Mavzu: o ’ tish davri va bozor iqtisodiyoti


Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari



Download 356,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana26.02.2022
Hajmi356,28 Kb.
#467959
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
O’tish davri va bozor iqtisodiyoti. PDF

Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari 
o‘rtasida tuzilib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi. 
Savdo uyi - o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab 


28 
chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni 
oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisoslashgan yoki universal bo’lishi 
mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq 
kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. 
Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular tijorat ishini 
yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki 
yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan 
shug‘ullanadigan turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan 
ham shug'ullanadi. Savdo uylari o‘z nomidan va ko‘pincha o‘z hisobidan eksporl-
import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo 
korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalami ijaraga topshirish, kreditlar berish, 
sug‘urta xizmati ko‘rsatish orqali moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida ham 
qatnashadi. 
Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o‘z mulki va mablag‘lari hisobidan sotib olib, 
keyin iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari turlicha faoliyat yuritib, 
ular mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar va supermarketardan iborat bo'ladi. 
Supermarket - bu xaridorning o‘ziga o

zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan keng 
tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli barcha turlari bilan, jumladan 
import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul 
maslahatlar beradi, tovarlami buyurtma bo'yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga 
madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi. 
Hozirgi kunda keng rivojlanib borayotgan zamonaviy bozorlardan biri bu 
elektron savdo bozorlari bo‘lib hisoblanadi. U О‘zbekiston Respublikasining 
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi 2015-yil 9-dekabrdagi son Qonunining yangi tahriri 
bilan belgilanadi va amalga oshiriladi. Unda internet tarmog‘idagi tijorat sohasiga 
oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo’llaniladi; 
kompyutcr tarmog‘idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmati 
ko‘rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini 
ta’minlaydi. 
Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi quyidagilardan iborat: 


29 
-
xaridor o'ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish 
imkoniyatiga ega; 
-
savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab 
chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati; 
-
ko‘p sonli xaridorlaming bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat 
qila olish imkoniyati; 
-
kerakli mahsulotlami tezlikda izlab topish va ushbu mahsulotlar mavjud 
bo’lgan korxonalarga murojaat qilishda texnik va transport vositalaridan samarali 
foydalanish imkoniyati; 
-
xaridorlaming yashash joyi, sog

lig

i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy 
nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati; 
-
hozirgi kundagi mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlami 
tanlash va sotish imkoniyati; 
-
elektron tijoratda savdoni tashkil etish korxonalaming raqobatini kuchaytiradi, 
monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlaming sifatini oshirish imkoniyatini beradi. 
Bozor iqtisodiyoti subyektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor 
infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari 
zimmasiga tushadi. Auditor firma-korxona, firma, kompanivalar moliyaviy 
xo‘jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi 
muassasa. Ular odatda aksiyadorlik jamiyati yoki kooperativ shaklda faoliyat 
ko‘rsatadi va to‘liq mustaqillikka ega bo‘ladi. Auditor firmalar o‘z ishini har bir 
mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish 
qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar 
auditorlar deb ataladi. Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning ко‘rib 
chiqilgan muassasalari barcha bozor turlarining faoliyat ko‘rsatishi hamda 
davlatlararo iqtisodiy munosabatlami tartibga solishni ta’minlaydi. 

Download 356,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish