Mavzu: O‘ lchash transformatorlari
Yuqori kuchlanishli zanjirlarda o‘lchash asboblari bilan ishlash xavfsizligi, shuningdek, bu asboblarning o‘lchash chegarasini kengaytirish uchun maxsus o‘lchash transformatorlari ishlatiladi.
* Kuchlanish transformatori Kuchlanish transformatorining tuzilishi va ish prinsipi avval ko‘rilgan bir fazali kuch transformatoriga o‘xshaydi. Birlamchi chulg‘amning o‘ramlar soni ko‘p bo’ladi va unga yuqori kuchlanish beriladi.
4.14-rasm Kuchlanish transformatori: a) ulash sxemasi, b) kuchlanishli transformatorning shartli belgisi.
Ikkilamchi chulg‘amning o’ramlari soni ozgina bo‘ladi va unga yuqori ichki qarshilikli asboblar ulanadi (masalan, voltmetr, vattmetr, schetchiklarning kuchlanish g‘altaklari). Shuning uchun ikkilamchi chulg‘amdan juda kichik tok o‘tadi. Demak, kuchlanish transformatori oddiy kuch transformatori singari salt yurish rejimida ishlaydi. Kuchlanish transformatori yuqori kuchlanishni 100 V gacha kamaytirib beradi. Shuning uchun ikkilamchi chulg‘amga 100 V li voltmetr ulanadi. U holda birlamchi kuchlanish: UI=U2 KU
KU - transformatsiya koeffitsiyenti.
Kuchlanish transformatorlari bir fazali va uch fazali qilib ishlab chiqariladi. Bir fazali kuchlanish transformatorning ulash sxemasi 4.14,b - rasmda ko‘rsatilgan.
Tok transformatori
Tok transformatorlari katta o‘zgaruvchan toklarni o‘lchashda qo’llaniladi. Ularning birlamchi chulg‘ami ampermetr singari liniya kesimiga ulanadi va o‘ramlar soni kam, ba’zida bir - ikki o‘ram yoki qalin o‘tkazgichning bir qismi bo’ladi. Ikkilamchi chulg‘amda o‘ramlar soni ko‘p bo‘ladi va u 5 amperga (ba’zan 10 amperga) mo‘ljallangan bo‘lib, vattmetrlar, ampermetrlar va boshqa asboblarning tok chulg‘amiga parallel ulanadi (4.15 - rasm).
4.15-rasm. Tok transformatori:
ulash sxemasi, b) tokli transformatorning shartli belgisi.
Agar ulovchi simlar va ulangan o‘lchash asboblari chulg‘amlarning qarshiligi transformator uchun yo‘l qo‘yilgan miqdordan yuqori bo‘lmasa, K - const bo‘ladi. Unda birlamchi tok:
I1 = I2/K
Payvandlash transformatori
Payvandlash transformatori metall buyumlarni, konstruksiyalarni va hokazolarni eritib, o‘zaro ulash uchun xizmat qiladi. 4.16-rasmda payvandlash transformatorining prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. U transformator 1, drossel 2, yakor 3, elektrod 4, payvandlanadigan buyum 5, drossel bilan yakor orasidagi tirqish 6 dan iborat. Payvand sifatli bo‘lishi uchun elektr yoy barqaror yonishi kerak. Buning uchun payvandlash jarayonida payvandlash toki qiymat jihatdan o‘zgarishsiz bo‘lishi lozim. Payvandlash toki drossel 2 bilan yakor 3 orasidagi tirqish 6 ni o‘zgartirish orqali rostlanadi. Tirqish ortganda drossel chulg‘amining induktiv qarshiligi kamayib, payvandlash toki ko‘payadi va aksincha.
4.16-rasm. Payvandlash transformatorining sxemasi
Qisqa tutashuv bo‘lganda drossel elektr yoy va transformatorning tokini cheklaydi.
Transformator salt ishlaganda U20 = 60‚70 V, nominal yuklama bilan ishlaganda esa 30 V ni tashkil etadi.
Transformatorning tashqi xarakteristikasi va undagi kuchlanishning o‘zgarishi
Birlamchi chulg‘am kuchlanishi U1 va quvvat koeffitsienti o‘zgarmas bo‘lganda ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanish U2 ning yuklama toki I2 ga bog‘liqligini ifodalovchi egri chiziq U2= f (I2) transformatorning tashqi xarakteristikasi deyiladi.
4.17-rasm
4.17-rasmda transformatorning turli xil xarakterdagi yuklamalarga oid tashqi xarakteristikasi ko‘rsatilgan. Xarakteristikadan ko‘rinadiki, aktiv yuklamada aktiv- induktiv yuklamada esa cosφ<1 va faza siljish burchagi φ>0 bo‘ladi. Nihoyat aktiv- sig‘im yuklamada cosφ2 <1 va φ<0 dir. Ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanishning o‘zgarishi:
∆𝑈% = 𝑈2𝑛−𝑈2 · 100 (4.16)
𝑈2𝑛
Bu yerda: U2n = U20 - transformator salt ishlagan paytda ikkilamchi chulg‘am uchlaridagi kuchlanish; U2 - transformator yuklama bilan ishlayotgandagi kuchlanish. Tashqi xarakteristikadan ko‘rinadiki, aktiv va aktiv-induktiv yuklama (iste’molchi) uchun ishlayotgan transformatordagi kuchlanish nominalidan doim ΔU ga kichik, aktiv-sig‘im xarakterli yuklamada esa ΔU ga ortiq bo‘ladi. Elektr
iste’molchilari, asosan, aktiv-induktiv xarakterga ega bo‘ladi.
Liniyadagi kuchlanishlarning pasayuvini hisobga olib iste,molchiga o‘rnatiladigan katta quvvatli transformatorlarning chiqish tomonidagi kuchlanishi, odatda, nominaldan 5 % ortiq qilib loyihalanadi.0>1>1>
Do'stlaringiz bilan baham: |