Mavzu: Odam savdosi-davr muammosi. Maqsad: o’quvchilarga odam savdosi haqida, mamlakatimizda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi haqida, Bosh qomusimizga muvofiq, hech kim qiynoqqa



Download 0,77 Mb.
Sana05.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#638531
Bog'liq
ODAM SAVDOSI DAVR MUAMMOSI FARIDA OPAGA


Mavzu: Odam savdosi-davr muammosi.
Maqsad: o’quvchilarga odam savdosi haqida, mamlakatimizda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi haqida, Bosh qomusimizga muvofiq, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligi haqida tushunchalar berish.
Mashg’ulot borishi:
I. Tashkiliy qism:
Darsning tashkiliy qismida o’quvchilarga darsning maqsadi aytiladi. Darsga hozirlik ko’riladi.
II. Mavzu bayoni.
XXI аsrgа kеlib оdаm sаvdоsi butun insоniyat uchun kаttа хаvfgа аylаnib, insоn huquq vа erkinliklаrini qo’pоl vа bеshаfqаt rаvishdа buzuvchi qulchilikning zаmоnаviy ko’rinishi tаrzidа nаmоyon bo’lаyotir. EХHТ mа’lumоtlаrigа qаrаgаndа 1997 yildа оdаm sаvdоsidаn jаbrlаngаnlаr sоni 175 mingtа bo’lgаn.
KOMPYUTERDA slaydlar namoyish etiladi:
EХHТ mа’lumоtlаrigа qаrаgаndа 1997 yildа оdаm sаvdоsidаn jаbrlаngаnlаr sоni 175 mingtа bo’lgаn.

Bugungа kеlib, turli mаnbаlаrdаn оlingаn mа’lumоtlаrgа ko’rа, dunyodа hаr yili 700 mingdаn 4 milliоngаchа erkаklаr, аyollаr vа bоlаlаr sоtilib, ulаrning huquq vа erkinliklаri pоymоl etilаdi.


Оdаm sаvdоsidаn оlinаdigаn yillik dаrоmаd esа 19 milliаrd dоllаrgа еtdi.


2008- yil 17 -аprеldа «Оdаm sаvdоsigа qаrshi kurаshish to’g'risidа»gi O’zbеkistоn Rеspublikаsining Qоnuni qаbul qilingаn.

Birinchi Prezidentimizning 2008- yil 8- iyuldagi “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan 2008-2010 yillarda odam savdosiga qarshi kurash samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning Milliy rejasi tasdiqlangan.

Mamlakatimizda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Bosh Qomusimizning 26-moddasiga muvofiq, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 4-moddasiga ko‘ra, hech kim qullikda yoki erksiz holatda saqlanishi mumkin emas, qullik va qul savdosining barcha ko‘rinishlari taqiqlanadi.

Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, so‘nggi uch yilning o‘zida O‘zbekiston huquq idoralariga 1000 dan oshiq odam savdosi qurboni bo‘lgan fuqarodan ariza tushdi. Shikoyat xatlari bo‘yicha 700 ta jinoiy ish ochildi.

Xalqaro terrorizm, ekstremizm, separatizm, narkobiznes va odam savdosi xavfining oldini olish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan boshqa qonun hujjatlari:


- «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi,
- «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi,
- «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi,
- «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari.

EY INSON, ALDANIB, SOTILIB,


CHET ELLARDA ZORU SARSON
BO’LIB QOLMA!
Маmlаkаtimizdа оdаm sаvdоsi bilаn bоg’liq jinоyatlаrning оldini оlish, bundаy hоlаtlаrgа qаrshi kurаshish аmаldа bir nеchа yil оldin bоshlаngаn edi. Jumlаdаn, Rеspublikа Оliy Маjlisi tоmоnidаn 2003 yildа BМТning 1949 yil 2 dеkаbrdаgi оdаm sаvdоsigа vа uchinchi shахslаr tоmоnidаn fоhishаbоzlikdаn fоydаlаnishgа qаrshi kurаsh to’g'risidаgi hаmdа BМТning 2000 yil 15 nоyabrdаgi rеzоlyutsiyasi bilаn qаbul qilingаn trаnsmilliy uyushgаn jinоyatchilikkа qаrshi kоnvеnciyalаri rаtifikаtsiya qilingаn edi.
Hozirgi vaqtda odam savdosi o'ta murakkab va ijtimoiy xavfli hodisa tusini olgan bo'lib, u tomonidan yetkazilayotgan zararni amalda hisobga olish imkoniyati yo'qdir. Bu esa turli xil jinoyatlarni sodir etilishiga turtki bo'lib, jamiyatni moddiy texnik, intellektual salohiyatini pasaytiradi, uning genofondini buzadi. Odamlar savdosi - bugungi kunda eng katta muammolardan biri. Uning bozori giyohvandlik vostalari va qurol-yarog' savdosidan keyin uchinchi o'rinni egallaydi. Mazkur turdagi jinoyat natijasida dunyo bo'yicha amalga oshiriladigan yillik aylanma 50 mlrd. AQSh dollardan ortiqni tashkil qiladi.
2003 yilda O'zbekiston BMTning 1949 yil 2 dekabrdagi “Odamlar savdosi va foxishabozlikni uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash to'g'risida”gi Konventsiyaga qo'shildi, 2008 yilda esa odamlar, ayniqsa ayollar va bolalar savdosini oldini olish va bu qilmish uchun jazolash to'g'risidagi, BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to'g'risidagi Konventsiyasini to'ldiruvchi Protokolni ratifikatsiya qilgan va shu bilan odamlar savdosini aholiga ma'lumot berish, qurbonlarni himoya qilish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlarni qo'llab quvvatlash va o'tkazish orqali oldini olish va barham berish majburiyatini o'z zimmasiga oldi.
Uyushgan jinoyatchilik, xususan xalqaro terrorizm, narkobiznes, qurol-aslahalarni noqonuniy sotish bilan bog'liq o'ta og'ir jinoyatlar qatorida odam savdosining har qanday ko'rinishlariga qarshi kurash muammosi nafaqat xalqaro huquq, milliy huquq tizimi uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu muammo umumjahon miqyosda e'tirof etilib, ko'pgina olimlar va tadqiqotchilar tomonidan chuqur o'rganilayotganligiga qaramasdan, bu borada hozirga qadar yetarlicha umumlashgan ma'lumotlar taqdim etilmagan. 2000 yildagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining “BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konventsiyasiga odam savdosi va ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish va taqiqlash hamda bunday xatti-harakatlarga nisbatan jazo qo'llash to'g'risidagi qo'shimcha Bayonnoma”da “odamlar savdosi” tushunchasi o'zining rasmiy izohiga ega bo'ldi.
Bayonnomaga binoan, “odamlar savdosi” eksplutatsiya qilish maqsadida odamlarni kuch ishlatish yoki kuch ishlatish bilan qo'rqitib yoxud boshqacha majburlash choralarini qo'llab yoxud o'g'irlab yoki firibgarlik yo'li bilan yoxud aldash yoki davlat vakolatlarini, tutgan mavqeini suiiste'mol qilgan holda yoki bir shaxsning nazoratidagi boshqa bir shaxsni sotib olish yo'li bilan ularni yollash, o'tkazish, tashish, saqlash yoki ularni olish hisoblandi.

Odam savdosi jinoiy faoliyatning o'ta xavfli va tahqirlovchi turidir. Tahqirlanish shunda namoyon bo'ladiki, mazkur jinoyat qullikka o'xshash shakllarda sodir qilinadi. Bundan tashqari, insonni ekspluatatsiya qilish, insonni “tovar” sifatida sotish, inson omilllaridan foydalanish yo'li bilan daromad orttirish bilan bog'liqligi sababli tahqirlovchi mazmun-mohiyat kasb etadi.


