O‘lchamlar tasnifini hamda o‘lchamlar antropologik standartlarini tuzish vaqtida quyidagi masalalar hal qilinadi: yetakchi o‘lchov belgilari tanlanadi; har bir yetakchi belgi bo‘yicha o‘lchovdagi farqsizlik interval belgilanadi; standart jussalarning optimal soni belgilanadi; tobe o‘lchov belgilarining qiymatlari hisoblab chiqariladi; gavda jihatdan tanlab olingan turdagi kishilar aholi ichida qanchaligi aniqlanadi. O‘lchamdan chetga chiqish chegarasi, boshqacha aytganda, o‘lchamlardagi farqsizlik intervali quyidagilardan iborat: bo‘y va bel aylanasi bo‘yicha — 6 sm (3 sm); uchinchi ko‘krak aylanasi — 4 sm (2 sm). Standart kiritilgan gavdalarning har biriga xos yetakchi va tobe o‘lchov belgilari qiymati mavjud; shu bilan birga, tobe o‘lchov belgilari qiymati juda ko‘p regressiya tenglamalari bo‘yicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |