Substansiallik.
Lisoniy birlik nutqda voqelantiruvchi barcha ma`no va
vazifalarini o`zida
ontologik mujassamlashtirgan
, yashirgan deb olinadi.
Nutqda
hech
bir narsa yaratilmaydi,balki lisoniy birlikdagi imkoniyat faqat yuzaga
chiqariladi, xolos. Shuning uchun tilshunoslik oldida lisoniy
birlik voqelanishidagi
nutqiy alohidaliklarni umumiy lisoniy ma`noga (allgemeine Sprachbеdeutung)
birlashtirish va lisoniy imkoniyat sifatida ongda va lisoniy tizimda mavjud bo`lgan
bu ma`noni nutqda muayyan ko`rinishlarda voqelantirish yo`llarini o`rganish
vazifasi turadi.
2.
Ichki ziddiyatlik
. Lisoniy birlikning umumiy lisoniy ma`nosi ontologik
ziddiyatli,
qarama-qarshilikli
-
turli tabiatli tomonlarning birlashidan iborat bo`lgan
dialektik butunlikdir.U hamisha serqirradir.
3.
Ko`p qatorlik
. Lisoniy birlik ontologik ziddiyatli tabiati bilan boshqa lisoniy
birliklar bilan bir necha oppozitiv qatorga (munosabatlarga) - har bir qirrasi bilan
alohida-alohida siralarga - paradigmalarga kiradi. Shuning uchun uning umumiy
lisoniy ma`nosi bir necha oppozitiv siralardagi (paradigmalardagi) differensial
belgilarining yig`indisi, mohiyatiga ega bo`ladi.
4.
Oraliq uchinchi
. Lisoniy birliklardagi qarama-qarshi ma`no va vazifalar,
paradigmalardagi bir-birini inkor etuvchi birliklar zid tomonlarni o`z ontologik
tabiatida birlashtiuvchi hodisa (birlik)da birlashadi va ikki qarama-qarshilik orasida
birlashtiruvchi vosita - oraliq uchinchi mavqeyida bo`ladi.Tabiatan istagan lisoniy
birlik oraliq uchinchi mohiyatiga egadir.
O`STda lisoniy tizim yaxlitlikda partonimik (butun-bo`lak) munosabatlarga, lekin
lisoniy yaruslar
izchil gipero-giponimk
(jins-tur) aloqalariga asoslanishi g`oyasi ilgari suriladi. Unda an`anaviy sinomiya,
antonimiya kabi munosabatlar doirasi ancha cheklangan bo`lib, graduonimiya,
giponimiyaga keng o`rin berilgan.
Lisoniy birlikning asosiy turlari sifatida fonema, morfema, leksema va qolip
(model) ajratilib, modellarning morflogik (lug`aviy
shakllar yasash
, sintaktik
shakllar yasash), derivatsion (sodda va qo`shma so`z yasash), sintaktik (nominativ
birliklar - so`z birikmalari hosil qilish modellari, kommunikativ birliklar - gap hosil
qilish modellari) turlari farqlanadi. Morfologik-derivatsion-sintaktik modellar
o`zaro iyerarxik munosabatlarda turgan sanaladi. Bu modellar hosilalarining
lisoniy birlaklarga o`tishi va lison xazinasini muttasil to`ldirib borishida
ixtososlashish-soddalanish-tublanish bosqichlari ajratiladi.