ishorali sonlarni qo’shish haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, komil inson sifatida voyaga yetishiga hissa qo`shish. Ajdodlarimiz buyuk me’rosi bilan o’quvchilarni tanishtirish
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning xotirasini shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish, ularni mantiqiy fikrlashga o’rgatish
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
Butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, taqqoslay oladi, tartibga sola oladi, koordinata o‘qida, turli ko‘rinishlarda va modellarda tasvirlay oladi;
Berilgan songa qarama-qarshi sonni, sonning modulini topa oladi, turli ko‘rinishlarda va modellarda tasvirlay oladi.
Dars turi: yangi bilim, malaka, ko’nikmalarni shakllantiruvchi
Dars jihozi: darslik, konspekt, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Navbatchi axborotini tinglash
3. Ma`naviyat daqiqasi:
a) Fevral oyida qaysi allomalarimiz tavallud topgan?
b) Nima uchun Alisher Navoiyni shoir, olim va davlat arbobi deb ataymiz?
d) Nima uchun Zaxiriddin Muhammad Boburni shox va shoir deb ataymiz?
e) 2021-yil qanday nomlandi?
f) Raqamli iqtisodiyot deganda nimani tushunasiz?
O`quvchilarni 3 guruhga ajratildi.
“Farobiy”
“Buhoriy”
“Beruniy”
IV. O’tilgan mavzularni mustahkamlash: O`tilgan mavzularni mustahkamlash uchun har bir guruh uchun alohida savollar o`yini o`ynaldi.
“Farobiy” guruhi uchun “Qulupnayni savatga soling”
“Buhoriy” guruhi uchun “Kapalaklarni qutqaring”
“Beruniy” guruhi uchun “Olmalarni terib oling” o`yini o`ynaldi.
Bunda “Farobiy” guruhi g`olib bo`ldi.
Uy vazifalarini tekshirish.
Asosiy qism
Har hil ishorali modullari teng bo’lmagan sonlarni qo’shish uchun:
1) katta moduldan kichigini ayirish;
2) ayirma oldiga katta modulli qo’shiluvchi ishorasini qo’yish kerak.
Qarama-qarshi sonlar yig’indisi nolga teng.
Ihtiyoriy n soni uchun n+(-n)=0
837-misol.
1) -3+(-3)=0 2) -4+(-6)=-10 3) -10+10=0
4) -9+9=0 5) 18+(-17)=1 6) +1+(-6)=-5
838-misol.
1) -8,5+(+1,5)=-7 2) -7,5+(+2,5)=-5
3) 4,8+(-5,2)=-0,4 4) 7,3+(-1,3)=6
5) -9,2+1,8=-7,4 6) -9,5+5,5=-4
839-misol.
840-misol.
1) a0; b0 ekanligidan a+b0 kelib chiqadi.
2) a
3) a0; b
Mustahkamlash: Darsi mustahkamlshda mantiqiy boshqotirmadan foydalandim.
Boshqotirmani yechishda hamma guruh a`zolari faol qatnashdi va do`stlik g`alaba qozondi.
Baholash: Dars davomida hamma guruh a`zolari faol qatnashdi, guruhlar o`rtasidagi musobaqada “Farobiy” guruhi g`olib bo`ldi.
Uyga vazifa: 863-865-misol
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Davlat ta’lim standarti.
Matematika darsligi, 6-sinf.
Do'stlaringiz bilan baham: |