Mamlakatimiz mustaqilligini qo'lga kiritgandan so'ng, hayotimizning barcha sohalarida huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar natijasida, bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo'lgan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda. Avvalo, bu davrda odam savdosi jinoyatlariga barham berishning huquqiy normativ bazasi shakllantirilgani e'tiborga loyiqdir. 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Jinoyat Kodeksida ilk bor odam savdosiga qarshi kurashish maqsadida bunday harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Shu bilan birga odam savdosi transmilliy, ya'ni hudud va chegara tanlamaydigan jinoyat ekanligi hisobga olinib, O'zbekiston Respublikasi tomonidan bunday salbiy holatlarga qarshi kurashish borasida xalqaro hamkorlikka alohida e'tibor qaratilmoqda.
2008 yilning 17 aprelida «Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida»gi Qonunning qabul qilinishi bu jinoyatning oldini olish va unga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yaratish bilan birga, odam savdosidan jabrlanganlarga har tomonlama yordam ko'rsatishning choralarini o'z ichiga oldi. Bu kurashning mantiqiy davomi sifatida qabul qilingan Prezidentimizning «Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori bilan Respublika Idoralararo komissiyasi tuzildi, Milliy tadbirlar rejasi tasdiqlandi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuror mazkur nufuzli komissiyaning raisi etib belgilandi.
Qonunda bevosita odam savdosi jinoyati tushunchasi, odam savdosiga qarshi kurashishni tashkil etish, odam savdosiga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari faoliyati, ayniqsa odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilish va ularga yordam ko'rsatish masalalari alohida e'tiborga olingan. Qonunda mazkur jinoyatdan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni normal turmush tarziga qaytarish, mazkur shaxslarga yuridik yordam ko'rsatish, ularni psixologik, tibbiy, kasbiy reabilitatsiya qilish, ishga joylashtirish, vaqtinchalik turar joy berish masalalari alohida nazarda tutilgan. Qonunning 14-moddasi odam savdosiga qarshi kurashish sohasida halqaro hamkorlikning huquqiy asosini yaratadi.
Shuni e'tiborga olish lozimki, o'rganib chiqilgan jinoiy ishlar tahliliga ko'ra, aksariyat holatlarda jabrlanuvchilar ushbu jinoyatga aldov yo'li bilan jalb qilinganlar. Ya'ni odam savdosini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan aldov usuli keng qo'llanilgan. Hozirgi JKning 135-moddasida jinoyatning ob'ektiv belgisi sifatida aldov usuli bilan sodir etganlikdagi holati e'tiborga olinmagan. Lekin mazkur Qonunning 3-moddasida jinoyatni aldov va firibgarlik yo'llari bilan sodir qilinishi qayd qilingan.
Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida odam savdosiga qarshi kurash borasida odam savdosi jinoyatiga qarshi kurashishning huquqiy asosini takomillashtirish; odam savdosiga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati; unga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik; profilaktik xarakterdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Odam savdosiga qarshi kurashish qonuniylik, odam savdosi bilan shug'ullanuvchi shaxslar javobgarligining muqarrarligi, odam savdosidan jabrlanganlarning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik, ijtimoiy hamkorlik, ijtimoiy himoyalash kabi printsiplarga asoslanadi.
Eng achinarlisi, bu toifadagi jinoyatlarning 50 foizga yaqinini ayollar tomonidan sodir etilayotgani mudxish ko'rsatgichdir. Misol uchun, fuqaro bir necha yosh qizlarni aldab, ularga daromadli ishni va'da qilib, Birlashgan Arab Amirligining Sharja shahriga olib borib, ularni bir necha AQSh dollariga sotib, pullagan. Bu kabi holatlarga yana ko'plab misollar keltirish mumkin.
III. Xulosa
Mavzu yuzasidan savol- javob o’tkazaman.
O’quvchilar o`z fikrlarini bildiradilar.
Uyga vazifa: “Odam savdosi- davr muammosi” mavzusida uy inshosi yozish.

Tasdiqlayman”


48-maktab direktori:
__________Saydaxmedova F.M
____”_____2021-yil



“ODAM SAVDOSI-
DAVR MUAMMOSI” mavzusida sinf soati ishlanmasi
10-sinf


Ismoilova farida o`lmasovna
Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish